07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
16:33 APL 5-tur xaqida batafsil ma'lumot (5-tur prevyu) | |
APL, 5-tur. PREVYu Bugun Angliya premer ligasining 5-turiga start beriladi. Ushbu turda bizni qanday qarama-qarshiliklar kutib turganini ko‘rib chiqamiz. KPR – “Stok Siti” 20 sentyabr, shanba, “Loftus Roud”, 16:45, hakam: Martin Atkinson Xarri Rednapp boshchiligidagi KPR APLda juda yomon start oldi, dastlabki to‘rtta o‘yinning uchtasida mag‘lubiyat alami totib ko‘rildi. Bu turda esa klub o‘z muxlislari qarshisida ochko olishga majbur. O‘z navbatida “Stok Siti”ga ham “omadsiz start olgan jamoa” tamg‘asini bosishimiz mumkin edi, lekin ularning uchinchi turda “Manchester Siti”ni safarda mag‘lub etib qaytishgani bunga imkon bermaydi. Quyi o‘rinlarda borayotgan jamoalar bahsida imkoniyatlarni teng deb baxolash mumkin. Jarohat olganlar: Forlin – Kemeron, Odemvingi So‘roq ostida: Match, Taarabt, Vargas, Barton – Uolters, Ayrlend, Arnautovich “Aston Villa” – “Arsenal” Shanba, “Villa Park”, 19:00, hakam: Mayk Jons Pol Lambert qo‘l ostidagi “Villa” o‘tgan turda “Liverpul”ni mag‘lub etib, bu mavsum hazillashmayotganini ko‘rsatib qo‘ydi. “Arsenal” esa APL doirasida so‘nggi uchta o‘yinni durang bilan yakunladi va peshqadamni o‘zidan 6 ochko oldinga o‘tkazib yubordi. Seshanba kuni Chempionlar ligasining birinchi turida “Borussiya”ga imkoniyat boy berildi. Xullas, Venger shogirdlarining g‘alabasiz seriyalari to‘rttaga yetdi. Jarohat olganlar: Benteke, Kozak – Monreal, Sanogo, Debyushi, Jiru, Gnabri, Uolkott So‘roq ostida: Vlaar – Uilshir, Chambers. “Suonsi” – “Sautgempton” Shanba, “Liberti Stedium”, 19:00, hakam: Jonatan Moss Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan jamoalar bahsi. Bu klublar uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalarda borishmoqda, mavsum avvalidagi oqilona transfer siyosati va murabbiy tayinlashdagi to‘g‘ri tanlov har ikki jamoaning muvaffaqiyatlariga bosh omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Mezbonlar bu mavsum uy uchrashuvlarining barchasida g‘alaba qozonishgan. Jarohat olganlar: Britton, Amat, Donnelli – Rodriges, Gallaxer So‘roq ostida: Long (Sautgempton) “Vest Xem” – “Liverpul” Shanba, “Apton Park”, 21:30, hakam: Kreyg Pauson Sem Allardays shogirdlari o‘z maydonlaridagi oxirgi uchta bellashuvda yengilishgan, o‘z navbatida “Liverpul” ham so‘nggi turda “Aston Villa”ga yutqazib qo‘ygan edi. Bu kurashda Brendan Rodjers shogirdlari favorit. Jarohat olganlar: Jarvis, Kerroll, Nolan, O`Brayen – Starrij, Allen, Jan, Jonson, Flanagan So‘roq ostida: Kollinz (“Vest Xem”) “Tottenxem” – “Vest Bromvich” Yakshanba, “Uayt Xart Leyn”, 17:30, hakam: Kevin Frend Mehmonlar mana uch o‘yindirki, raqiblari darvozasiga yo‘l topa olmayaptilar, “Vest Bromvich” 30 yildan buyon “Uayt Xart Leyn”da g‘alaba qozona olmagan, ular APLda 13 o‘yindirki yutuqqa erisha olishmayapti. Bu o‘yinda “Shporlar” yaqqol favorit. Jarohat olganlar: Uoker (“Tottenxem”) So‘roq ostida: Taunsend (“Tottenxem”) “Lester” – “Manchester Yunayted” Yakshanba, “King Power Stadium”, 17:30, hakam: Mark Klattenburg Lui Van Gal jamoasining avvalgi turda KPR ustidan qozongan g‘alabasidan keyin ko‘pchilik MYuning o‘ziga kelib olganiga va buyog‘iga g‘alabalar davomli bo‘lishiga ishonmoqda. “Lester” esa bu mavsum faqatgina “Chelsi”ga yutqazdi holos. Mezbonlarning mustahkam himoyasi mehmonlarning “qo‘rqinchli” hujum chizig‘iga qarshi turib bera olarmikin. Buni ertaga bilib olamiz. Jarohat olganlar: Apson – Karrik, Jonston, Fellaini, Lingard, Jons, Yang So‘roq ostida: Shmayxel (Lester) “Manchester Siti” – “Chelsi” Yakshanba, “Etixad stedium”, 20:00, hakam: Mayk Din Nafaqat turning, balki birinchi davraning eng asosiy o‘yinlaridan. Birinchisi amaldagi chempion bo‘lsa, ikkinchi ayni paytda turnir jadvalini boshqarib bormoqda. “Chelsi” ochko yo‘qotmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. “Siti”ning o‘tgan mavsumdagi yetakchisi Yaya Ture hali o‘z formasini tiklab olganicha yo‘q. Mourino jamoasida esa Azar-Fabregas- Kosta uchligi istalgan klub qo‘rg‘onini yorib o‘tmoqda. Diyego Kosta to‘rtta o‘yinda yettita gol urgan holda to‘purarlik qilmoqda. “Siti” shu mavsumning o‘zida uy uchrashuvini boy berib ulgurdi, uchinchi turda “Stok Siti” bilan kechgan bahsda Pellegrini shogirdlari ilk mag‘lubiyatni qabul qilib olishgan edi. Jarohat olganlar: Fernando, Yovetich (“Manchester Siti”) Bundan tashqari, yana uchta uchrashuv bizni kutib turibdi. “Bernli” – “Sanderlend” Shanba, “Terf Mur”, 19:00, hakam: Entoni Teylor Jarohat olganlar: Inz, Teylor, Vouks (“Bernli”) “Nyukasl” – “Xall Siti” Shanba, “Sent-Jeyms Park”, 19:00, hakam: Nil Svorbrik Jarohat olganlar: Ferreyra, Santon, Sisse, R.Teylor, De Yong, Aarons – Snodgrass So‘roq ostida: Ernandes, Robertson (“Xall Siti”) “Everton” – “Kristal Pelas” Yakshanba, “Gudison Park”, 20:00, hakam: Shon Bennett Jarohat olganlar: Kone, Ovedo, Barkli – Shamax So‘roq ostida: Piyenaar – Ledli Tolibjon Qosimov Manba: championat.asia | |
O'qildi: 900 | Kiritdi: Fly_Emirates_111 | Reyting: 0.0/0 |
Вarcha fikrlar: 3 | |
![]() Тожикни каналидан оберармикан билмисиларми
![]() Arsaga omad galabali uyinlarimiz bowlanadi xudo xolasa
| |