07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
14:52 "Arsenal" klubining mashhur muhlislari (1-qism) | |
Bugun sizlarga sevimli klubimiz "Arsenal"ga muhlislik qiladigan mashhur insonlarni tanishtiramiz. Ular juda ko‘pchilikni tashkil etgani bois, ushbu maqolani qismlarga bo‘lib chiqazishga qaror qildik. Demak, 1-qismni e‘tiboringizga havola etamiz Qirolicha Yelizaveta II ![]() 1952-yildan beri Buyuk Britaniyaning qirolichasi sifatida umr o‘tkazayotgan Yelizaveta II "Arsenal"ning dunyodagi eng mashhur muhlisasi hisoblanadi. U "Arsenal"ga anchadan beri muhlislik qilishini aytib kelgan. Qirolicha Yelizaveta II "Arsenal"ning so‘nggi bor chempion bo‘lganida shaxsan o‘zi klubni tabriklagan. Britaniya qirolichasining "Arsenal"ga qiziqishi klubning sobiq futbolchisi Denis Kompton sabab yuzaga kelgan. Aynan uning harakatlaridan hayratga tushgan Yelizaveta II "kanonirlar"ning xaqiqiy ishqiboziga aylanadi. Yelizaveta II hattoki "Arsenal" sobiq futbolchisi Fransesk Fabregas bilan uchrashuv ham o‘tkazgan. Usama ben Laden ![]() Al-Qoida nomli terrorchi harakatining asoschisi Usama ben Muhammad ben Avad ben Laden 1990-yillarda Londonga uyushtirilgan hujum paytida "Arsenal" klubini yoqtirib qolganligi aytilgan. Hattoki uni bir necha bor Emireytsda futbol tomosha qilayotganligiga ham guvoh bo‘lganligi aytilgan. Ushbu shaxs o‘zining o‘g‘liga "Arsenal" afsonalaridan biri Yan Raytning futbolkasini sovg‘a qilgan. Garri Rednapp ![]() Taniqli murabbiy Garri Rednapp ham aynan "Arsenal" ishqibozi hisoblanadi. U "Tottemxem"da ishlagan paytida bu narsani inkor etmagan va shunday degandi: "Ha men xaqiqatdan "Arsenal" muhlisiman. Sababi otam va akam ushbu klubga muhlislik qilishgan va kichkinaligimdan ushbu jamoa o‘yinini kuzatib kelganman. Shunday ekan bolalikdagi jamoam "Arsenal" hisoblanadi. Tim Shervud ![]() Yana bir "Tottenxem" sobiq ustozi Tim Shervud ham "to‘pchilar"ning muhlisi hisoblanadi. U ham xuddi Garri Rednapp kabi buni tan olgan. "Men yoshligimda "Arsenal"ning ashaddiy muhlisi edim. Otam har hafta ushbu klubning o‘yinini kuzatish uchun stadionga borar edi. Aynan ular bilan men ham bir necha bor futbol ko‘rganman. Emireytsda haligacha ajoyib muhit hukm suradi". Lyuis Xemilton ![]() Avtopoyga bo‘yicha ikki karra Jahon chempioni Lyuis Xemilton ham "Arsenal"ning yulduzli muhlisidir. Britaniyalik poygachi 2014-yil "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan keyin shunday degan edi: "Men "Arsenal"ga besh yildan beri muhlislik qilib kelaman. Bugun jamoa ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Ushbu klubda Yan Rayt kabi taniqli futbolchilar o‘ynagan. Umid qilamanki "Arsenal" yaqin yillar ichida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritadi". Xemilton bir necha bor Emireytsga tashrif buyurib "kanonirlar"ning bahsini kuzatgan. U klubdan Teo Uolkott bilan yahshi tanish. Endi Marrey ![]() Tennis bo‘yicha Olimpiada chempioni va undan tashqari bir necha sovrinlar sohibi angliyalik Endi Marrey ham "to‘pchilar"ga befarq emas. U o‘z intervyularining birida Arsen Vengerni hurmat qilishini va u boshchiligidagi "Arsenal"ning xaqiqiy muhlisi ekanligini aytib o‘tgan. Marrey bir necha bor "kanonirlar"ning o‘yinini bevosita stadiondan kuzatib borgan. David Rudisha Keniyalik yengil atletikachi, 800 metr masofaga yugurish bo‘yicha yetakchi David Lekuta Rudisha ham aynan biz muhlislik qiladigan klubga ishqiboz. "Keniyada "Arsenal" degan nom o‘ta mashhur. Vatanimda bu klubning ishqibozlari juda ko‘p. Men esa 16 yoshimdan beri "kanonir"man", - deydi Rudisha. Mo Farah ![]() Yana bir yengil atletika ustasi britaniylik Mo Farah boshqalarga nisbatan ushbu klubning xaqiqiy jonkuyar muhlisi. 2012-yilgi Olimpiada chempioni Farah bir necha bor "Arsenal" bilan mashg‘ulot o‘tkazgan. Ba‘zida esa professional futbolchilar bilan qo‘shilib futbol ham o‘ynaydi. "Meni yoshligimda jismoniy tarbiya o‘qituvchim tezligimni inobatga olib hujumda o‘ynatar edi. Esimda qo‘shnilarim bilan kichikligimda birgalikda "Arsenal" o‘yinlarini kuzatar edik. Ularga bir kun kelib "Arsenal"ning hujumchisi bo‘laman deb aytar edim. Lekin taqdir meni boshqa sport turiga boshlab bordi. Bundan xafa emasman. Har holda baribir "Arsenal" hujumchisiman", - deydi Farah o‘rtoqlik o‘yinida "kanonirlar" safida to‘p surganidan so‘ng. Davomi bor. Keyingi qismda "Arsenal"ning mashhur san‘atkor muhlislari haqida ma‘lumot beramiz. Muallif: Firdavs Majitov Manba: Arsaman.uz | |
O'qildi: 1173 | Kiritdi: FM8 | Reyting: 0.0/0 |
Вarcha fikrlar: 8 | |
| |