07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
18:58 Arsen Venger haqida 10 haqiqat | |
1 oktyabr kuni “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger klubda faoliyatini boshlaganiga 19 yil bo`ldi. Biz shu munosabat bilan janob Vengerning hayotiga qisqacha nazar solib o`tishga qaror qildik. 1. Tuғilgan yili, joyi To`liq ism-sharifi Arsen Charlz Ernest Venger bo`lib, u 1949 yil 22 oktyabr kuni Fransiyaning Strasburg shahrida tavallud topgan. 2. Oilasi Otasi Alfons Venger Strasburgda avtomobillarning ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvchi shaxobcha egasi bo`lgan. Alfons futbolning ashaddiy ishqibozlaridan biri edi. Onasi Luiza “La Croix d’or” deb ataluvchi kichik kafeda ish yuritgan. Arsen oilada kenja farzand edi. Uning akasi va opasi bor. 3. Talabalik yillari Arsen 1974 yilda Strasburg universitetining muhandislik fakultetini bitirgan. U o`qib yurib Fransiyaning “Perro Voban” jamoasi sharafini himoya qilgan. 4. Professor Janob Venger Iqtisodiyot fanlari magistri ilmiy darajasiga ega. U Ona tilidan tashqari yana ingliz, nemis, italyan, ispan hamda yapon tillarida so`zlasha oladi. Klubda uni Professor deyishadi. 5. Turmush o`rtoғi Arsen sobiq basketbolchi Anni Brosterxauz bilan oila qurgan. Ularning yagona farzandlari bor. Lea ismli qizaloq 1997 yilda dunyoga kelgan va u hozir 18 yoshni qarshi olgan. 6. Kumirlari Vengerning futboldagi kumirlari futbol qiroli Pele va Fransiya futboli faxrlaridan biri Raymon Kopa bo`lgan. 7. Futbolchilik faoliyati Arsen Venger futbolchilik faoliyati davomida unchalik mashhurlikka erishmagan. U 1969-1981 yillar davomida “Myuluz”, “Perro Voban” va “Strasbur” jamoalari tarkibida to`p surgan. Futbolchi sifatida jami 80 ta uchrashuvda maydonga tushib 6 ta gol urgan xolos. Fransiya chempionatida esa bor yoғi 11 ta o`yinda ishtirok etgan. 8. Murabbiylik faoliyati Janob Vengerning murabbiylikda omadi keldi. U 1984-1987 yillarda “Nansi”, 1987-1994 yillarda “Monako” jamoalarini boshqardi. 1994-1996 yillari esa Yaponiyaning “Nagoya Grampus” klubida murabbiylik qilgan bo`lsa, 1996 yilning 1 oktyabridan “Arsenal” klubiga ustozlik qilib kelmoqda. Venger hozirga qadar 1512 ta uchrashuvda jamoasiga murabbiylik qilib, 820 ta ғalabani qo`lga kiritgan. Shuningdek uning jamoalari 359 bora imkoniyatni boy berib, 333 marta murosa ko`chasini tanlashgan. Arsen “Arsenal” murabbiyi sifatida 1076 ta o`yinda ishtirok etgan. 9. Jamoaviy yutqulari Arsen Venger murabbiy sifatida 20 ta triumfga erishgan. U “Strasbur” va “Monako” jamoalarini bir martadan Fransiya chempioni qilgan. Shuningdek knyazliklar bilan Fransiya kubogida muvaffaqiyat qozondi. Yapon klubini esa Imperator kubogi va Yaponiya superkubogida ғoliblik shoxsupasi sari etaklagan. Uning eng omadli ish joyi shubhasiz “Arsenal” bo`ldi. U “Kanonirlar” bilan 3 bora Angliya Premer ligasida, 6 martadan Angliya kubogi va superkubogida zafar quchdi! 10. Shaxsiy sovrinlar Vengerning shaxsiy sovrinlari ham ancha salmoqli. U 1995 yilda Yaponiya Jey-Ligasining eng yaxshi murabbiyi bo`ldi. 14 marta Angliya Premer ligasida oyning, 3 bora esa yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi. 2000, 2002, 2003 va 2004 yillarda Evropaning eng yaxshi murabbiyi sovrini ham aynan qahramonimizga nasib etdi. U shuningdek “France Football” versiyasi bo`yicha 2008-yili Fransiyaning, IFFHS versiyasi bo`yicha XXI asrning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. | |
O'qildi: 1258 | Kiritdi: alexis_sanches | Reyting: 0.0/0 |
Вarcha fikrlar: 4 | |
| |