Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 93
Mehmonlar: 93
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2527
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2016 » May » 5 » "Tumanli Albionning qing’ir ishlari"
21:25
"Tumanli Albionning qing’ir ishlari"
Shak-shubhasiz, Angliya Premier-ligasi jahondagi eng boy va shu bilan birga tomoshabop birinchilik hisoblanadi. Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Ya’ni, aksariyat hollarda aynan APLda to’p suradigan futbolchilar o’g’ri va talonchilar qurboni bo’ladi. Ishonmayapsizmi, u holda "SS" gazetasi tayyorlagan maqola bilan tanishib chiqing.

Piter Krauch.



2011-yil Krauch rafiqasi Ebbi Klensi bilan qiymati 4,5 million funt-sterlingga teng bo’lgan hashamatli uyiga qaytgan chog’ida ko’zi qinidan chiqib ketayozgandi. Gap shundaki ular yo’qligida uyga "tashrif" buyurgan o’g’rilar hamma yoqni ag’dar-to’ntar qilib yuborishdan tashqari qo’llariga ilingan qimmatbaho narsalarni olib, juftakni rostlab qolishgan. Politsiyachilar esa, xuddi somon ichiga tushgan igna misoli g’oyib bo’lgan o’grilarni tuta olmagan.

Eshli Koul.



Angliya termasining sobiq futbolchisi Eshli Koul shunday kimsalardan 2010-yil ziyon ko’rgan. Qizig’i, o’shanda futbolchi shundoq ham muammolar girdobida bo’lib, xotini Sheril bilan munosabati yomonlashgan edi. Uning Surrey grafligida qiymati 3,5 million funt-sterlingga ega bo’lgan ko’rkam makoniga o’g’rilar tong saharda bildirmasdan kirib olgan. Lekin Eshli uyidagi shivir-shivirni eshitib qolib, shu zahotiyoq politsiyaga xabar bergan. Politsiyachilar yetib kelgunga qadar esa "shovvozlar" qo’llariga tushgan qimmatbaho buyumlarni yig’ishtirib ketgan.

Anxel Di Mariya.



Salkam 60 million funt evaziga "MYU"ga ko’chib o’tgan Di Mariya yangi jamoasida maydon ichida ham, tashqarisida ham bir qator muammolarga duch kelgan. Xullas, o’tgan yilning yanvar oyida "MYU"da o’yini o’xshamayotgan Anxelning uyiga o’g’rilar ishni boshlashga urinishadi. E’tiborlisi, o’sha vaqtda futbolchi oila a’zolari bilan uyda bo’lgan. Chaqirilmagan mehmonlarning yovuz rejasini shu zahotiyoq ishlab ketgan xavfsizlik signalizatsiyasi barbod qilgandi. Di Mariya esa keyinchalik o’sha uyni sotib "PSJ"ga qarab yo’l oldi.

Fil Jagielka.



"Everton" sardori Fil Jagielka ham 2009-yil kutilmagan moddiy va ruhiy zarbalarni qabul qilib olgan edi. Ajablanarlisi, o’g’rilar uyga bostirib kirayotgan mahalda Fil televizorda futbol ko’rayotgan bo’lgan. Jinoyatchilar uning tomog’iga pichoq tiragan holda, xonadonidagi ko’plab qimmat buyumlarni olib ketish bilan birga, garajidagi mashinasi bilan ortga qaytganlar. Keyinchalik politsiyachilar mashinani topishgan, biroq qolgan narsalar...

Frank Lempard.



2005-yil Angliya futbolining yetakchilaridan biri Frank Lempard ham jinoyatchilar qurboniga aylangan. Tunda Lempardning uyiga bostirib kirgan o’g’rilar zo’ravonlik bilan qimmatbaho ashyolarni olish bilan birga, garajdagi "Aston Martin" va "Mersedes Bens" rusumli mashinaga minib qochadilar. Ko’p o’tmay politsiyachilar faqat ikkita mashinani Lempardga qaytarib berishgan xolos.

Stiven Jerrard.



2007-yili "Liverpul" sardori YeChL doirasida "Marsel"ga qarshi bahs uchun jo’nab ketgan mahalda, talonchilar qiymati 3 million funtga teng bo’lgan uyga kirib, Jerrardning xotinini qo’rqitib qimmat bo’lgan taqinchoqlar, pullar va buyumlarni o’marib ketishgan. Har qalay bu safar politsiyachilar o’g’rilardan birini qo’lga tutganlar.

Manba: Arsaman.uz
O'qildi: 999 | Kiritdi: FM8 | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 0
omForm">
avatar