Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 9
Mehmonlar: 9
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2015 » Sentabr » 11 » O, sen Anri rekordini yangilading!
22:53
O, sen Anri rekordini yangilading!
Arsenalning eng tezkor futbolchisi hozirgi kunda so'zsiz - Ektor Bellerin.
U nafaqat maydonda tezkor, balki tez fikrlash va reaksiyaga ham ega inson. O'zining fikricha bunga kompyuter video o'yinlari sabab. Bellerin kuniga soatlar bu o'yinlarni o'ynashi mumkin. Unga eng yoqadigani esa Call of Duty Black Ops III.
Uning qo'llari boshqaruv tugmalarida, ko'zlari esa ekranga qaratilgan, butun vujudi bilan o'yinga singib ketadi.

"Professional futbolchi sifatida bizga juda katta bosim bo'ladi. Bosimdan qutulish uchun bu o'yinlar bilan bir necha soat mashg'ul bo'lish foyda beradi" - kuladi Bellerin.

U onlayn tarzda juda ko'p raqiblar bilan kuch sinashib ko'radi. O'zi bu haqida:

"Kichkinaligimda bu o'yinga juda qiziqaman. Arsenalga ilk kelganimda Emiliano Martines bilan bahslashganman. Xattoki 6 soat uxlamasdan o'ynaganmiz".


Ektor har qayerda odamlar bilan tez til topisha olardi. Barselonada ham juda ko'p do'stlar orttirgan. Ish joyini o'zgartishga to'g'ri kelsa ham unga qiyinchilik tug'dirmaydigandek edi. Oxir oqibat 16 yoshli bolakay doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish va tajriba to'plash uchun Londonga yo'l oldi.

Undan nega Arsenalga o'tganligini so'rashganda shunday javob beradi:

"Ko'pchilik mendan buni so'ragan va har safar bir xil javob beraman. Bunga sabab ko'p. Men Arsenalga shunchaki kelmadim. Uning uslubi xuddi "Barsa" kabi. Bu menga yoqadi. Keyin Fabregas ham muvaffaqiyatli to'p surgan bu yerda, bu ham bir sabab. Ammo asosiysi menga tajriba kerak edi. Shunday vaqt bo'ladiki, sen yurayotgan poyezdga chiqishing yoki chiqmasliging uchun tanlov bo'ladi. Ishonch bilan aytamanki, men poyezga chiqqanimdan baxtliman."

London shahrini yoqtirmaydigan odam topilmasa kerak. Belleringa ham London juda yoqadi, ayniqsa restoranlari.

"Bu yerda xordiq chiqaradigan joylar juda ham ko'p. Men bo'sh vaqtlarimda, dam olish kunlari Kovent Garden bog'iga boraman. Odamlar orasida sayr qilish zavqi boshqacha. Jamoadoshlarim ko'pincha "Bugun yangi joyda bo'ldim, bir borishing kerak" deyishadi. Qayerlarga borishimni aytolmayman. Agar aytsam hammangiz borasiz va men stol buyurtma qilolmay qolaman" - deya hazil qiladi u.

Bellerinning aytishicha, tez o'ynagani kabi tez gapira oladi ham. Uning ingliz tilidagi savodi unchalil yaxshi emas. Maktab o'quvchilaridan ko'ra biroz yaxshiroq gapira oladi xolos.

"Birinchi marta Londonga kelganimni eslayman. O'shanda boshqaruvchi menga ingliz tilida gapirgandi. Shunda o'ylagandimki, bu ingliz tili emas, bizda maktabda boshqacha o'qitishgandi deb. Keyinchalik odamlar ham ispan ekanimga va til bilan bog'liq kamchiligimga ko'nikib qolishdi. Hozir esa yaxshigina so'zlasha olaman"

Tezlik - kalit so'z. Uning ustunligi ham aynan shunda. Ektor o'tgan mavsum boshida Terri Anrining 40 metrlik masofada yugurish rekordini yangiladi. Agar shu tezlikda 100 metrga yugurganda Usain Bolt ham ortda qolardi.

"O'sha kuni men Chemberlen bilan bahslashib qoldim. U menga unchalik ham tezkor emasligim va meni osongina ortda qoldirishini aytdi. Men esa shunday dedim: "Eshit, hozir men masofani bosib o'taman, keyin nima bo'lishini ko'ramiz dedim. Bu mening asosiy jamoa bilan birinchi mavsumim edi. Marraga kelganimda kimdir "O, sen Anri rekordini yangilading!" dedi. Men esa "Hali yana va yana rekordlar o'rnataman" dedim.

Tezligimni har o'yinda sinab ko'raman. Angliyada bu asosiy tushuncha. Har bir turda kuchli, xatto o'zingdan ham tezkor vingerlarga qarshi to'p surishga to'g'ri keladi. Bu judayam og'ir. Masalan Rahim Sterlingga 90 daqiqa davomida o'z qanotida tinim bilmaydi. Shuningdek,Suonsidan Jeferson Montero ham judayam kuchli raqib sanalishgan menga. Bu Angliya futbolining Barselonadagidan farq qiladigan jihati hamdir. Shuning uchun Premier Liga ommabop hisoblanadi.
O'ylashimcha, Angliya Ligasida g'alaba qozonish Ispaniyanikidan og'irroq. Masalan jadvalda oxirgi o'rinda ketayotgan jamoa ham favoritlarni yutib ketishi mumkin.
G'alaba qilish uchun raqibdan tezkorroq bo'lish kerak, aks holda yutqazasiz. Angliya futbolining jozibasi ham shunda"



EMIRATES_STAR
ARSAMAN.UZ
O'qildi: 1219 | Kiritdi: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 7
avatar
7 Dadaxon_77 • 15:25, 12-Sen-15
Debyushini asosiydan chiqarvordi
avatar
6 diana • 14:58, 12-Sen-15
O'yin borasida gap yo'q Omad! Keyinchalik shu Fabregas akasiga o'xshab vataniga ketishni xohlab qolmasinda!
avatar
0
5 Emirates_Star • 08:49, 12-Sen-15
Intervyularini ko'pincha kesib tashlashadi
avatar
4 Jafar_ • 08:30, 12-Sen-15
patkat kirolmaydi, aldaniwi oson lekin
avatar
3 Jafar_Fanat_Arsenal5735 • 23:07, 11-Sen-15
E qoyil. Malikjon bunaqa maqolalarni qayerdan topas. Adawmasam buni intervyusida gapirmagan???
avatar
2 the_best • 22:22, 11-Sen-15
Зур гап йук
avatar
0
1 ЛУЧШИЙ-КАНОНИР • 22:18, 11-Sen-15
Ажойиб сузлар
omForm">
avatar