07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
21:48 Soutgemptondan Soutgemptongacha. Ma'daniyatni saqlaylik! | |
O'tgan yilgi mavsumda mavsumning ikkinchi yarmida, Ospina va Koklen asosiy tarkibga kirgach, Arsenal o'zining eng yaxshi o'yinlarini namoyish eta boshladi. Chempionatni yutishga kech bo'lganiga qaramay, klub Angliya kubogi va Superkubogini, mavsum oralig'ida Asia Trophy hamda Emirates kuboglarini qo'lga kiritdi. Bu bilan Arsenal 2015-16-yilgi mavsumda Premier Ligani yutish uchun asosiy da'vogarga aylandi. Petr Chexning transfer qilinishi esa bu tahminlarning yanada mastahkamlanishiga turtki bo'ldi. Mavsumni mag'lubiyat bilan boshlagan Arsenal "Boxing Day" oldidan peshqadamlar qatorida edi. Hammasi Soutgemptondan boshlandi... O'tgan mavsumni eslaysizmi? Hammasi Soutgemptonni yutishdan boshlangandi. Aytmoqchi bo'lganlarim bu haqida emas. Hozir klub uchun og'ir vaziyat. Ayniqsa, Vengerga qiyin. U katta bosim ostida qolgan. Shunaqa paytda kim kimligi bilinadi. 20 yillik mehnatni bir tiyinga olishmayabdi. 100% ishonch bilan ayta olamanki, oramizda 20 yildan beri Arsenalga muxlislik qilayotganlar topilmaydi. Arsenalni ARSENAL qilgan, klubga muhabbatimizni uyg'otgan aynan shu Venger emasmi? Siz va biz sevgan Arsenalni shu darajaga olib kelgan Venger emasmi? Venger haqida hamma o'z fikriga ega va bunga hech kim qarshilik qila olmaydi. Ammo bugun Tahmin loyihasidagi ba'zi fikrlar meni shu maqolani yozishga majbur qildi. Arsenal g'alabasiga ishonmasangiz, hech bo'lmasa, hech nima yozmaslikni iloji borku. Shunday payt bo'ladiki, Arsenal g'alabasi 1% bo'lishi mumkin. Masalan, bugun Barselonaga qarshi Kamp Nouda oson o'yin bo'lmaaligini, g'alaba Arsenal tomonda bo'lish ehtimoli dengizdan tomchi ekanini tushunish uchun futbol eksperti, professional mutaxassis bo'lish shart emas. Shu vaqtda asabga o'ynamasdan jimgina, qo'pol qilib aytganda "qi..ib" turish mumkinku. Unutmanglar, bu Arsenal fanatlari sayti. Jamoaga qarshi yozilgan har bitta gap siz tomon hurmatni yerga urib boraveradi. Arsenal yutqazgan sari, unga qayg'urganimdan fanatligim ortib borayabdi. Arsenal yutqazgan sari bu saytdan ko'nglim qolib boryabdi. Bunga sabab, "glorlar". Ha, GLORLAR. Qo'pol gapirmaymiz, ma'daniyat bilan iltimos qilamiz, bu saytga kirmanglar. Kirsangiz ham koment qoldirmang. Klubning og'ir paytida uni qo'llamagan, so'kinishdan bo'shamaganlarning, klub g'alaba qilganda bizning safimizda bo'lishga haqqi yo'q deb o'ylayman. Biz vaqtlar saytimiz faol bo'lishini, tashrifchilar ko'p bo'lishini, saytlar reytingida yuqori o'rinlarda bo'lishini xohlardim. Bilasizmi, bugun fikrim o'zgardi. 100 ta chala fanatdan 10 ta haqiqiy muxlis avzal ekan. Kimlargadir tegib ketar. Lekin o'sha tegib ketadiganlar qancha odamni asabini buzganini tushunsa yaxshi bo'lardi, shu qatorda mening ham. Qisqasi, "tegib ketadiganlar" bugun Bavariyaga va Barselonaga, haqiqiy yelkadoshlarimiz esa Arsenalga ishonishda davom etamiz!!! O'YIN QANDAY NATIJA BILAN TUGASHIDAN QAT'IY NAZAR, MA'DANIYATNI SAQLAB QOLAYLIK. COME ON YOUR GUNNERS! #COYG | |
O'qildi: 950 | Kiritdi: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0 |
Вarcha fikrlar: 41 | 1 2 » |
![]() Bugun xudo xoxlasa g'alaba qozonib qaytamiz
![]() Sila bu yerda jon kuydiryabsila u yoda Venger ho'llab qo'ydi 10% imkon bor deb.Gapni qisqasi Venger out!
![]() arsen_venger
qisqasi uzur aka bo'ldi man 1 gaptan qoldim boshqa gapirmayman gapirishni foydasiyam yo'g'akan uzur oma. ![]() Emirates_Star
Malik aka maniyam asabim buzuldida biz nima diyapmiz ular yana arsenalni yomonlayapti bu kimga yoqadi mayli uzur oma. ![]() Shaxsan man mani xurmat qilmaydiganlar bilan bir dasturxonda o'tirmaydigan odamman.Xurmat qilish bu keng ma'nodagi gap. Agar saytdagi kimgadir noto'g'ri gapirib qo'ygan bo'lsam uzr. Harqalar hammamiz musulmonmiz. Buni unutmaylik. Bitta yurt yigitlarimiz. Bir-birimizni yerga urmaylik.
![]() Hudo holasa bugin yutamiz va Azimjon arsenal hamda Arsen vengir bilan birga nishonlimiz qochib qolish yo
![]() Sizga boshqa gapim yo'q uka. Gap yo'q sizga. Fikrizda doim turing. Bu darajada fikrlashni o'zi aytib berdi uje.
![]() arsen_venger
Manam mashina tuzataman mashimani lubo'y joyini tushunaman 100% mashina mutahasisiman matimatik jihatdanam salpal tushunchalar bor transport kalejida o'qiganman haliyam fikirimi o'zgartirishimi kutyapsizmi. ![]() ![]() Mani yoshim 30 da. Institutda talabalarga jiddiy fandan dars beraman. Matematikman. Yanayam shu fikrdamisiz? Fikrlash doirasi haqidagi fikrizni nazarda tutdim
![]() Azimjon arsenal siz bizga 0 baho qoydiz mayli bu sizi fikriz lekin man erkakman erkakligimcha qolaman.
Manga farqi yo sokinib gapirasilami shirin gapirasilami manga barbir man arsenal fanatiman sokinb gapirganlaniyam shirin gapirganlaniyam hamma hammasini oqiman ![]() Emirates star. Siz shuni gap deb gapirdizmi? Bu shunchaki istehzo va alam bilan yozilgan kommentku. O'zi shunaqa. Birovni ichidan nima o'tayotganini birov bilmaydi.
![]() Azimjon. Sizni fikrlash doirayizni radiusi judaaaa zo'rmi? Yoshiz nechada?
![]() adilovqodir.
Uzuru sizlarni fikirlash doyralaring 0 ekan uzur oma bunday alamni sayitga sochib so'kinib sayitimizni sifatini tushirgandan yo sabir qilib chidaganiz yahsh ja bo'sa yostiq quchoqlap yeg'lang aytgancha boshqa sayitlarda qizbola yo'q to'g'ri lekin bizda shu DIANA degan qiz bor shu qizdiyam hurmat qilinglar. So'kingan bilan hechnima o'zgarmaydi. | |
1-30 31-41 | |