Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 131
Mehmonlar: 131
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2527
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2016 » Mart » 16 » Yevropa Chempionlar Ligasi: “Barselona” — “Arsenal”. Prevyu
20:37
Yevropa Chempionlar Ligasi: “Barselona” — “Arsenal”. Prevyu
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finali doirasidagi “Barselona” va “Arsenal” qarama-qarshiligining dastlabki uchrashuvida kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final tomon zalvorli qadam tashlagan edi.
Birinchi o‘yindan so‘ng
Ichki chempionat natijalari bilan solishtirganda ham “Barselona”ning imkoniyati anchagina yaxshi ekani ko‘rinadi. Luis Enrike jamoasi Londondagi to‘qnashuvdan keyin 4 ta o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchdi — bu uchrashuvlarning uchtasida yirik hisob qayd etilgan.
“Arsenal” esa “Barselona”ga qarshi birinchi o‘yindan keyin qator muvaffaqiyatsizliklarga duch keldi. O‘tkazilgan 5 ta o‘yinning 3 tasi boy berildi va bir durang qayd etildi. Yagona g‘alabaning qadri hozirgi kunga kelib qolgani yo‘q — o‘shanda “Xall Siti”ni Angliya Kubogidan chiqarib yuborgan Venger shogirdlarini keyingi bosqichda “Uotford”ga imkoniyatni boy berdi.
O‘zaro o‘yinlar
“Barselona” va “Arsenal” o‘rtasidagi so‘nggi beshta o‘yin misolida Ispaniya superklubi yaqqol favorit ekanini ko‘rish mumkin — 3 o‘yinda “Barselona” zafar quchgan, faqatgina bitta bahsda “Arsenal” g‘alaba qozongan. “Kamp Nou”da kechgan so‘nggi ikki o‘yinda “Arsenal” raqibiga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olmagan: 2010-yil 1:4, 2011-yil 1:3.
Jarohatlar
“Arsenal” jarohatlardan eng ko‘p aziyat chekadigan klublar sirasiga kiradi. Hozir ham Venger shunday muammo qarshisida turibdi. Fransiyalik mutaxassis Petr Chex, Tomash Rositski, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Santi Kasorla, Aaron Remsi, Jek Uilshir, Gabriel, Mikel Arteta kabilarning xizmatidan foydalana olmaydi.
“Barselona”ning holati nisbatan yaxshiroq — Luis Enrike tarkib tanlashda Rafinya va Sandro Ramiresga umid bog‘lamaydi. Pike esa diskvalifikatsiya sabab uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
O‘yinoldi fikrlar
Loran Kosyelni, “Arsenal” himoyachisi:“‘Barselona’ bilan o‘yinda bosimning yo‘q ekani ‘Arsenal’ foydasiga ishlaydi”.
Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi:“Londonda qayd etilgan hisob javob o‘yiniga ta’sir ko‘rsatadi”.
Mark-Andre ter Shtegen, “Barselona” darvozaboni:“‘Arsenal’ hujumda xavfli, himoyamiz xushyorlikni yo‘qotmasligi kerak”.
Arsen Venger, “Arsenal” bosh murabbiyi:“‘Barselona’ hujum chizig‘ida qanday sehrgarlar o‘ynashini unutmasligimiz kerak”.
Uchrashuvni rossiyalik FIFA referisi Sergey Karasyov boshqarib boradi.
Translyatsiya
“Barselona” — “Arsenal” o‘yini Toshkent vaqti bilan 17-martga o‘tar kechasi 00:45 da boshlanadi.
O'qildi: 844 | Kiritdi: Ashaddiy_fanat | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 4
avatar
4 Azizbek • 22:43, 16-Mar-16
Futbol 1 da. Bu kanal russkiy kanallarda bormi? Uzur dòstlar men kanallarni uncha yaxwi tuwunmaymanda
avatar
3 Arshavin • 21:29, 16-Mar-16
yoq futbol 1 da quyarkan faqat omad Arsa...
avatar
2 Azimjon_Arsenal • 21:00, 16-Mar-16
Yutaylikda
avatar
1 Azizbek • 20:55, 16-Mar-16
Дустлар уйин матч тв да куйадими?
omForm">
avatar