Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 9
Mehmonlar: 9
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2015 » Noyabr » 8 » Futboldagi eng daxshatli jarohatlar (+18). Asabi bo'shlar o'qimasin!
10:02
Futboldagi eng daxshatli jarohatlar (+18). Asabi bo'shlar o'qimasin!

Jarohatlar futbolning ajralmas qismi hisoblanadi. Asabi taranglar ushbu xabarga kirishlari tavsiya etilmaydi.

18.02.2006. "Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvida Angliya kubogi doirasida Yon Arne Riisening jarima zarbasidan so'ng Alan Smit jarohat olgandi. Futbolchi 7 oy davomida jarohatini davoladi.

1996 yil "Koventri Siti" himoyachisi Devid Bast "Qizil iblislar" vakili Denis Irvin bilan to'qnashib ketgan. Natijada Bastning oyog'i singan va suyak teridan tashqariga chiqib qolgan. 12 daqiqa davomida futbolchilar maydonni qondan tozalashgan, Peter SHmeyxilga esa ruhshunos yordami kerak bo'lgandi. Bast ushbu jarohatdan so'ng 26ta operaciyani boshidan kechirdi, biroq professional futbolga qayta olmadi.

2007 yil iyul oyida "Krus Asul" klubining 19 yoshli hujumchisi to'pni o'ziga qabul qilish jarayonida jarohat oldi. Buning oqibatida uning oyog'i 180 gradusga aylanib qoldi. Futbolchi 3 oy davomida davolandi. Ayni paytda u "Verakrus" safida o'ynamoqda. 

"Kanonirlar"ning muxlislari "braziliyalik xorvat"ning "Arsenal" - "Birmingem Siti" uchrashuvida olgan jarohatini yaxshi eslasa kerak. Birmingemliklar vakili Martin Teylor bilan to'qnashuvdan so'ng 8 daqiqa davomida shifokorlar Eduardoga maydonda yordam berishgan. Hujumchi bir yil davomida maydonga  tusha olmagandi.  

1981 yilning 14 avgustida Evald Linen qo'rqinchli jarohat olgandi. Verder vakili Norbert Zigman uning soniga butsaning tag qismi bilan zarba berib yuborgan, natijada Linenning sonida 25 santimetrlik yirtiq paydo bo'lgandi. Futbolchinin oyog'iga 23ta chok tushgan, ammo 17 kundan so'ng Linen mashg'ulotlarga qaytgan. 3 haftadan so'ng futbolchi hech nima bo'lmagandek maydonga qaytgandi.

2004 yil oktyabr oyida "Blekbern" - "Liverpul" uchrashuvida mezbonlar himoyachisi Jeyms Makiveli Jibril Sissening oyog'iga kuchli zarb bilan tepgandi. Franciyalik futbolchining chap oyog'i suyagi ochiq singandi. Agar mersissaydliklarning tajribali shifokorlari bo'lmaganida oyoqni kesib tashlash kerak bo'lar edi. Sisse uch oydan so'ng yashil maydonga qaytgandi.

UEFA kubogi-98/99 doirasidagi "Lion" – "Seltik" uchrashuvida Larsson raqib vakili Serj Blan bilan to'p uchun kurashib jarohat olgandi. SHveciyalik futbolchining oyog'i ikki joyidan singandi. 8 oy davolangan Larsson futbolga qaytgandi.

Braziliya chempionati doirasidagi "Botafago" va "Flamengo" o'rtasidagi o'yinda Luchano Almeyda tovonining ikki tomonini sindirib olgandi. Futbolchi 5 oy davomida davolangandi.

SHu yil ECHL ilk turida PSVga qarshi o'yinda MYU himoyachisi Lyuk SHou jiddiy jarohat olib safdan chiqdi. 20 yoshli futbolchi Ektor Moreno bilan to'p uchun kurashda oyog'ini sindirib olgandi. SHou darhol Eyndxovendagi shifoxonaga olib ketilgandi, uning o'ng oyog'i ikkita joyidan singani aniqlandi. 16 sentyabr kuni SHou operaciyani boshdan kechirdi. SHifokorlar himoyachi olti oy davomida davolanishi kerakligini aytishdi.

"Aston Villa" vakili Lyuk Nilis klubdagi uchinchi o'yinini "Ipsvich"ga qarshi o'tkazgan. Lyuk raqib posboni bilan to'qnashuvda oyog'ining ikkita joyidan jarohat olgandi. SHu tariqa uning professional futbolchilik faoliyati yakuniga etgandi.

2001 yil 19 avgustida "Anji" - CSKA uchrashuvida Rossiya futbolidagi eng yomon to'qnashuv sodir etilgan. 75-daqiqada mezbonlar hujumchisi Budun Budunov havodagi to'pga qarab sakragandi, CSKA posboni Perxun ham to'p sari intilgandi. Futbolchilar to'qnashib ketishgandi. Sergey o'yinni oxirigacha o'ynagandi. Ammo o'yindan so'ng aeroport ketayotganida komaga tushib qolgandi. 29 avgustda Perxun vafot etgandi. SHifokorlar uning bosh miyasi shikastlanganini aniqlashgandi.

"Reding" va "CHelsi" o'rtasidagi o'yin boshida mezbonlar vakili Stiv Xant yuqori tezlikda "aristokratlar" posboni bilan to'qnashib ketgandi. CHex 8 daqiqa davomida maydonda qimirlamay yotdi. O'sha to'qnashuvdan so'ng posbonning bosh chanog'i singan va miyasi chayqalgandi. SHifokorlar CHex 1 yil davolanishini taxmin qilishgandi, biroq 4 oydan so'ng u maydonga qaytgandi.

"Arsenal" yarim himoyachisi Aron Remzi 2010 yil "Stok Siti" bilan o'yinda jarohat olgandi. Uelslik futbolchi "Stok" himoyachisi Rayon SHoukross bilan 68-daqiqada to'qnashib ketgandi. Natijada Remzining ikkita suyagi sinib ketgandi. Futbolchi 8 oy davomida davolanib maydonga qaytdi. Takidlash lozimki SHoukross o'sha vaziyatda qizil kartochka olib ko'zida yosh bilan maydonni tark etgandi.

JCH-2006 arafasida Franciya Xitoy bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandi. 10-daqiqada francuzlar hujumchisi raqib sardori bilan to'qnashuv natijasida juda og'ir jarohat olgandi. Ushbu jarohat tufayli Jibril mundialga ham bora olmagandi va 6 oy davolangandi.

2006 yil 19 fevralida "Roma" - "Empoli" uchrashuvida rimliklar sardori jiddiy jarohat olgandi: to'pig' va tizza osti suyaklarning sinishi. Franchesko bir yil futbol o'ynay olamsligi taxmin qilingandi. Italiyalik shifokorlarning say-harakati natijasida "imperator" 4 oy deganda yana yashil maydonga qaytgandi.

"Anderlext" va "Standart" o'rtasidagi o'yinning 25-daqiqasida Aksel Vitsel va Marcin Vasilevski to'qnashib ketishgandi. Vitsel to'pga eta olmagan va raqib ustidan sakrab o'tishga urindi, biroq kutilmaganda Vasilevskining oyog'ini bosib oldi. Natijada Polsha terma jamoasi azosining suyagi ochiq singandi. Vitsel esa 10ta o'yinga diskvalifikaciya qilingandi.
 

2006 yil oktyabr oyida Daniya chempionatida "Viborg" safida o'ynagan Yakob Olsen jiddiy jarohat olgandi. Davolanish 6 oy davom etgan. Hozir futbolchi Daniya ikkinchi ligasida "Alleryod" sharafini himoya qilmoqda. 

Manba : championat.asia

O'qildi: 1437 | Kiritdi: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 7
avatar
7 3-2_3-2 • 18:39, 09-Noy-15
blaaaaaaaaaaa
avatar
6 Arshavin • 18:06, 08-Noy-15
futbol uynash oxirgi paytlarda qurtqibchilik bulib qoldi buni futbolchilar uzlari aytishadiyu og'ir jarohadlardan keyin...
avatar
5 Arslantica01 • 15:23, 08-Noy-15
Uboyniy futbol deb wuni aytiwsa kere.
avatar
0
4 @rSeNaL_^ • 14:45, 08-Noy-15
blll eeeee jarohatlar vashe qo'rqinchilyuu
avatar
3 El-Capitann • 13:05, 08-Noy-15
Uxxxx :(
avatar
0
2 alexis_sanches • 10:55, 08-Noy-15
1
avatar
0
1 Emirates_Star • 10:09, 08-Noy-15
vk1 vk9 afc hide
omForm">
avatar