Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 4
Mehmonlar: 4
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2014 » Sentabr » 11 » Jiru bilan hayoliy va hazil suhbat (Emirates blogi)
12:20
Jiru bilan hayoliy va hazil suhbat (Emirates blogi)
Jarohat olib uzoq vaqt safdan chiqqan Arsenal xujumchisi Olivye Jiru o'zining sovuqqon o'yinlari bilan muxlislar noroziligiga sabab bo'layotgandi. Ammo yangi mavsum boshidagi natijalaridan keyin qandaydir umid paydo bo'layotgan paytda "the end" boshlanib kamida yangi yilgacha davom etishi oydinlashdi. Jarohat sabab o'zining bekorchi vaqtini ayamagan Jiru saytimizga yolg'ondan mehmon sifatida tashrif buyurdi va bizning bachkana savollarimizga javob berdi:
-Olivye, avvalo Salom, Hello, Privet! Tushundingzmi?
-Salut
-Qoyil. Sizga ilk savol: O'zi sizni bu yerga kim chaqirdi?
-Rostini aytaymi yoki yolg'ondan?
-Yolg'oni qanaqa?
-O'zbekistonda muxlislarim judayam ko'p. Ularni xursand qilish uchun, qiziqtirgan savollariga javob berish uchun keldim.
-A, rostichi?
-Hiyonatda ushlagach, xotinim haydab yubordi.
-Oxxo, yomon bo'libdi. Endi ko'chda qolarkansizda. Toshkentni qayerida joylashdingiz?
-Interkontinental mehmonxonasida.
-Hazillashdiza?
-Ha, aslida semechkachi Oysara opanikida ijarada turibman. Sinchkov ekansiz!
-Uzr, mavzudan uzoqlashib ketdik. Sizning futbolni tanlashingizda nima sabab bo'lgan?
-Yoshligimda judayam sodda bo'lganman. O'rtoqlarim sen futbolchi bo'lishing kerak, yaxshi o'ynaysan deyishgandi, ishonib shunday qilgandim....
-Nega sizning fikringiz boshqachami?
-Yo'q, muxlislarni fikri boshqacha.
-Nega xujumchi bo'lgansiz, darvozabon emas?
-Men darvozabon bo'lishim uchun 19-asrda yashahim kerak bo'lardi. Chunki o'sha paytda darvozalar yog'ochdan yasalgan. Hozir "taxta" ga ehtiyoj yo'q. Shuning uchun xujumchilikni tanlaganman.
-Ko'pincha birga-bir vaziyatarni tiriklay go'rga tiqasiz. Lekin har doim asosiy tarkib eshigi siz uchun ochiq turadi. Buni qanday izohlaysiz?
-Faqat bir narsa deyishim mumkin: Rahmat, Arsen tog'a!
-Arsenalda eng kuchli futbolchi deb kimni hisoblaysiz?
-Flamini
-Eng tezkor?
-Flamini
-Eng hazilkash?
-Flamini
-Eng jiddiy?
-Flamini
-Eng yaqin do'stingiz?
-Flamini
-Tushunmadim, nega faqat Flamini?
-Chunki u akam.
-Nima deb o'ylaysiz, savollarimiz shaxsiyatingizga tegmayabdimi?
-Yo'q, ko'nikib, o'rganib ketganman (kuladi)
-Nima deb o'ylaysiz, ko'pchilik sizning jarohat olishingizni xohlagandi. Nima emish shunda Arsen Venger boshqa xujumchi transferiga qo'l urarmish. Qaysidir ma'noda bunga erishishdi ham. Jamoaga Uelbek, Sanches keldi. Qolaversa, Sanogo va Kempbell ham bor. "Mash'al"ga xos o'yiningiz bilan zahirada qolishdan qo'rqmaysizmi?
-Hozircha bundan xavotir olayotganim yo'q. Toki menenjer Arsen tog'am ekan, men hech narsadan qo'rqmayman.
-O'zbekistonda qancha vaqt bo'lmoqchisiz?
-Oysara opamni yordami bilan mahalladan kam ta'minlanganlik haqida "spravka" olish harakatidaman. Qolaversa Doktor-D klinikasidan 6 oy davolanganim haqida ham "spravka" oldim. Shularni olib borsam Arsenaldagilar tanbeh berishmasa kerak. Shuning uchun yangi yilgacha qolmoqchiman.
-Bu yaxshi. Lekin dekabrgacha o'zbek muxlislaridan qanday yashirinmoqchisiz? Ular sizni tutvolsa nima bo'lishini bilasizmi?
-Nima bo'lishini bilmadimu, Londonda bundan battarini ham ko'rganman (shu paytda Jiruning ko'zidan mitti yosh tomchiladi).
-Oxirgi savollarimiz. Ichasizmi?
-Yo'q
-Chekasizmi?
-Yo'q
To'g'risi, ishonmadimu, ha mayli.
-Hayotdan maqsadingiz?
-Oltin to'pni olmoqchiman.
-Saytimiz muxlislariga tilaklaringiz.
-Avvalo meni tanqid qilishdan to'xtashsin. Men hali super xujumchi ekanimni isbotlayman! To'g'ri hozir kelajagi bor yosh yigitcha emasman. Ammo hali yulduzlik davrim oldinda. Menga ishonishda davom eting!!!

Manba: hayolimda.uz
O'qildi: 1196 | Kiritdi: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 11
avatar
11 Doston • 12:49, 13-Sen-14
Omad Jiruga
avatar
0
10 @xror_19 • 20:53, 12-Sen-14
Oliviye Jiru nega ismingiz Oliviye ???!!!!!!!!
bizda Oliviye degan salat borda wunga so'radim  icecream
avatar
9 farruh807 • 16:13, 12-Sen-14
gapirishakan deb gapirorasilarakanda a? Xech Özilarni tasavvur qilib körganmisilar katta maydonda, muxlislar, bosim bunaqa xolatda öynaw juda qiyin, Jiruxam kerayli vaziyatlarda ARSENALNI juda köp qutqarib qoganku, kerakli gollarni urib kamandani yutug' yoki durrang bilan juda köp taminlagan... Jiru zör öyinch, lekin wolkot va ramseyga yetadigoni yöq...
avatar
8 Theo_Nurshax • 11:09, 12-Sen-14
suppper daxwat chiqibdi lekin silani bilmadimu manga Jiruni o`yini yoqadi to`g`ri taxta lekin Van persiyam vaqtida taxta edi
avatar
7 arsamaniya • 07:17, 12-Sen-14
Juda zo'r chiqibdi. rahmat
avatar
6 arsenalmuxlisi • 01:52, 12-Sen-14
Raxmat z6r chiqibdi
avatar
5 @rSeNaL_^ • 00:23, 12-Sen-14
ex bechara jiru 2015 ta qaytadi
avatar
4 Arsenal_real • 16:47, 11-Sen-14
Bizni Guliston jamoamizga kelsin! N. Otaqo'ziyev ketgandan k.n hujum4iga yal4imay qoldi.
avatar
0
3 Arsa • 15:53, 11-Sen-14
ajoyib! Lekin Jiruni hurmat qilaman, doim ishonganman, bundan keyin ham shunday bo'ladi
avatar
2 Doniyor94 • 14:01, 11-Sen-14
ma'shalda z.qo'ziboyev bor u yerda xam zaxirada qoladi eng yaxshi variant sho'rtan
avatar
0
1 F-S • 12:44, 11-Sen-14
-Ko'pincha birga-bir vaziyatarni tiriklay go'rga tiqasiz.
------------

Шу жоймга кулуриб думаладим biggrin tongue

Lekin har doim asosiy tarkib eshigi siz uchun ochiq turadi. Buni qanday izohlaysiz? -Faqat bir narsa deyishim mumkin: Rahmat, Arsen tog'a! 

-----------

Венгерга Рахмат етишни унитмапти
Енди Уелбек асосий таркибдан чикарворишига ишонаман !
omForm">
avatar