07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Kun mavzusi
[268]
Kunning muhim xabarlari
|
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
09:27 | |
«MANCHESTER YUNAYTED» - «ARSENAL» Stadion «Old Trafford», Manchester. Premer Liga, 27-tur. Yakshanba, 28 fevral 2016 yil Boshlanish vaqti: 19:05 (O‘zb). JAMOLAR HOLATI «Manchester Yunayted» «Manchester Yunayted» tarkibida yo'qotishlar ko‘p. Antoni Marsyal Yevropa Ligasi doirasidagi «Midtyulland» ga qarshi kechadigan uchrashuv oldi mashg‘ulotida jarohat olgan va futbolchining qachon safga qaytishi so‘roq ostida. Jamoa lazaretida 14 futbolchi bor. Jamoaning asosiy o‘yinchilari David De Xea va Kris Smolling ham qachon safga qaytishlari noaniq. Diskvalifikatsiya: Yo‘q Jarohat olganlar: Shou, A. Valensiya, Darmian, Djons, Runi, Shvaynshtayger, Yang, U. Kin, Bortvik-Djekston, Fellaini, Yanuzay. So‘roq ostida: De Xea, Smolling, Marsyal. Manchester United (from): De Gea, Romero, Blind, Smalling, McNair, Rojo, Varela, Riley, Love, Schneiderlin, Herrera, Carrick, Lingard, Depay, A Pereira, Mata, Martial, Rashford. «Arsenal» Aleks Oksleyd Chemberlen Chempionlar Ligasida «Barselona» ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan. Himoyachi Paulista esa jarohatdan qutilib safga qaytishga yaqin turibdi. Diskvalifikatsiya: Yo‘q Jarohat olganlar: Rositski, Kasorla, Uilshir, Oksleyd - Chemberlen. So‘roq ostida: Paulista. Arsenal (from): Cech, Ospina, Monreal, Gibbs, Koscielny, Gabriel, Mertesacker, Bellerin, Chambers, Ramsey, Elneny, Coquelin, Flamini, Ozil, Reine-Adelaide, Iwobi, Sanchez, Campbell, Walcott, Welbeck, Giroud. JAMOA FORMALARI «Manchester Yunayted» So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): G‘―D―M―M―G‘―G‘ 5-o‘rin, 41 ochko. «Qizil iblislar» 26 turdan so‘ng 41ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda bormoqda. Bu jamoaning Premer Ligada ishtirok etayotgan vaqtdan buyon shu bosqichga qadar eng kam ochko jamg‘arishi. 26 tur mobaynida «Manchester Yunayted» raqib darvozasini 33 bora ishg‘ol qilgan xolos, faqatgina 1989/90 yilgi mavsumda jamoa xuddi shuncha o‘yinda 30 gol urgan edi. «Manchester Yunayted» ushbu mavsumda APL doiraidagi «Old Trafford» da bo‘lgan uchrashuvlarda 20 gol urgan, bu Premer Ligadagi eng past ko‘rsatkich. Van Gal boshchiligida jamoa APL doirasidagi so‘ngi 5 uchrashuvda London jamoalarini mag‘lubiyatga uchrata olmayapti, shulardan 4 tasida durang qayd etilgan. «Manchester Yunayted» jamoasi «Old Trafford» da APL doirasida 995 gol urishga erishgan. «Arsenal» So‘ngi 6 uchrashuv (barcha musobaqalarda): G‘-D-G‘-G‘-D-M 3-o‘rin, 51 ochko. Oktabrya oyi boshida APLda «Arsenal» mehmondagi 7 uchrashuvdan faqatgina 2 tasida g'alaba qozongan edi xolos (2 g‘alaba, 3 durang, 2 mag‘lubiyat). Hozirda esa mehmondagi so‘ngi 12 uchrashuvdan 10 tasida g‘alaba qozongan. «Kanonirlar» APLda Arsen Venger murabbiy bo‘lgandan keyin o‘z darvozalaridan 700chi golli o‘tkazishga yaqin turibdilar. APL ning so‘ngi 8 uchrashuvning 5tasida «Arsenal» o‘z darvozasini "quruq" saqlay olgan. SHAHSIY REKORDLAR «Manchester Yunayted» Jamoa to‘purari: Runi – 14 gol (7 tasi Ligada). «Arsenal» Jamoa to‘purari: Jiru – 1 8 gol (12 tasi Ligada). Aleksis Sanches APL doirasidagi so‘ngi 22 uchrashuvning 19 tasida gol ura olmayapti. Faqatgina Premer Ligada – Teri Anri (20 ta, 2002/03 mavsum), Frenk Lempard (18 ta, 2004/05 mavsum) va Sesk Fabregas ( 18 ta, 2014/15 mavsumda) bir mavsumda golli pas oshirish bo‘yicha Mesut Ozildan oldinda. Ozilda esa bugungi kunga kelib 17 ta golli pas oshirgan. Denni Uelbekda o‘zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushish imkoniyati bor. O‘ZARO UCHRASHUVLAR Jamoalar o‘zaro barcha musobaqalarda 222 uchrashuvda maydonga tushishgan. «Manchester Yunayted» shulardan 93 tasida g‘alaba qozongan, «Arsenal» hisobida esa 80 ta g‘alaba, va 49 uchrashuvda durang qayd etilgan. «Arsenal» Premer Liga doirasidagi «Manchester Yunayted» ga qarshi «Old Trafford» da o‘tkazgan so‘ngi 8 uchrashuvda g‘alaba qozona olmagan, shulardan 6 tasida mag‘lub bo‘lgan. «Arsenal» «Old Trafford» da Premer Ligasi doirasidagi 23 uchrashuvning faqatgina bittasida bittadan ortiq gol urgan. U ham bo‘lsa 2011 yil avgustida 8-2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan. UYDA VA MEHMONDA Liga (APL bilan): «Yunayted» 80 g‘alaba, «Arsenal» 68 g‘alaba, 45 ta durang. APL: «Yunayted» 21 g‘alaba, «Arsenal» 12 g‘alaba, 14 ta durang «YUNAYTED» MAYDONIDA Liga (APL bilan): «Yunayted» 55 g‘alaba, «Arsenal» 15 g‘alaba, 26 ta durang APL: «Yunayted» 14 g‘alaba, «Arsenal» 3 g‘alaba, 6 ta durang O‘TGAN MAVSUMDAGI O‘ZARO UCHRASHUV «Manchester Yunayted» 1-1 «Arsenal» 17 may 2015 yil Hakam: Mayk Din Gol «Yunayted» dan: Errera 30. Gol «Arsenal» dan: Blekett 82 (avt.). BIRINCHI DAVRADAGI UCHRAShUV «Arsenal» 3-0 «Manchester Yunayted» 4 oktabr 2015 yil Hakam: Entoni Teylor Gol «Arsenal» dan: Aleksis Sanches 6, 19, Ozil 7. HAKAMLAR BRIGADASI: BOSH HAKAM: Kreyg Pouson (Janubiy Yorkshir) Ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 28 uchrashuvni boshqargan. 85 ta sariq va 3 ta qizil kartochka ko‘rsatgan. QANOT HAKAMLARI: Li Betts, Mark Perri. ZAHIRA HAKAMI: Mayk Din.
Manba: Manutd.uz | |
Toifa: Kun mavzusi | O'qildi: 893 | Kiritdi: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0 |
Вarcha fikrlar: 3 | |
![]() ![]() ![]() ![]() xudo xoxlasa Arsenal yutadi
![]() ![]() ![]() daxshat oyin boladi
| |