Sayt xaritasi
Anons
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 131
Mehmonlar: 131
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2527
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2016 » Iyun » 11 » Fransiya 2:1 Ruminiya. Uchrashuvdan fotomaqola
05:00
Fransiya 2:1 Ruminiya. Uchrashuvdan fotomaqola
Nihoyat barchamiz kutgan Yevropa Kubogi start oldi. Biz ushbu chempionatning ochilish o‘yinidan o‘rin olgan Fransiya 2:1 Ruminiya bahsidan fotomaqolani sizlarga taqdim etamiz.

Demak, boshladik.



Stade de Fransda ochilish marosimi bo‘lib o‘tayotgan lavha.



Aynan shu marosimning eng yorqin ko‘rinishi, ajoyib muhit, ajoyib dekoratsiya. Chempionat uchun barcha narsa shay holatda.



"Liverpul" himoyachisi va Fransiya terma jamoasidan qolib ketgan Mamadu Sako o‘yinni kuzatish uchun stadionga tashrif buyurdi.



Uchrashuv uchun chiqazilgan chipta aynan mana shunday ko‘rinishda edi.



David Guetta va Zata Larsson birgalikda Yevro 2016 madhiyasini kuylashdi.



Vanihoyat ikki jamoaning boshlang‘ich tarkibi ma‘lum bo‘ldi.



Stadionda dastlab Ruminiya madhiyasi yangramoqda...



Keyin esa turnir mezboni va favoriti Fransiya madhiyasi jo‘rlikda kuylanmoqda.



O‘yin boshlandi va undagi birinchi golga tortadigan vaziyat kutilmaganda mehmonlar Ruminiya tomonidan amalga oshirildi. Stanku yaqin masofadan darvozani aniq nishonga olgan vaziyatda Ugo Lyoris Fransiyani muqarrar goldan hamda daxshatli startdan qutqarib qoldi.



Oradan ko‘p o‘tmay fransuzlar hujumchisi Antuan Grizman ruminlar xujumiga javob yo‘lladi. Uning bosh bilan bergan zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Xisob 0:0.



Odil Rami har bir qarichda to‘p uchun jonini berib kurashdi.



"Lester ertagi" qahramonlaridan biri Ngolo Kante terma jamoadagi o‘zining datlabki rasmiy uchrashuvida yomon harakat qilmadi.



"Vest Xem" futbolchisi Dimitri Paye jamoadoshi Pogbaning ajoyib to‘p uzatishiga yeta olmayapti.



O‘yinning 32-daqiqasida Ruminiya sardori Vlad Kirikesh nafaqat o‘yindagi, balki turnirdagi dastlabki sariq kartochkani oldi va tarixda qoldi.



Fransiyalik muhlislar terma jamoasini tinimsiz ravishda qo‘llab quvvatladi.



Birinchi bo‘lim biroz Fransiya ustunligi ostida o‘tdi. Ammo ular taym oxiriga qadar imkoniyatlardan foydalana olmadi.



Shunday qilib birinchi bo‘limdan so‘ng xisob ochilmadi, 0:0.



Birinchi bo‘lim statistkasi.



Fransiya muhlisasi o‘z hamyurtlaridan ikkinchi bo‘limda yahshiroq o‘yin kutmoqda.



Ikkinchi bo‘lim ham xuddi birinchisi singari ruminlar ustunligi ostida boshlandi. Yana o‘sha Stanku qulay vaziyatni ko‘kka sovurdi.



O‘yinning 58-daqiqasida vanihoyat o‘yin va musobaqadagi dastlabki gol kiritildi. Baland bo‘yli, ikkinchi qavat ustasi Oliver Jiru sherigi Payening uzatmasi va raqib posboni Tatareshanuning xatosidan unumli foydalandi.



Ha, fransuzlar o‘zlarida yo‘q xursand edilar, biroq...



Biroq oradan yetti daqiqa o‘tganidan so‘ng, Evra o‘z jarima maydoni ichida qo‘pollik ishlatdi. Vengriyalik hakam Viktor Kashshai biroz o‘ylanib olganidan so‘ng 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi.



Nihoyat Stanku o‘z maqsadiga erishdi. Darvoqe, u ushbu musobaqadagi datlabki penaltidan urilgan gol muallifiga aylandi.



Ruminlarning shijoatiga qoyil qolsa arziydi.



O‘yinning asosiy vaqti tugashiga bir daqiqa qolganida uchrashuvning eng faol futbolchisi Dimirti Paye Fransiyaga muhim 3 ochko keltiruvchi "shedevr" gol muallifiga aylandi.



Payening goli turnirning bezagiga aylanishi hech gap emas.



O‘yinni sharhlab borayotgan Terri Anrining aynan Peye tomonidan urilgan goldan so‘ngi munosabati.



Ushbu futbolchi xalqning olqishiga sazovor bo‘ldi. Paye maydonni tark eta turib ko‘z yoshlarini tiya olmadi.



Shunday qilib Yevro 2016ning dastlabki futbol spektakli o‘z poyoniga yetdi. Unda Fransiya bir amallab Ruminiyani yenga oldi.



Ochilish o‘yinining murosasiz va qiziqarli o‘tishiga sababchi bo‘lgan Ruminiyaliklarga tashakkur aytish lozim. Ular mag‘lubiyatga haqli emas edilar...



Dimirti Paye o‘yinning eng yahshi futbolchisi deb topilishi aniq edi.



Ikkinchi bo‘limdan so‘ng statistika yuqoridagicha bo‘ldi.

FirdavsMajitov tayyorladi. E‘tiboringiz uchun rahmat.
O'qildi: 946 | Kiritdi: FM8 | Reyting: 0.0/0
Вarcha fikrlar: 2
avatar
2 ARSHAVIN • 20:44, 11-Iyun-16
shunday foto lavha kutib olamiz omad...
avatar
0
1 ARSENCHIK • 08:37, 11-Iyun-16
Gap yo raxmat
omForm">
avatar