Sayt xaritasi
Anons
Toifalar
Kun mavzusi [268]
Kunning muhim xabarlari
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2527
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 

Bosh sahifa » » Katta o'yin, katta prevyu
17:55
Bavariya - Arsenal.
ChL, 1/8 final, dastlabki o'yin.
16-fevral, 2017.
00:45(O'zb)

Hakamlar: Milorad Majich, Milovan Ristich, Dalibor Jurjievich(hammasi Serbiyadan). Yordamchi assistentlar: Danilo Gruich, Nenad Jokich. 4-hakam: Nemanya Petrovich.

TV: Match! UzReport. Idman


Avvalgi o'yinlar

Ikkala jamoa ilgari jami 10 marta to'qnash kelgan. Etiborli tomoni, uchrashuvlarning barchasi 2000 yildan keyinga to'g'ri keladi. O'zaro o'yinlarning 5 tasida myunhenliklar, 3 tasida londonliklar ustun kelgan, ikki o'yinda esa murosa ko'chasi tanlangan. O'tgan mavsumda guruh bosqichida londlonliklar o'z maydonlarida 2:0 hisobida g'alaba qozongan va Myunhenda 5:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi. 2000/2001 yilgi mavsumning ikkinchi guruh bosqichida Londonda 2:2 hisbodagi durang qayd etilgan, Myunhenda mezbonlar minimal hisobda g'alaba qozongan.

«Bavariya» 2004/2005, 2012/2013 va 2013/2014 yilgi mavsumlarda «Arsenal»ni nimchorak finalda to'htatgan. 2013/2014 yilgi mavsum nimchorak finalida Londonda 2:0 hisobida ustun kelgan «Bavariya» Myunhenda 1:1 hisobida durang o'ynagan. Undan oldingi mavsum nimchorak finalida esa myunhenliklar Londonda 3:1 hisobida, londonliklar Myunhenda 2:0 hisobida g'alab qozongan. Mehmonda urilgan gol «Bavariya»ni chorak finalga olib chiqqan.

2004/2005 yilgi mavsum nimchorak finalida «Arsenal» Londonda 1:0, «Bavariya» Myunhenda 3:1 hisobida zafar quchgan.

O'yin atrofidagi faktlar

15 fevral kuni «Bavariya» so'nggi besh mavsum davomida 17-marta ingliz jamolariga qarshi maydonga tushadi. Jumladan, myunhenliklar 2012 yil finalda penaltilar ceriyasiga ko'ra «Chelsi»ga imkoniyatni boy bergan edi. Ingliz jamoalaridan jami 13 marta ustun kelgan «Bavariya» 6 marta durang o'ynab 3 marta mag'lub bo'lgan.

Myunhenliklar so'nggi uch mavsum davomida faqat yarim finalda to'htatilgan. Jamoa Chempionlar ligasida o'z uyida ketma-ket 15 marta g'alaba qozonib (uchtasi ushbu mavsumda), bu borada amaldagi rekordchi hisoblanadi.

«A» guruhida birinchi bo'lgan «Arsenal» esa 2005/2006 yilgi mavsumdan buyon ilk marta guruh bosqichini mag'lubiyatsiz yakunladi. So'nggi olti mavsumda nimchorak finaldan o'ta olmagan londonliklar Chempionlar ligasida safarda o'tkazgan so'nggi 7 o'yinidan 3 tasida imkoniyatni boy bergan.

Germaniyaga qilgan so'nggi 3 safarida jamoa bir durang va ikki mag'lubiyat qayd etgan. Nemis jamoalariga qarshi o'yinlarda «Arsenal»ning ko'rsatkichlari quyidagicha: 16 g'alaba, 6 durang va 12 mag'lubiyat.

Tanish chehralar

Petr Cheh «Sparta», «Chelsi» va «Arsenal» tarkibida «Bavariya»ga qarshi 8 marta o'ynagan: 3 g'alaba, 1 durang, 4 mag'lubiyat. 2012 yilda Myunhenda o'tgan finalning qo'shib berilgan bo'limlarida u Aren Robbenning penaltidan bergan zarbasini qaytarib, «Chelsi»ning g'alabsiga hissa qo'shgan.

«Bavariya» ustozi Karlo Anchelotti 2009-2011 yillarda «Chelsi»da Chehga ustozlik qilgan hamda ular birgalikda Premer Liga va Angliya Kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan.

Mesut O'zil «Shalke 04», «Verder», «Real» va «Arsenal» safida «Bavariya»ga qarshi 15 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Aren Robben esa «PSV», «Chelsi» va «Bavariya» tarkibida «Arsenal»ga qarshi 12 marta o'ynab, 2 ta gol urgan. «Bavariya» yarim himoyachisi Habi Alonso «Liverpul» bilan «Arsenal»ga qarshi 13 marta;

«Arsenal» futbolchisi Granit Shaka Myonhengladbahning «Borussiya»si va «Bazel» safida «Bavariya»ga qarshi 10 marta o'ynagan.

O'zil, Mustafi, Noer, Boateng, Myuller, Hummels, Kimmih va Lam Germaniya terma jamoasida, Santi Kasorla, Nacho Monreal, Habi Alonso, Tiago Alkantara, Havi Martines va Huan Bernat Ispaniya, Debyushi, Jiru, Koselni, Riberi va Koman Franciya, Aleksis Sanches va Arturo Vidal Chili terma jamoasida birga top suradi. O'zil va Alonso 2010-2013 yillarda «Real», Sanches va Alkantara 2011-2013 yillarda «Barselona», Cheh va Robben 2004-2007 yillarda «Chelsi» tarkibida birga o'ynagan.
Toifa: Kun mavzusi | O'qildi: 871 | Kiritdi: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 5
avatar
5 ТЕО-УОЛКОТТ • 23:08, 15-Fev-17
Омад арса
avatar
4 Месут-Озил • 16:31, 15-Fev-17
Bu safar buyerda bavariya qolishi kerak
avatar
3 iwobearsenal • 23:55, 13-Fev-17
Яхши омадли судя тушибди
avatar
0
2 F-S • 22:25, 13-Fev-17
Бу сафар ютса статистикаям яхшланарди
avatar
0
1 alexis_sanches • 21:54, 13-Fev-17
олга арсенал
omForm">
avatar