Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 2
Mehmonlar: 2
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2016 » Fevral » 3 » Premier-liganing so‘nggi kunida amalga oshirilgan eng omadli transferlar TOP-10
21:43
Premier-liganing so‘nggi kunida amalga oshirilgan eng omadli transferlar TOP-10
Premer-liga tarixidagi qishki transfer mavsumining so‘nggi kunida alamga oshirilgan eng omadli transferlar o‘nligini taqdim etamiz.

10. Mikel Arteta

Transfer narxi: 2 mln funt

Yo‘nalish: "Real Sosedad" → "Everton"



2005 yilda Ispaniyaning “Real Sosedad” klubidan 2 mln funt evaziga xarid qilingan mahoratli yarim himoyachi jamoaga juda tez kirishib ketdi va muxlislarning eng sevimli o‘yinchisiga aylana oldi. O‘sha mavsum yakunida “irislar” turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasining saralash bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Biroq, ispaniyalik yarim himoyachi ko‘p o‘tmay, “mersisaydliklar” safini tark etdi. 2011 yili Arteta 10 mln funt evaziga “Arsenal” safiga o‘tishni ma’qul ko‘rdi.

9. David Luiz

Transfer narxi: 25 mln evro

Yo‘nalish: "Benfika" → "Chelsi"



O‘zining ajoyib soch turmagi bilan muxlislar orasida tanilgan braziliyalik himoyachi 2011 yil o‘sha vaqtlardagi “aristokratlar” bosh murabbiyi Andre Villash Boashning alohida e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Luizning eng muhim jihati shunda ediki, u faqatgina himoya bilan cheklanib qolmay, oldingi chiziqlarda ham o‘zini juda erkin his eta olardi. Klubdan Boash ketib, Joze Mourino jamoani qabul qilib olgach, Luiz 50 mln evro evaziga “PSJ” safiga o‘tib ketdi.

8. Nemanya Matich

Transfer narxi: 21 mln evro

Yo‘nalish: "Benfika" → "Chelsi"



Asli “aristokrat”cha tarbiya ko‘rgan serbiyalik yigitcha 2011 yilda “Benfika” safiga o‘tgach chin ma’noda “ochilish”ga erishdi va 2014 yilda 21 mln evro evaziga ortga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Uning tajovuzkor tabiati Premer-ligaga juda tez moslashib olishi uchun qo‘l keldi va yakunda turnirning eng saralari safidan o‘rin oldi.

7. Xuan Mata

Transfer narxi: 37.1 mln evro

Yo‘nalish: "Chelsi" → "Manchester Yunayted"



Joze Mourino boshqaruvida “Chelsi”ning zaxira o‘rindig‘ida qolib ketgan ispaniyalik yarim himoyachi Londonni Manchesterga almashtirishga qaror qildi va adashmadi. Aytish mumkinki, bugun “qizil iblislar”ning hujum chizig‘ini Matasiz tasavvur qilish qiyin. Uning ajoyib uzatmalari va tezkor harakatlari mankunianliklarning hujumlarini bezab turibdi. Zero, hozirgi kunda “qizil iblislar” aynan Mata uzatmalarini yakuniga etkazadigan hujumchiga juda qattiq ehtiyoj sezmoqdalar.

6. Andrey Arshavin

Transfer narxi: 15 mln funt

Yo‘nalish: "Zenit" → "Arsenal"



Yevro – 2008da o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etgan rus o‘g‘loni dastlab “tumanli albion”da ham o‘zini juda erkin his etdi. Zero, “Liverpul” darvozasiga bir o‘yinda 4ta to‘p yo‘llab jamoasining durang natijani bir o‘zi ta’minlab bergan vaqtlarda buni hech kim inkor etmagan edi. Ammo, o‘sha paytlarda 15 mln funtga xarid qilingan Arshavinning jarohatlar girdobiga tushib qolishi oxir-oqibat uning “to‘pchilar” safini tark etishiga olib keldi.

5. Eshli Koul

Transfer narxi: 5 mln funt

Yo‘nalish: "Arsenal" → "Chelsi"



O‘z vaqtida Londonning shimolidan shaharning sharqiy qismiga “ko‘chib” o‘tgan himoyachi futbol olamida haqiqiy shov-shuv ko‘targan edi. “Chelsi” tarixida “Mourino erasi” deb nom olgan davrga o‘z hissasini qo‘sha olgan chap qanot himoyachisi o‘sha vaqtlarda “aristokratlar” uchun atigi 5 mln funtga “tushgan edi” va bu o‘zini to‘laqonli oqladi deyish uchun asoslarimiz etarli.

4. Maruan Fellayni

Transfer narxi: 27.5 mln funt

Yo‘nalish: "Everton" → "Manchester Yunayted"



2013 yilning so‘nggi kunlarida belgiyalik yarim himoyachi “Everton”da birga ishlagan ustozi Devid Moyes ortidan “qizillar” safini to‘ldirdi va jamoaning eng asosiy figuralaridan biriga aylandi. Aytish mumkinki, u jamoa yarim himoya chizig‘iga tajovuzkorlik va g‘oliblik ruhini olib kira oldi. Ammo, bu “qizil iblislar”ning o‘sha mavsumda Chempionlar ligasi saralash bosqichidan o‘ta olishlari uchun etarli bo‘lmagan edi.

3. Luis Suares

Transfer narxi: 22.4 mln funt

Yo‘nalish: "Ayaks" → "Liverpul"



2011 yildagi qishki transfer oynasining so‘nggi kunlari “Liverpul” klubining ashaddiy muxlislari xotirasida Kenni Dalglish tomonidan Endi Kerollning “Nyukasl”dan 35 mln funt evaziga sotib olingan kun sifatida xotirlanadi. Ammo, ayni shu kunlarda “Ayaks”dan 24 yoshli urugvaylik yana bir hujumchi, Luis Suares ham xarid qilingan edi. Taqdir charxpalagini qarangki, ko‘p o‘tmay Urugvay terma jamoasi a’zosi klubning haqiqiy etakchisiga aylandi. Keroll esa yakunda “Vest Xem”ga 11 mln evro evaziga sotib yuborildi. Albatta buni “Barselona”ning Suarez uchun to‘lagan 52 mln evro narxiga taqqoslash biroz mushkul.

2. Mesut O‘zil

Transfer narxi: 42.4 mln funt

Yo‘nalish: "Real Madrid" → "Arsenal"



2013 yilning eng ajablanarli voqeasi sifatida hozirgi kungacha ushbu transfer tilga olinadi. Ya’ni, Arsen Vengerning o‘z an’analariga zid ravishda “Real”dan 42.4 mln evaziga germaniyalik yarim himoyachini xarid qilgani bo‘ldi. To‘g‘ri, ilk mavsumda u o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘la oqladi deyish mushkul. Ammo, joriy mavsumda Premer-ligada 16 ta golga assissentlik qilib, o‘zining haqiqiy o‘yinini tiklab olganligini to‘la namoyish etmoqda. “Arsenal” ham bir necha yillik tanaffusdan so‘ng chempionlik poygasiga qo‘shildi.

1. Karlos Tevez va Xaver Maskerano

Transfer narxi: 30 mln funt

Yo‘nalish: "Korintians" → "Vest Xem"



Premer-liga tarixidagi eng shov-shuvli transferlardan biri, 30 mln funt evaziga argentinalik ikki mahorat sohibining “Vest Xem” safiga qo‘shilishi edi. Bu hol, albatta, bejiz emasligi tezda oydinlashdi. Zero, aynan ushbu xariddan so‘ng “bolg‘achilar” 9 o‘yinda 7 ta g‘alaba qayd etib, buni amaliyotda isbotlashdi.

Manba: Sports.uz
O'qildi: 1251 | Kiritdi: FM8 | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 6
avatar
6 Azimjon_Arsenal • 10:48, 04-Fev-16
Furqataka zo'r gap bo'ldi to'rresnikiniyam o'ynasin orqasigayam to'res haydap qo'yadi XD
avatar
0
5 F-S • 10:26, 04-Fev-16
Фаррухбек
гаровинам озинам жонга тегдинг гаров ойнагунча Фламини, Жиру, Артетаникни ойнагин 45 минутдан 2 тайм !!! :D
avatar
4 Azimjon_Arsenal • 10:08, 04-Fev-16
Adminlar qayoqda 0 Darajaga tushib qolyapti kimlarni regdan o'tqizyapsilar yozgan nikidan ko'rinib turibdiyu qaysi kamandani fanatiligi exxx.
avatar
3 Azimjon_Arsenal • 10:05, 04-Fev-16
FARRUXBEK_FCB_ARC
Bu sayitda Arsenalga shunchaki qiziqadiganlar emas Arsenalni ashshadi fanatlari to'planyapti mandan 3 yosh katta ekansiz mayli hurmatizi qilib yozyapman bu sayitda shunchaki qiziqadiganlarga joy yo'q uzur manga bunaqa gara balo battar dimeng aytgancha O'sha hezalak barsezda Neymar va Messi yo'q bo'lsa kapeka kamandaga aylanadi barsez
avatar
2 FARRUXBEK_FCB_ARC • 09:43, 04-Fev-16
Ajoyib raxmat admin SUAAAREZ ni sotib olganga Livirpul ga kotakon raxmat
avatar
0
1 F-S • 22:19, 03-Fev-16
Фелайнини омадли трансфер дийиш но'тогри!
omForm">
avatar