07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Kun mavzusi
[268]
Kunning muhim xabarlari
|
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
03:18 | |
Naqadar yolg'onchimiz? Avvalo o'zimizni aldaymiz. Shirindan shirin orzularga berilamizu, haqiqatdan tobora uzoqlashib boraveramiz. O'zimizni aldadik. Qurbimiz yetmasligini bildik, ammo qandaydir umid atalmish tuyg'u ishonchni turtkiladi. Aql ularga qarshi chiqdi. Biz aqlni chetga surib yurakni ishontirdik: Biz g'alaba qilamiz. Yurak ishonch bilan birlashdi. Bor yo'g'i 2 soatga. Endichi? Aql qayergadir ketgan, yurak xafa holda, alamni chaqirib olgan. Alam vaziyatdan foydalanib, bo'g'zimizgacha kelib oldi. Sarxush holda kimnidir haqorat qilamiz. Aybdorni qidiramiz: Rahbariyat, Venger, O'zil, Sanches.... Yo'q, manzilda adashdik. AYBDOR - O'ZIMIZ. Oxirgi o'yinlarga qarang. Shu Arsenal Bavariyadek jamoani o'z uyida yuta olarmidi? Yo'q. Lekin bu fikrni aytganlarga qarshi chiqdik. Kechagi Barselonaning ahvoliga kuldik, oqibat undan ham battar bo'ldik. Endi hech kim bizning keyingi bosqichga chiqishimizga ishonmaydi. Shunchalik bog'lanib qolganmizki, xatto "biz" deb gapiramiz. Bugun Telegramda futbolni tushunmaydigan bir jiyanimning antiqa gaplarini aytib rosa kulgandim. Bilasizmi, hozir unga havasim kelyabdi. Nimalarni yozib tashladim, hozir menga baribir. Bu sayt mening uyim. Ba'zida alam bilan jang qilayotganimda shu uyni maydon sifatida tanlayman. Albatta mag'lub bo'lib yorilaman. Lekin shundagina o'zimni qayta topaman. Sizlarga ham shu yerda yorilishni maslahat beraman. Eng asosiy maslahatim esa, aslo raqib ustidan kulmang. Shunchaki sevimli jamoangizga muxlislik qiling. Ammo undan hech narsa kutmang. Ayniqsa shu jamoa Arsenal bo'lsa. Premier Liga chempionligi yana kamida bir yilga cho'zildi, Chempionlar Ligasi ham. Sattonni balki yutarmiz, keyinchi? Keling, yaxshisi shu yilcha Satton Yunaytedga muxlislik qilib turaylik! Keyingi yil bir gap bo'lar. Har bahorda shu bo‘lar takror, Har bahor ham shunday o‘tadi, Qancha tirishsam ham, u beor Yillar meni aldab ketadi. | |
Toifa: Kun mavzusi | O'qildi: 1717 | Kiritdi: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0 |