Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 8
Mehmonlar: 8
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2017 » Fevral » 16 » Sug'ur kuni
10:33
Sug'ur kuni
Ayrim xorij nashrlari “Arsenal”ning «London derbi»dagi mag'lubiyatini shunday atadi. O'sha mashhur komediyada qahramonning hayotida bir kun qayta-qayta takrorlanaveradi. “Arsenal”da ham qariyb shunga o'xshash vaziyat hukmron. O'n ikki yildirki, mavsum startida qilingan orzular oxir-oqibat sarobga aylanadi. To'g'risi, “To'pchilar”ning og'zidagi oshni har safar oldirib qo'yishi mahalliy muxlislarning hiqildog'iga kelganiga ishonaman. Frantsuz murabbiyi ham bundan zada bo'lgan, paymonasi to'lgan. Biroq shu kuni mag'lubiyatni muxlislar qatorida, tribunadan kuzatish taqdiriga bitilgan ekan.
"Arsenal” ustozining yurtida “mag'lubiyatga sabr qilib, hammasini boshidan boshla”, degan maqol bor. Nima deb o'ylaysiz, hammasini boshidan boshlashga qancha vaqt kerak? Yarim yilmi? Bir yoki uchyil? Barchasi harakatga bog'liq. Yo'q, bu bilan aybni Arsen og'aga ag'darmoqchi emasman. To'pni futbolchilar tepsada, kaltak mutaxassisning boshida sinishi, natijaga bosh murabbiy javobgarligi bor gap. Shunday ekan, bu erda so'z qanday mag'lubiyat haqida ketayotgani ahamiyatli. Ushbu fikrlar ko'proq umumiylikka daxldor. Ya'ni, mavsumning qaysidir qismida yo'qotilgan ochkolar emas, aksincha butun mavsumning boy berilishiga. YanaPremer liga ortidan Chempionlar ligasida ham kuzatiladi bu holat. Albatta, Venger janoblari qo'l qovushtirib o'tirgani yo'q. Vaziyat o'nglanishi uchun bor imkonini ishga solishga uringan. Shunga qaramay, bir muammo o'z echimini topib ulgurganda, ikkinchisi suv yuziga qalqib chiqadi. So'ng uchinchisi, to'rtinchisi, xullas, keti uzilmaydi. Boshqacha aytganda,har mavsumda yangi pazlni yig'ishga kirishadi murabbiy. Lekin hargal bir bo'lak ochiqligicha qolaveradi. Xo'sh, joriy mavsumda qanday bo'lakni topolmayapti Venger?

Yugurmasdan vaqtida yo'lga chiq, deydi frantsuzlar. Qizig'i, “Arsenal” ustozi hamisha yo'lga vaqtida chiqadi. Ma'lum masofani bosib o'tadi hatto. Ammo bu uzoqqa cho'zilmaydi va tezligi tushib ketadi. Katta-katta qadamlar tashlashni to'xtatgan kishidan yugurishni kutib bo'ladimi? Yo'q, albatta. Murabbiy yana qaerda xatoga yo'l qo'ydi? Nimani e'tibordan qochirdi? Birinchi navbatda, asosiy raqiblarga (top-6) qarshi o'yinlarda faqat bir g'alabani tantana qildi. Bu holvasi. Himoya chizig'i faqat grandlarning ko'nglini ko'tarmaydi, balki boshqa to'qnashuvlarda ham ishonchsiz o'yin namoyish etmoqda. Raqiblar bir matchda o'rtacha hisobda Petr Chex qo'riqlayotgan darvozaga 10,5 marta zarba yo'llaydi. Umuman, himoyachilarning raqibga imkon berishi bo'yicha klub birinchilikda sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. “London derbisi”ni guvohi bo'lgan ishqiboz mazkur faktni tasdiqlashi aniq. O'zingiz ayting, himoyachilarning (bir nafar himoyachining emas!) xatosi tufayli Azar to'pni darvozaga joylab qo'ymadimi? E'tibor bering, Eden to'pni maydon markazida qabul qilib, tablodagi hisobni o'zgartirgunga qadar unga hech kim qarshilik ko'rsatmadi. Markaziy himoyachi Loran Koselni ikki marta aldandi, shu kuni tayanch zonada o'ynagan Koklen raqibni yiqitishga urindiyu o'zi maydonga quladi, Mustafi ham zarba yo'liga to'g'anoq bo'la bilmadi, Monreal esa yarimhimoyachining harakatlarini shunchaki tomosha qildi. Himoyachilar masalasini bir chekkaga surib, obektivni Mesut O'zilga qaratsak. Olmoniyada beshinchi marotaba “Yil futbolchisi” deb topilgan o'yinchi o'sha hujum uyushtirilganda Azarni ta'qib qilishi mumkin edi. Lekin “Arsenal” a'zosi kuzatishni ma'qul ko'rdi. Natijada, Mesutdan ham orqada turgan Monreal raqibini quvib etganida kech bo'lgandi. Gapning indallosi, O'zil ozgina “jon kuydirgani”da voqealar rivoji boshqacha tus olishi mumkin edi.Yana bir masala. Oldiga ulkan-ulkan, tog'dek maqsadlarni qo'ygan jamoalarni boshqaruvchi mutaxassislar shartnomada belgilangan muddatgacha ishlashi qiyin. Bu turdagi murabbiylar anqonuning urug'i, kamdan-kam hollarda shartnomasini nihoyasiga etkazadi. Ularning taqdirini aynan bir match hal qiladi, postda qolish yoki qolmasligi ham ma'lum matchga bog'liq. Frantsuz koachi Venger esa o'n mavsumdan beri yutqazadi, ammo o'z o'rnida. Xulosa chiqarishgashoshilmang, “Arsenal”ni ambitsiyasi yo'q jamoa, deyishdan yiroqman. Shunchaki unga ishonishganini eslatmoqchiman. Balki qo'l etgudek masofada turgan “oltin” medallarni ushlash imkoni bo'lmagandir shu yillar ichida. Har holda Chempionlar ligasidan uzoqlashmadi. Superkubok va kubokda g'alaba qozonib turdi. Biroq mag'lubiyatlar, kuchsiz o'yin,bari-barchasi fanatlarni toqatini toq qilmoqda. Sabr kosasini to'ldiryapti. Derbida operator “Arsenal” muxlisi ko'tarib turgan bannerga e'tibor qaratdi. Unda “Bas, etar”, deya Vengerga murojaat qilingandi. Ishqiboz mag'lubiyatlarni etadi, deganmi yoki murabbiyning faoliyatini bu ishqibozning ishi. Nima bo'lgan taqdirda Arsen “Arsenal”dagi shartnomasini tugatib qo'yadi. O'shanda “Sug'ur kuni” ham yakuniga etar?

Ulug'bek RAHMONQULOV,
"Erudit Sport"

Manba: erudit-sport.uz
O'qildi: 618 | Kiritdi: Granit_Xhaka29 | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 6
avatar
6 ARSHAVIN • 18:06, 16-Fev-17
Kecha Arsenal ham Bavariya ham 100 uynamadi prosta odiy zarbalar gollar ga aylanib ketti man qattiq xafa buldib kechagi uyindan pazor keyingi uyinlarda omad...
avatar
5 sherzodmuminov84 • 16:35, 16-Fev-17
BUGUN ISHHONADAYAM UMUMAN YURBOMADI HAMMANI GAPI BANDSLI EKAN UYO BUYO OZI BORKU BASKETBOLGA QIZIQSAM BOLARKAN BUGUN ISHHONADAYAM ASSB BUZULDI
avatar
4 Arsenal49 • 13:17, 16-Fev-17
Kecha Arsenal 1 yoki 2 kishi kamdey 6ynadi O'zil faqat yurdi yugurmadi buni tezroq y6qotish kere
avatar
0
3 Azimjon_Arsenal • 13:10, 16-Fev-17
5m4321.
Hush kebsiz qalay sayit yoqdimi
avatar
0
2 Azimjon_Arsenal • 13:02, 16-Fev-17
Essiz arsenala
avatar
1 Arslantica • 11:39, 16-Fev-17
Qa4on Venger ketsa sug'ur kuni tugaydi.
omForm">
avatar