07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
13:34 Jiru 40 million turadi! (Emirates blogi) | |
U hech qachon bir mavsumda 20 ta gol urolmaydi dedilar. U TOP hujumchi emas dedilar. Hech qachon kerakli gollarni urmagan dedilar. Faqatgina uni dangasa demadilar xolos. Bir tarafdan tanqidlar to'g'ridek. Fanatlar chempionlik poygasiga qaytish uchun superhujumchi so'radilar. Balki hozir o'sha yulduzni "Emirates" dan izlayotgandirlar. Jiru Arsenalning asosiy hujumchisi va u yildan yilga o'sib boryabdi. Liverpulga qarshi mehmondagi o'yinidan so'ng Venger boshqa hujumchi kerak emasligini ta'kidladi. Bu borada Venger aqlliroq. 1-rasm. Jiruning barcha turnirlardagi statistikasi U Balotelle, Martinez, Benteke kabi futbolchilarga pul sarflashni xohlamadi. Vaqt shuni ko'rsatdiki, Venger buni shunchaki xohlamagan xolos. Mavsumni Venger Teo Uolkotni markazga qo'yish bilan boshladi. Bu borada nohaq bo'lsa ham shunday qildi. Natijada Jiru hali yaxshi hujumchi ekanini ko'rsatishi kerak edi. Liverpulga qarshi o'yinda Jiru APL dagi 12-golini urdi. TOP hujumchi uchun bir mavsumda 20 ta gol yaxshi natija hisoblanadi. Jiru bu natijaga erishishiga shubha yo'q hozirgi vaqtda. CHL da 5 ta gol u uchun faoliyatidagi eng yaxshi natija, termasi uchun 4 ta gol urdi. Barqarorlik - Jiru uchun asosiy muammo hisoblanadi. Ammo hozirgi mavsumda u bor yo'q 3 ta quruq o'yin o'tkazdi. Shu o'yinlarda ham 2 ta golga asisstentlik qildi. Ulardan biri Nyukaslni mag'lub etishga yordam berdi. Bu mavsumda bitta gol uchun sarflangan o'rtacha vaqt ko'rsatkichida Arsenal safidagi o'zining eng yaxshi ko'rsatkichiga ega bo'lib turibdi. Bu ko'rsatkich Vardi, Ronaldu va Lukaku korsatgan natijadan yaxshiroq. Ular ko'proq gol urishgan, ammo ko'proq ham o'ynashgan. 2-rasm. O'rtacha bitta gol uchun sarflangan daqiqa 3-rasm. Vaziyatlardan foydalanish va aniq zarbalar statistikasi Darajasini mavsum oxiriga qadar saqlab qola oladimi? Bu juda katta savol. Kerakli gollarni ura olmaydimi? Gretsiyadagi xet-trek qanchalik kerakli edi? Eynfilddagi o'yinda Jiru Arsenalning qutqaruvchisiga aylandi. Liverpulning kuchli bosimiga qaramay ketma-ket 2 ta gol ura oldi. Quyidagi rasmda uning aslida pozitsiyasi qayerda ekanligi va maydonning qaysi joylarida harakatda bo'lganini ko'rasiz. Ushbu o'yinda Jiru O'zildan ko'ra ko'proq (67 marta) to'p bilan muaomala qildi. Bu birada faqat Remsi yaxshiroq natijaga ega (71). 4-rasm. Gollar va ochkolar statistikasi Ligadagi 12 goli Arsenalga 7 ochko keltirdi. Lukakuning 15 goli 8 ochko, Keynning 11 ta goli bir (!) ochkoni jamoasiga taqdim etgan. Jiru Vardi, Igalo, Marez kabi ko'p ochko keltira olmadi. Chunki Arsenalda u yagona yulduz emas. Arsenal Lester yoki Uotford kabi bitta futbolchi atrofida o'yin tashkil qilmaydi. Lekin u kerakli gollarni urayotgani shubhasiz. Mavsum hali tugamadi. Jiru ham hamon o'ynamoqda va tanqidchilarning ovozlarini "o'chirishini" xohlardik. Manba: fc-arsenal.com | |
O'qildi: 1063 | Kiritdi: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0 |