07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
13:07 APL 2014/2015 tahlili. 1-qism !!! | |
Salom fanatdoshlar! Biz miriqib tomosha qilgan APL 2014/2015 mavsum ham o'z nihoyasiga yetdi. Umuman olganda mavsum ajoyib kechdi. Unda bizning sevimli klubimiz 3- o'rinni band qilishdi. Endi esa mavsumni to'liq tahlil qilamiz.
Demak 1- tur !!! Arsenal vs Cristal Pelas. Arsenal o'z maydonida Cristal Pelasni qabul qildi. Yozgi transferda o'z tarkibini kuchaytirgan Arsenal uyda 2-1 hisobida g'alaba qozondi. Datlabki golni o'z darvozasidan olib chiqqan kanonirlar, Koselni va Remsilarni goli evaziga 3 ochkoni qo'lga kiritishadi. 2- tur !!! Everton vs Arsenal. Uchrashuv janggovor durang bilan yakunlanadi. Avvaliga Kolman va Naysmitlar Arsenal darvozasiga gol kiritishadi 2-0. O'yin tugashiga 7 daqiqa qolganda Remsi hisobni qisqartiradi. 89- daqiqaga kelib Olivye Jiru uchrashuvda hisobni tenglashtiradi 2-2. 3-tur !!! Lester vs Arsenal. Arsenal 3-turda ham mehmonda o'ynaydi. Bir qarashda Arsenal Lesterni osonlik bilan taslim qilishi kerakdek. Ammo yakun bunday bo'lmaydi. Yana durang. Klubga yangi kelgan Sanche o'zining APL dagi debyut golini Lester darvozasiga kiritadi. Ammo bu golga Lester futbolchisi Ulloa javob qaytaradi 1-1. O'yin huddi shu hisob bilan yakunlanadi. 4-tur !!! Arsenal vs Man Siti. Durang davom etadi. O'z maydonida Man Sitini qabul qilgan Arsenal durangli seriyani yana davom ettiradi. Shaharliklar hujumchisi Aguero dastlabki gol muallifiga aylanadi. 63- daqiqada Arsenal ajoyib kombinatsiya uyushtiradi va bunga Jek Uilsher ajoyib gol bilan nuqta qo'yadi. Ingliz futbolchisiga hechkim qarshilik qila olmaydi. Oradan 11 daqiqa o'tib Uilsher endi bosh bilan to'pni Sanchesga oshiradi. Sanches esa to'pni to'xtatib ham o'tirmay darvozani olis burchagiga joylab qo'yadi 2-1. Afsuski Arsenal shu hisobni ushlab qola olmaydi. Himoyachi Demikelis hiobni tenglashtiruvchi golni kiritadi. 5-tur !!! Aston Villa vs Arsenal. Nihoyat Arsenaldan yirik g'alaba. 1 yil oldin shu vazifani Aston Villa bajargan edi. Ya'ni Arsenal darvozasiga mehmonda 3 ta gol kiritgan. Bu mavsum bu ishni Arsenal bajardi. Ozil va Uelbek 1 tadan gol kiritib Arsenalni 2-0 hisobida oldinga olib chiqishsa, raqib himoyachisi Arsenalga gol kiritishda biroz yordam berib yuboradi 3-0. 6-tur !!! Arsenal vs Tottenham. Arsenal yirik g'alabadan keyin yana bir bor durang qayd etadi. O'z maydonida Tottenhamni qbul qilgan Arsenal, raqibi nengishni uddalay olmaydi. Derbida Shadli va Chemberlenlar o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishadi. 7-tur !!! Chelsi vs Arsenal. Juda katta qiziqishlarga sabab bo'lgan uchrashuv. Arsenalni sobiq futbolchisini o'z tarkibiga qo'shib olgan Chelsi London derbisida Arsenaldan ustun keldi. Dastlab raqiblarni birin-ketin aldab o'tayotgan Azarni Koselni jarima maydoni ichida qo'pollik bilan to'xtatadi va penalti belgilanadi. Azar bu imkoniyatdan to'lig'icha foydalanadi. Keyinchalik sobiq kanonir uzoq masofaga ajoyib to'p uzatishni amalga oshiradi va ajoyib imkoniyatga ega bo'lgan Kosta hisobni 2-0 ko'rinishiga olib keladi. Ucharshuda boshqa gol kiritilmaydi. Venger yana Movrinyoni yenga olmadi. 8-tur !!! Arsenalo vs Hall. Finaldagi hisob yana takrorlandi. Chelsidan uchralgan mag'lubiyatdan o'ziga kelib ulgurmagan Arsenal Emiratesda Hallni mag'lub eta olmadi. Sanche hisobni ochgan bo'lsa, Diame hisobni tenglashtirdi. Abel Ernandes gol kiritib Hallni hisobda oldinga olib chiqadi. Uchrashuvning 90- daqiqasida Uelbek gol kiritib Arsenalni mag'lubiyatdan qutqarib qoladi 2-2. 9-tur !!! Sanderlend vs Arsenal. Sanchesga atalgan kecha. Kanonirlar Sanderlend maydonida ajoyib o'yin o'tkazishadi. Himoyachining hatosidan unumli foydalanga Sanches darvozabon bilan birga bir chiqib gol kiritadi. Sanchesning 2- goliga esa bu gal darvozabon yordam beradi. 0-2 Sanchesning dubli. 10-tur !!! Arsenal vs Bernly. Kayfiyat ko'tarildi. Emiratesga tashrif buyurgan Bernly yirik mag'lubiyat bilan uyga qaytishdi. Juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'lgan Arsenal baribir gol kiritdi. Bu gal Sanches noodatiy usulda, ya'ni bosh bilan gol kiritdi. Uchrashuvni Arsenalning yosh himoyachisi Kalum Chembers ham golsiz tark etmadi. o'yinga esa Sanchesning o'zi nuqta qo'ydi 3-0. Sayt uchun ЛУЧШИЙ-КАНОНИР (admin) tayyorladi. | |
O'qildi: 967 | Kiritdi: ЛУЧШИЙ-КАНОНИР | Reyting: 0.0/0 |
Вarcha fikrlar: 2 | |
![]() 38 tur tahlilidan keyin iloji bölsa kubuk öyinlariniyam esleylik Ok
| |