Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 113
Mehmonlar: 113
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2527
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2016 » Sentabr » 11 » Xulosa
12:17
Xulosa

Kecha Arsenal klubi uyda Soutgempton bilan o'tgan og'ir uchrashuvda 3 ochkoni 94 daqiqada ilib ketdi. Futbolchilarimiz maydonda ajoyib harakat qilishdi. 

 

Chex. Chexiyalik futbolchi o'yinda avtogol bilan biroz bizni hafa qildi, ammo bu futbolchi Arsenalning 1- raqamli darvozaboni ekanligini u allaqacho isbotlaga. 

 

Bellerin va Monreal. Ikkala qanot himoyachisiga ham etiroz bo'lishi mumkin emas. Himoya va hujumni ajoyib tarzda bog'lab turishdi.

 

Koselni. Haa, u kecha super gol kiritib, jamoa g'alabasiga ulkan hissa qo'shdi. Haqiqiy sardor. Hozirgi kunda u APL ning eng kuchli himoyachilaridan. 

 

Mustafi. Arsenalning yangi futbolchisi hali klubga to'liq moslashmagan bo'lsada, o'z o'yini bilan Koselni bilan o'tib bo'lmas devor yasashga qodir ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Himoyachini debyut o'yini ekanligini hisobga olsak, super o'yin namoyish etdi deb bemalol ayta olamiz.

 

Koklen. Fransuz futbolchisi kechagi o'yini bilan bizga Vierani eslatib yuborgan bo'lsa ajab emas. Uni biz har bir chiziqda, har daqiqada to'p uchun kurashda ko'rdik.

 

Kasorla. Maydondagi ijodkor. Ispan futbolchisining o'yiniga gap bo'lishi mumkin emas. O'yinning eng yaxshisi.

 

Ozil. Ozil kichik hatolarga yo'l qo'ygan bo'lsada, formasini tiklayotganini guvohi bo'ldik.

 

Teo. Nazarimda biz bilgan Teo qaytmoqda. Bu mavsumda Uolkott oldingilarga qaraganda ancha kuchli. 

 

Chambo. Chambo shunchaki super. Har bir sekundda uning faolligi ko'rinib turdi.

 

Perez. Lukas o'yinda unchalik ko'rinmagan bo'lsada, ancha mehnatkash futbolchiligi sezildi. Uni biz hujumda, yarim himoyada va xatto himoyada ham ko'rdik. Qisqasi debyut o'yin uchun yomon emas. 

 

Jiru. To'g'risini aytganda bu futbolchini ko'pgina Arsenal muhlislari yoqtirishmaydi. Ammo, Olivye Arsenalning asosiy figurasi ekanligi ayni haqiqat. U maydonda bo'lsa, go urmasada Arsenal hujumlari yanada kuchli ko'rinadi.

 

Iwobi. Arsenal tarbiyalanuvchisi yosh bo'lsada, aql bilan o'ynashi, maydonni ko'ra olishi, kuchli jihatlarga egaligi bilan sekin-sekin asosiy tarkibga kirib bormoqda. 15 daqiqa o'ynasada 2 3 ta yaxshi imkoniyatlar yaratib bera oldi.

 

Sanches. Aleksisning omadi yurishmayotgandek. Lekin u har doim harakatda va mehnat qilishdan charchamaydi. U yomon o'yin o'tkazmadi. O'ylaymizki tez orada o'z formasini tiklab oladi. 

 

Arsenal ajorib o'yin o'tkazdi. To'g'ri juda qiyinchilik bilan g'alaba qildik, lekin Arsenal 90 foiz ustunlikka ega bo'ldi. Kuchli yomg'ir ko'p vaziyatlarni yo'qqa chiqardi. Umuman olganda Arsenalning hozirgi ahvoli a'lo darajada. Umid qilamizki Arsenal bu mavsum chempionlik uchun albatta kurash olib boradi va buni uddalaydi.

 

Bu mening shaxsiy fikrlarim. Fikrlaringgiz bo'lsa marhamat yozib qoldiring.

O'qildi: 816 | Kiritdi: ЛУЧШИЙ-КАНОНИР | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 9
avatar
9 Месут-Озил • 23:56, 11-Sen-16
Sanches kecha rosa asabiylashdai lekin uzini uyinidan uzini achchigi chiqdi
avatar
8 MUSTAFI • 19:52, 11-Sen-16
bolla xudo xolasa bu yil albatta champion bo'lamiz agar xar bir o'yinchimiz shunaqa jajda blan o'ynasa psjyam realam barsayam otdixat qiladi
AGAR SUDIYALA QOVUN TUWIRMASA
avatar
7 ARSHAVIN • 18:36, 11-Sen-16
faqat omad Arsaga...
avatar
6 3-2_3-2 • 17:00, 11-Sen-16
Wengerda qanaqadir agressiya yoq.
avatar
5 Arslantica01 • 16:32, 11-Sen-16
Bizning eng katta muammo bu xujumga qo'yiladigan golli nuqta.Wuni bartaraf qilsak bo'lgani.
avatar
4 Granit_Xhaka29 • 15:53, 11-Sen-16
Nastrena 100% manga yoqti o'yin gap yo molodsi
avatar
3 kanonerlar0201 • 15:43, 11-Sen-16
Kecha boshqa tomondan Vengerni boshlang'ich tarkibi manga yoqdi. Sanches, Hxaka, Giroud lar boshlang'ich tarkibda boshlamadi o'yinni. Chunki ular da ECHL da o'ynashda tajriba bor. O'z termalari bilan xalqaro turnirlarda ko'p bor ishtirok etgan. O'ylashimcha Ular PSJ bilan o'yinda boshlang'ich tarkibda boshlaydi. Bu Venger ni o'ziga xos taktikasi
avatar
2 shempions_arsenal • 15:14, 11-Sen-16
Giruod nimaga kopshilika yoqmas yekan sizlarga faqat u gol ursa yoqadi aaa shunaqami Arsenalning sodiq futbalisti ku giruod tog'ri yemasmi doslar
avatar
1 kanonerlar0201 • 13:03, 11-Sen-16
Ajoyib Xudoyshukur raxmat. Bu mavsum kurasha olamiz chempionlik uchun.
omForm">
avatar