Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 14
Mehmonlar: 14
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2527
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2016 » Dekabr » 10 » YEVROTUR: Afisha
11:03
YEVROTUR: Afisha
Dam olish kunlari odatdagidek futbol bo‘yicha Yevropa milliy chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun — 10-dekabr kuni futbol muxlislari bir qator qiziqarli bellashuvlarga guvoh bo‘lishlari mumkin. Quyida Angliya, Ispaniya, Germaniya va Italiya chempionatlarida shanba oqshomida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatib o‘tilgan.

Angliya

Bugungi g‘alabasi bilan Londonning “Arsenal” klubi vaqtinchalik bo‘lsa-da peshqadamga aylanib olishi mumkin. Shu vajdan olib qaraganda Venger jamoasi “chilangarlar”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi.

Mamlakatning amaldagi chempioni hisoblangan “Lester” o‘z maydonida “Manchester Siti”ga jiddiy qarshilik ko‘rsatishini kutish mumkin. So‘nggi vaqtlarda omadi yurishmayotgan Xosep Gvardiola Klaudio Ranyeri jamoasini taslim qilishning uddasidan chiqa oladimi? Turnir jadvalida to‘rtinchi bo‘lib turgan “shaharliklar”ga oson bo‘lmasligini hozirdanoq taxmin qilsa bo‘ladi.

“Uotford” — “Everton” 17:30
“Arsenal” — “Stok Siti” 20:00
“Byornli” — “Bornmut” 20:00
“Suonsi” — “Sanlerlend” 20:00
“Xall Siti” — “Kristal Pelas” 20:00
“Lester” — “Manchester Siti” 22:30

Ispaniya

Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va Luka Modrichsiz harakat qilishi kutilayotgan Madridning “Real” klubi qanday natija qayd eta oladi? Garet Beyl ham safda emasligi inobatga olinsa, qolgan futbolchilar zimmasida mas’uliyatli yuk turganini tushunish mumkin. Mag‘lubiyatga uchramay kelayotgan Zidan va uning jamoasi yetakchi futbolchilarsiz “Deportivo”ga qarshi qanday o‘ynaydi? Bugun shu savolga javob topish mumkin bo‘ladi.

“Barselona” futbolchilari biroz oldinroq maydonga chiqib, keyin bemalol “Real” ishtirokidagi o‘yinni tomosha qilish imkoniga egalar.

“Osasuna” — “Barselona” 17:00
“Real Sosyedad” — “Valensiya” 20:15
“Las-Palmas” — “Leganes” 22:30
“Real Madrid” — “Deportivo” 00:45

Germaniya

Bundesliga peshqadami mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Bugun “Leyptsig” liganing so‘nggi jamoasiga qarshi saf tortadi va karvonboshilikni mustahkamlashga urinib ko‘radi.

Mag‘lub bo‘lmayotgan ikkinchi jamoa “Xoffenxaym” kecha — 9-dekabr kuni “Ayntraxt” mehmoni bo‘lib, 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.

“Bavariya” — “Volfsburg” 19:30
“Gamburg” — “Augsburg” 19:30
“Ingolshtadt” — “Leypsig” 19:30
“Kyoln” — “Borussiya Dortmund” 19:30
“Frayburg” — “Darmshtadt” 19:30
“Gerta” — “Verder” 22:30

Italiya

A seriyaning yetakchi klublari 11—12-dekabr kunlari maydonga tushadi.

“Krotone” — “Peskara” 22:00
“Sampdoriya” — “Latsio” 00:45
O'qildi: 533 | Kiritdi: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 0
omForm">
avatar