Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 5
Mehmonlar: 5
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2016 » Mart » 24 » Kipriklar titraganda... (Emirates blogi)
15:34
Kipriklar titraganda... (Emirates blogi)

Muxlislik - shunday tuyg'uki, uni so'z bilan tasvirlash qiyin. Ba'zi vaqtlar bo'ladiki, alamlar bo'g'zingizga tiqilib, ko'z yoshlarga aylanib sizni tark etadi. Shunday vaziyatlar ja'm bo'lgan fotolarni sizga taqdim etmoqchiman. Balki, ular sizni ta'sirlantirmagan holatlar bo'lishi mumkin. Shaxsan o'zimni kuchli hissiyotga berilishga majbur qilgan suratlar.

Bolalik paytlarimda futbol o'ynashga juda qiziqardim. Ko'chada to'p tepib yurgan vaqtlarimda futbolkamning orqasiga, o'yinlarini ko'p ko'rmasamda, xatto u raqamda kim o'ynashini bilmasam ham ko'r-ko'rona "NASAF" va 4 raqami tushirilgan bo'lardi. Nega Nasaf ekanini tushunsa bo'lardi. Nega aynan 4 degan savolga o'zim ham javob bera olmasdim. 

Ammo mening futnol tomosha qilishimga undagan futbolchi bu - Ronaldinio. 2002-yilgi Jahon Chempionatida unga qizil kartochka ko'rsatishganida, finalda uning o'yinini ko'rolmasligimni bilganimda juda alam qilgandi...

Ronaldinioning o'yinlarini faqat terma jamoa miqyosida tomosha qilardim. 2006-yilgi mundialda aynan Braziliya va Fransiyaga muxlislik qilgandim. Fransiya tarkibidagi Arsenal futbolchilari meni muxlisligimni 2 ga bo'lib qo'yishgandi. 

Kechagidek esimda, Fransiya-Braziliya o'yini oldidan Ronaldinio hamda Ronaldo shunday deyishgandi: "Biz Zidanni hurmat qilamiz, ammo bu o'yin u uchun oxirgisi bo'ladi". 

Albatta, Zidan ham, braziliyalik ikki sehrgarlar ham hurmatga loyiq futbolchilar. Final esa yana ham alamli bo'ldi. Finaldan so'ng qaysidir jurnalist aytgandi: Italiyaning chempionligi tezda unutiladi, ammo Zidan mangu qalblarda qoladi. Lekin shunday afsonaning bu tarzda futbol bilan xayrlashishi alam qildi...Xe, o'sha oltindan bo'lgan kubogingayam...stadioningayam...

Braziliyani o'sha chempionatdan uyiga qaytargan gol muallifi Anri. Uning Arsenaldan ketgani uchun hech kim Anridan ranjimagan. Nega? Chunki u Arsenal uchun hamma ishni qilib bo'lgandi. Ko'pgina futbolchilarni sotqinlikda ayblaydigan muxlislarning Anriga hurmati o'zgacha. 2012-yil Anri Arsenalga qaytdi. Esingizdami o'sha o'yin? Stadion qanday jumbushga kelgandi. U esa qaytishini gol bilan nishonladi. Qirol qaytgandi. Qanday qilib ko'zlar jim tursin... Alam qildi. U ketgani emas. Uning o'rnini hech kim bosolmayotgani alam qildi...

Shunday vaqtlar bo'ladiki, xonaga kirvolib ko'z yoshlaringni berkitasan... Boshqa izoh bera olmayman.

Bilasizmi yana nima alam qilyabdi? Yuqoridagi bannerga qarang. Nahotki shu darajaga yetib keldik. Axir bundan battar vaziyatlarda bo'lganmiz. 20 yillik mehnat nahotki bitta kubokka almashtirishga arzisa. Arsen Venger bunyod qilgan shu Arsenalni men hech qanday kubokka almashtirolmayman. Sizga kubok kerakmi? Marhamat, oling! Menga avvalgi Arsenalimni qaytarib berolmas ekansiz, aqalli menga o'z Arsenalimni qoldiring! Bu gaplarim bir chaqalik foydasiz. Men dunyoning bu chetidagi bir muxlis bo'lsam, xolos. Alam qilarkan...

Bu futbolchi balki kimgadir yoqmas. Bunga uning qaysi klubda o'ynayotgani sabab bo'lsa kerak. Lekin shunday davrda yashayabmizki, futbol sehrgarlari bizga mo'jizalar ko'rsatishyabdi. Messi ham Jahon chempioni bo'lishga loyiq futbolchi. Oltin mabudaga Messi bunchalik yaqin kelmagandi. Alam qildi... Menga emas, Messiga...

Bu holatdan bexabar inson hujumchi darvoza tomon zarba beryabdi va gol uradi deb o'ylaydi. Ammo shu gol necha millionlar qalbini sindirganini, golni urgan odamga esa qanchalik qiyin ekanligini begona qayerdan tushunardi. 

Lekin alam qilmaydi. Chunki bu vatan jamoasi. Oxirgi umid tomchisi qolguncha ishonaveramiz. Tomchi tugasa, yangisi tug'iladi. Biz esa kutaveramiz, oxirigacha. 

Bugun yana bir qadam oldinga tashlaymiz. Albatta, nasib qilsa. Mayli, rozimiz. Messi va Zidanlar kabi shu kubokka yaqinroq borishsin aqalli. O'sha "oyimtilla" ning yonidan o'zbek futbolchisi yig'lab o'tsin. Bizga alam qilmaydi. G'urur hissini tuyaylik. Ollohdan shuni so'raymiz.

Olg'a, O'ZBEKISTON!

O'qildi: 1060 | Kiritdi: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 14
avatar
14 Месут-Озил • 09:19, 25-Mar-16
Zor chiqipti raxmat
avatar
13 Месут-Озил • 09:19, 25-Mar-16
Zor chiqipti raxmat
avatar
12 Месут-Озил • 09:19, 25-Mar-16
Zor chiqipti raxmat
avatar
11 ShaxzodNur • 00:00, 25-Mar-16
Йозган хамма гапиз йурени жизилатми колмади, ойлиманки бу сайт арсенал мухлислариники бу сайта факат арсеналга реал дп турсаям йуреги билан ич ичидан арсеналга мухлисли кладиганла, админ брат сз етиб отган мавзуйиз алам тогрисида, ойлиманки арсенал мухлисларга галаба унча керак емас биза хакики инглиз футболи чиройли футбол тарафдоримиз, биз билган арсенал уша енг чиройли ойн бза мухлислага корсатолидган клуб ва хамамиз мундан хурсанмиз йуткизган пайтлардахам. негаки йутказган болсакда ойин даражаси кизикарли кечган болади биза фудболдан маглубият корсакда ойин темпидан чиройидан озука завк олган боламиз. бизга шу озукани олишимизга сабабчи болган арсен венгер бошчилигидаги арсенал. кандай клип аламимзни чкарсин, кандай клип барча ойини манзур болган болсайу арсен венгер керакемас болсин. ман ойлиманки ва яна хайотий киска хайоти тажрибамда ешитганим шуки мана ман арсеналга балет кламан дган фанат йутик кубк учун фанатли кмиди. мандаям шу фкр арсенал манга чройли ойнап иложи боса йутипберса олга арсенал хамиша сан билан тошкенлик фанатлар, холардимки арсенал фанатлари бизга кубкияам кубкини кере боса адасям керемас уша жича олтин кошилган боса бопти одди матох нме кере ойн чройли бовотийу. арсен венгерга келсак у буйук инсон футболни чунаман йоки футболни шунчаки кораман дган одам хамаси таниди, испан термалари йоки немис термалари жамоларидаги мурабийни билмас лекин ливерпул, ман у, челси, баваря, реал, барса енг козга коринган клублани мурабиларини танидган одам хамаси таниди негаки у анча йиллик мехнат килган жа болмаса хар йил исмини 10 марта ешитган 20 йил ичида 200 маротаба кочада случайна ешткан босахам есида коган яна катта нукул ешитканда арсеналда яна нимаки уни исми Арсен-Арсенал, арсен охрга ал койса оз озидан арсенал клуби боп ковуради шунчалик арсенал устози машхуракан билми йурганакамиз )))) охшатмасдан учратмас арсенал арсен вингер бу бир бирига охшаш гойоки арсен вингер арсенал учун тугилганде, бу инсон колгани яхши бу инсони йузидаги барча ажнлари арсенал дп боган шундай клип яна 10 йил арсеналга халол мехнат кберолидган устоз значит хали арсеналга керак устоз, бу мани фикрим, гапираман дсе арсеналга гап чкип кевуради нмеки бзани камандамиз ортадан йукори йукоридан бита пас йурадган лкн хар доим баланда боладган каманда, нма болсахам ман у 8:2 га йутса хам баваря 4:0 га йутсаям керебоса лестир сити 10:0 кмидими ман баби арсенал диман шу каторда бошка каманда яни реал барса баваря дмиман факат арсенал биламанки арсенал фанатлари худди шунака фанат шуничун арсенал фанатлари бошкача. ман хар доим АРСЕНАЛ БИЛАНМАН яна ким ман билан.

Бу оди арсенал фанатидан чкан гапла, фанатчли, савияси пас зерикарли гапла боган боса узур, лкн ичимдиги гаплани бохонада гапирволдим. хамага рахмат ва омад бошила омон босин арсенал фанатлари... Оле оле оле Арсенал олга
avatar
10 kanonerlar0201 • 22:59, 24-Mar-16
Yashang Malik fikrlarizga 100% qo'shilaman
avatar
9 Quvonchbek • 22:09, 24-Mar-16
M A L A D E S. Malik man sizni tanimayman. Man sizni k6rmaganman. Lekin sizga b6lgan hurmatim naqadar katta ekanligini bilsayiz edi. Sizga wu saytni gullatayotganingiz ucin judayam katta raxmat. Biz muxlislarni birlawtirib tirganingiz ucun RAXMAT.
avatar
0
8 FM8 • 22:09, 24-Mar-16
NO COMMENT...

#RESPECT
avatar
7 Arshavin • 20:45, 24-Mar-16
Men 100 VENGER qolishini istayman umid qilamanki Vengeer uzi shu fikirda omad...
avatar
6 Raufxon • 20:13, 24-Mar-16
davomli bolishini kutib qolamiz
avatar
5 gunner • 20:10, 24-Mar-16
Qoyil!!!ayniqsa oxirgi jumlalarga
avatar
4 Arsenal-London • 19:45, 24-Mar-16
Zo'r blog bo'pti oka
avatar
0
3 ЛУЧШИЙ-КАНОНИР • 17:47, 24-Mar-16
Малик гап йук. Маколани укиб кузимга йош келди. Хаммаси зур лекин Венгер хакидагиси тасирли. Венгерни хайдалишини умуман хохламайман. Арсенал устуни бу Венгер
avatar
2 adilovqodir • 17:01, 24-Mar-16
Zor qoyil ayniqsa Anry
avatar
1 Azimjon_Arsenal • 15:48, 24-Mar-16
Qoylil Malikaka rahmat zo'r chiqibdi.
omForm">
avatar