Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 9
Mehmonlar: 9
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2016 » Yanvar » 23 » Yilni qutqargan inson
10:32
Yilni qutqargan inson
2015 yil dunyo miqyosida barcha sohalar uchun oson kelmadi, jumladan sportda ham: doping-muammolaridan tortib jahon futboli top-menejmentlari bilan bog'liq korruptsiya holatlari barchani karaxt ahvolga solib qo'ydi. Ammo tarixga aylangan yilda superqahramonlar ham kam bo'lmadi va aynan ularning sa'y-harakatlari bilan tarixga aylangan yil biz uchun yaxshi xotiralarga boy bo'ldi.

Arsen Venger.

2015 yilning so'nggi oylarida dunyoda frantsuz jurnali - L`Equipe Sport Style muxbiri Erik Bildermandan baxtli inson yo'q edi. O'shanda jurnalist «Arsenal» bosh murabbiyi bilan uchrashgan va u bilan futbol, hayot to'g'risida suhbatlashgandi.

Bizga bu murabbiyning kuchli va kuchsiz tomonlari yaxshi ma'lumday, yoshi o'tib qolgan, qotmadan kelgan, o'ta qaysar kishi haqida xohlagancha hazillar to'qish ham mumkinday. Vengerning transfer siyosati esa qachonlardan biri «Arsenal» muxlislarini esdan og'dirmoqda, uning futbolchilari mavsumning hal qiluvchi pallalarida yo'qolib qolishadi, avvalgi yilning kuzida Mourino bilan bog'liq voqeani esa APL murabbiyi ishtirokida so'nggi o'n yilda sodir bo'lgan eng katta ko'ngilsizlik deyish mumkin.

Umuman olganda, 2015 yil Venger uchun aniq yozilgan stsenariy ostida o'tdi, deyish qiyin, ammo boshqa ingliz klublarida bo'layotgan voqealarni ko'rib frantsuz murabbiyining Angliyadagi karerasiga qoyil qolmay iloj yo'q. Aytaylik, «Arsenal»ning biror bir futbolchisi Arsen Venger uchun kurashgandan ko'ra bahsni boy berishi osonroqligini aytishini tasavvur qila olasizmi? Yoki «Arsenal»ning ikki nafar xorijiy futbolchisi o'zaro til biriktirib, Vengerni jamoadan yo'qotish harakatiga tushganiga ishonasizmi? Venger klubi ligada qolishiga faqat tasodif yordam berishi mumkin, degan gap-so'zlarga-chi? Balki, «Arsenal» bir necha yilga evrokuboklardan bebahra qolishini kallangizga sig'dira olarsiz? Zero, Arsen karerasi avvalboshdanoq kamyob hisoblangan, nega endi o'zgacha bo'lishi kerak?!

Venger - hayron qoladigan darajada aqlli murabbiy. Yuqoridagi intervyu davomida u Yaponiyada bo'lgan kezlari g'alaba va mag'lubiyatga sumo kurashi ishtirokchilarining munosabatlaridan hayratda qolganini aytadi: «Ular hech qachon o'z g'alabalarini nishonlashmaydi, bu bilan mag'lub sumochilarni xafa qilib qo'yishdan qo'rqishadi. O'tmish bizga qilgan xatolarimizni eslatib turadi, kelajak esa parda ortidaligi bilan cho'chitadi, shunday ekan, baxtga faqat bugun erishishimiz mumkin. Buni insoniyat allaqachonoq anglab etgan, shuning uchun hozirning o'zida xatolarimizni tushunib etishimiz va uni tuzatishga intilib yashashimiz kerak».

Arsen professional futbolga bo'lgan munosabati haqida gapirarkan, shunday deydi: «Nima bo'lishidan qat'iy nazar, insonga umr hisoblab berilganini yoddan chiqarmaslik kerak. Buni tushunib etgan kishi esa haqiqiy san'atkor darajasiga etadi. Men o'zimni optimist deb hisoblayman. Futbolchilarimdagi bor ijobiy fazilatlarni yuzaga chiqarishni istayman va ular maydonda borlaricha to'p surishlarini xohlayman. Sovrinlarni yutish muhimdir, ammo biz qanday o'ynayotganimiz, qanday siyosat olib borayotganimiz ham ikkinchi darajali masala emas. Men jamoaviy sportni yoqtiraman. Erkaklarni birlashtiradigan sportga muxlislik qilishdan-da go'zalroq narsa bormi?! Insonlar o'z muammolari qobig'iga o'ralib qolishganini anglashganda baxtsiz bo'lib qolishadi. Sen 11 mamlakatdan bo'lgan 11 futbolchini maydonga chiqarishing va jamoaviy g'alabaga erishishing mumkin. Biz oddiy hayotda ahamiyat ham bermaydigan odamlar bilan yagona maqsad yo'lida harakat qilib, ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishimiz mumkin. Afsuski, bugungi jamiyatda buning iloji yo'q. Endi meni tushundingizmi?».

Arsen Vengerning harakatlarini kuzatarkansiz, bu odam qarishga ham ulgurmayotganidan hayron qolasiz. O'tgan yilning kuzida u 66 yoshni qarshiladi, ammo taraqqiyot bilan birday odimlayotganini ko'rib Venger chindan ham kelajak bilan yashayotganiga amin bo'lasiz. U futbolda statistika qanchalar muhim o'rin egallashini ta'kidlaydi va aynan raqamlar hamda uchrashuvlar tahlili futbolni yaqin 20 yil ichida butunlay o'zgartirib yuborishini aytadi. O'shanda na tajriba va na «intuitsiya» raqamlar, matematika va statistika oldida ip esholmay qoladi. Venger birorta ham buyuk ish ulkan ishonchsiz amalga oshmaganini aytadi va yana quyidagilarni qo'shib qo'yadi: «Insonga hayot bir marta beriladi. Shunday ekan, barcha o'zi uchun hayotning eng muhim jihatlarini aniqlab olishi lozim. Men buni o'zim uchun belgilab olganman. Agar buni hurmat qilmasam, eng baxtsiz odamga aylanardim».

Interfutbol.uz saytidan olindi
O'qildi: 1068 | Kiritdi: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 2
avatar
2 FARRUXBEK_FCB_ARC • 06:03, 25-Yan-16
Arsen Arsenal omad ikkisiga
avatar
0
1 F-S • 10:48, 23-Yan-16
Да тогри! Ман Венгердан кейинги Арсенал канака боларкин диб ойлиман.
omForm">
avatar