Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 7
Mehmonlar: 7
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2015 » Avgust » 28 » Futbol afsonasi:Uchmas Golland-Dennis Bergkamp
13:12
Futbol afsonasi:Uchmas Golland-Dennis Bergkamp
1969 yil 10 may kuni Gollandiyaning
Amsterdam shahrida tavallud topgan
chaqaloqqa otasi Dennis deb ism
qo'yadi.
Uning otasi mashhur shotlandiyalik
futbolchi, "MYU" sharafini himoya qilgan Denis Louning ishqibozi edi.
Aynan uning sharafiga o'g'liga Dennis
deb ism qo'yadi. Gollandiyada Denis
ayollar ismi bo'lgani uchun o'g'lining
otiga yana bitta “n” harfini qo'shib
qo'yadi. Aytish joizki, Dennis Bergkamp shon-shuhrat borasida
Loudan kam bo'lmadi. Malumot uchun: To'liq ismi: Dennis Nikolas Mariya Bergkamp
1969 yil 10 mayda tug'ilgan Fuqaroligi: Gollandiya Bo'yi: 183 sm Ampluasi: hujumchi Laqabi: Uchmas golland 12 yoshida "Ayaks" futbol maktabiga
borgan futbolchining iqtidori juda
yuqori edi. 17 yoshda bosh jamoada
debyut uchrashuvini o'tkazadi. Bo'lib
ham Gollandiya chempionatida emas,
Kubok egalari kubogida "Malme"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan
Bergkamp ko'p o'tmay sovrin sohibi
bo'ladi. Bergkamp hujum ortida to'p tepardi.
Uning o'yinlarini ko'rgan muxlislar
yaxshi eslaydilar, ajabtovur gollar
urish bilan birga, qiyin vaziyatda
hujumdagi jamoadoshiga aniq golli
pas berardi. Bu Gollandiya terma jamoasining murabbiylarini ham
nazaridan chetda qolmadi. 21 yoshida
MTJdan chaqiruv oldi. 1990 yil
noyabrida Greciyaga qarshi o'yinda
gol ham urdi. Terma jamoadagi
faoliyati uzoq davom etmagan. Bor yo'g'i 10 yil. Aslida undan ham ko'p
o'ynashi mumkin edi. Ammo muhim
paytlarda safar o'yinlariga bora
olmasdi. Samolyotda uchishdan
qo'rqadigan Bergkamp terma jamoa
sharafini 79 o'yinda himoya qilib, 37ta gol urgan. 1986 - 1993 yillar oralig'ida
"Ayaks" libosini 185ta uchrashuvda
kiyadi va 103ta gol uradi. 1992 yil
"Ayaks" UEFA Kubogi finalida
"Torino"ni mag'lub etadi. Bergkamp
esa faoliyatidagi dastlabki "Evro"da ishtirok etish uchun SHveciyaga yo'l
oladi. Evro-92ga Gollandiya amaldagi g'olib
sifatida tashrif buyuradi. Tarkibdagi
yulduzlar ham deyarli o'zgarmagan.
Marko van Basten, Ruud Gullit va
Frank Raykaard qatoridan joy olgan
qahramonimiz SHveciyaga qarshi bahsda xet-trikka erishadi. Guruhdan
chiqqan jamoa, keyinchalik chempion
bo'lgan Daniyaga imkoniyatni boy
beradi. Tez orada "Barselona", "Yuventus",
"Milan" va "Inter" "Ayaks"ga jiddiy
takliflar bilan chiqa boshlaydilar.
Futbolchilarni sotish bilan bilan kun
kechiradigan gollandlar, Bergkamni
"Inter"ga pullaydilar. Garchand u erda ikkinchi marotaba UEFA Kubogini
qo'lga kiritgan bo'lsa-da, Dennis o'zini
begonadek his qiladi. Lekin unga hayot "Arsenal"da katta
omadni taqdim etadi. 1995 yili Laondon
klubi bilan shartnoma imzolagan
Dennis u erda 10ta mavsumni
o'tkazadi. Uning Ian Rayt bilan
tandemi premer liga tarixidagi eng sermahsuli bo'lgan. Keyin Terri Anri
uning hujumdagi sherigi bo'ldi. Bu
futbolchi haqida ortiqcha gapirib
o'tirish kerak emas. Uning hayotdagi
eng yaqin do'sti Mark Overmars. U
bilan ham "Arsenal"da uzoq mavsum to'p tepgan. Hattoki OAV Overmars
faqat Bergkampga pas oshiradi deya
ko'plab tanqidlarni bosib chiqqandi. "Arsenal"da futbolchi 3 marta Angliya
chempionligini qo'lga kiritadi. Angliya
Kubogida esa 4 marta zafar quchadi.
Haqli ravishda "Arsenal" tarixidagi
eng yaxshi ikkinchi futbolchi nomiga
sazovor bo'lgan Dennis 2011 yildan beri Frank de Burga "Ayaks"da
assistentlik qilib kelyapti. Aslida unga
Venger jamoada skaut bo'lib ishlashni
taklif qilgandi. Ammo Bergkamp
samolyotda uchishdan qo'rqardi.
Buning sababi bor edi. 1989 yili u chiqishi lozim bo'lgan samolyot
aviahalokatga uchraydi. Uning bortida
do'sti ham bor edi. Tasodif tufayli
uchmay qolgan Dennis 1994 yili
Gollandiya terma jamoasi AQSHdagi
JCHga uchib ketayotganida bortdan o'rin olgan jurnalistlardan biri
sumkasida bomba borligini aytib,
Dennisni qo'rqitadi. SHundan keyin 4
yil avvalgi yarasi tirnalgan hujumchi
qaytib samolyot bortiga chiqmaslikka
ahd qiladi. "Bu mening muammoim va u bilan
yashashga majburman. Menga ruhiy
yordam kerak. Gollandiya terma
jamoasi va "Arsenal" bilan ikki yildan
beri samolyotda uchmayman va ular
meni tushunishyapti. Uchish meni vahimaga soladi", - degandi
Bergkamp.
O'qildi: 1327 | Kiritdi: Arsenal49 | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 8
avatar
8 Bergkamp • 22:54, 28-Avg-15
Kimdir: "Bergkamp chiroyli gol urishni yoqtirmaganida sermahsullik borasida unga hech kim yetolmasdi" deganakan
avatar
7 Bergkamp • 22:48, 28-Avg-15
Iltimosimni yerda qoldirmaganizdan minnatdorman. Bergkamp eng chiroyli gollaridan birini nyukaslga urgandi. Ertaga o'yinchilardan shunday gollar va g'alaba kutamiz
avatar
6 Bergkamp1325 • 14:30, 28-Avg-15
Arsenalda eng chiroyli goli Bergkamp urgan.bunga wupxa yo'
avatar
0
5 ARSENCHIK • 14:19, 28-Avg-15
Bunaqangi futbolchilar qayta dunyoga kelmasa kere
avatar
4 Arsenal_real • 13:43, 28-Avg-15
Wunday qilib Cavani ham Arsenalga kelmaydigan bo'ldimi?
avatar
3 El_fanatico_de_Arsenal • 13:34, 28-Avg-15
Bu oyinchi uchmasayam uchadigon gallandlardan zor oynardi berkampdi trener qilib olib keliw kere hozir ayaksda yordamchi murabbiy bolib iwlayapdimi
avatar
2 Love_Gunner • 13:25, 28-Avg-15
Bunday futbolchilarimiz bilan faxrlanishimiz kerak!
Admin bunday maroqli loyihalarni sizdan yana kutib qolamiz! Raxmat
avatar
1 the_best • 13:24, 28-Avg-15
Нима булганда хам Сен уша маглубиятсиз давом этган бутун мавсумда иштирок этгансан ва уша таркибни асосий уйинчиси эдинг. Хозирча бу натижани хеч ким такрорлай олмаяпти. Демак сизлар тарихга кирдингиз.
omForm">
avatar