Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 5
Mehmonlar: 5
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2017 » Fevral » 20 » Sabr kosasi to’lgan muxlislarning reaktsiyasi yoxud Venger bilan xayrlashish vaqti keldimi
10:05
Sabr kosasi to’lgan muxlislarning reaktsiyasi yoxud Venger bilan xayrlashish vaqti keldimi


“Arsenal” yana “Bavariya” qo’lida yer bilan bitta bo’ldi va o’ziga va murabbiyiga otilayotgan toshlarni qabul qilib olmoqda. Biz esa, ikki tomon munozarasini tahlil qilgan holda va hamda masalaga ikki tomonlama yondoshgan holda Vengerning Londondagi ehtimoliy kelajaga borasida so’z yuritamiz.
Munosib nomzod mavjud emas.
Venger va uni qo’llab-quvvatlovchi muxlislar uchun xushxabar. Konte, Anchelotti, Gvardiola, Klopp, Allegri boshqa klublarda ish olib borishyapti. Simeone esa, “Atletiko”dan keyin Angliyaga emas, Italiyaga yo’l oladi. Tajribali va vafodor Vengerni umrida biron marta top klub boshqarmagan Eddi Xauga almashtirishdan nima naf? Balki, “Arsenal” afsonalariga yuzlanarmiz. Viera, Anri, Bergkamp: garchi buyuk futbolchi bo’lgan bo’lishsada, murabbiylikda ularning hech qaysi birida tajriba yo’q. Kuman “Everton” bilan band. Lyov – uzoq yillardan beri top klubni boshqarish ma’suliyatini bo’yniga olgan emas. Allegri – bir qarashda ajoyib nomzod, lekin “Yuventus” rahbariyati o’zining muvaffaqiyat kalitini “Arsenal”ga berib qo’yarmikan? Mish-mishlarni bas qilaylik, Venger – “kanonirlar” uchun haligacha eng munosib murabbiy.
“Arsenal” “Manchester- ser Aleks voqeasini qaytaradi
Shaxsan Vengerga muxlislik qiladigan futbol ixlosmandlari diqqatiga: ser Aleks Fergusonning “Old Trafford” bilan xayrlashuvidan so’ng, “MYU”ning holatiga e’tibor bering! Jamoa katta qiyinchilik bilan CHL yo’llanmasi uchun kurashmoqda. Agarda Arsen klubni tark etsa, fanatlar o’zlari o’rganib qolgan top-4 ishqida yonishlari ehtimoli yuqori.
“Arsenal”ning mavsumiy doirasi: bir qancha yozgi transferlar, kuz faslidagi shohona futbol, qishdagi bir qancha jarohatlar, to’rtinchi o’rin uchun kurash. Natijada – “Tottenhem”dan oldinda va CHL yo’llanmasi. Venger himoyachilari: Qo’lingizdagi bor yutuq va muvaffaqiyatlarga shukur qiling! Venger ketsa – hattoki ushbu doira ham bo’lmaydi.
Vengerga qarshi
Hech kim inkor eta olmaydiki, Venger qo’l ostida “Arsenal” super hayratlanarli barqaror futbol namoyish etib kelmoqda. Ammo bu barqarorlikning salbiy jihati ham bor – “kanonirlar” o’zlarining doimiy zonalaridan oldinga qadam tashlamaydilar va “Bavariya”, “Barselona” va hamda “Real” darajasiga chiqa olamydilar. Hozirda “Arsenal” muxlislari tushkunlikdalar. Axir bir kompozitor qo’shig’ini qayta-qayta eshitaversa, bu nafaqat zerikish, balki depressiyaga ham olib keladi. So’nggi marotaba Venger shogirdlari 2007/2008 mavsumida titul uchun kurashdilar va shunda ham ular marraga 3-pog’onada yetib kelganlar. Shundan buyon xafagatchiliklar, CHL dagi ulkan tanazzul. “Arsenal” hozirda yangi umpulsga zor. Hattoki buni jamoa ruhiga singdira olish va uni o’rnidan qo’zg’atish uchun Yevropa Ligasi bo’ylab sayohatga to’g’ri kelsa ham.
Top klublar bilan o’yinlardagi noilojsizlik
“Bavariya”dan qabul qilib olingan qahshatqich zarba shunchalar bashorat uchun oson ediki, hattoki Vengerning eng sodiq muxlislari ham qo’llarini siltadilar va o’z murabbiylari bilan xayrlashish vaqti kelganligini uqidilar. Nima evaziga “to’pchilar” Myunhendan ijobiy natija olmoqchi edilar? Bu hali ham javobi aniqlanmagan topishmoq bo’lib turibdi. Chorshanba kuni “Arsenal” an’anaviy tarzda top raqibi oldida bosh egib turdi. Bundan ikki hafta oldin ham Myunhendagi zarbaga o’xshash zarba “Stemford Bridj”da qabul qilingan edi. Qolgan uchrashuvlarda samarasiz o’yinlar, davomiy mag’lubiyatlar va hokazo. Ushbu statistika va an’anaga chek qoyish vaqti keldi. Bosh murabbiyni iste’foga kuzatib qo’yish soati yetib keldi.
O'qildi: 674 | Kiritdi: Azimjon_Arsenal | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 3
avatar
3 iwobearsenal • 17:55, 20-Fev-17
Венгер сибалса
avatar
2 arsenalmax9045 • 12:13, 20-Fev-17
5-1 ga yutqazgandan kora 5-orinda qogan yahshi Venger hayer!
avatar
0
1 Azimjon_Arsenal • 10:09, 20-Fev-17
Bu gaplarda 100% jon boru oxirgi payitlarda Wenger taktika tarkib borasida chekib tashayaptida
omForm">
avatar