Sayt xaritasi
Anons
Toifalar
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying [21]
Malik Titov blogi
O'zbek futboli [5]
O'zbek futboli muammolari
MY-ONLY-ARSENAL blogi [5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
Arsa blogi [14]
Arsa blogi
Rifat Inomov blogi [7]
Rifat Inomov blogi
GUNNER-21 blogi [1]
GUNNER-21 blogi
Boshqalar [12]
Fanatlar blogi
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 5
Mehmonlar: 5
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2014 » Dekabr » 05 » Va'dami, va'da. Uni bajarish kerak
15:19
Va'dami, va'da. Uni bajarish kerak

Boshqa millatlarda qanday bilmadimu, o’zbek xalqida yigit kishining aytgan gapi qasamga muhtoj emasligi yozilmagan qoidadir. Berilgan va’dani bajarish lavzning oily ko’rinishi hisoblanadi. Va’da haqida so’zlashar ekanmiz, uni futbolga bog’lagan holda, Arsenalning afsonaviy murabbiyi Arsen Vengerning bajara olmagan eng katta va’dalarini esga olamiz. Albatta, buni har kim turlicha qabul qilishi tabiiy. Bu hech qanday tanqid ham emas, shunchaki yodga olamiz, xolos. Xulosa o’zingizdan.

1. Va’da: Chelsini albatta yutamiz, 2010-yil, Oktabr.

“Men albatta, so’nngi 5 yillikdagi sovrinsiz yurishimizdan noroziman. Biz bu yil APL ni yutish uchun barcha ishni qilamiz. Yakshanba kungi o’yinda albatta g’alaba qozonamiz. Men bunga kafolat beraman”

Natija:


2. Va’da beraman: Fabregas hech qayerga ketmaydi. 2010-yil, Oktabr.

“Bizda Fabregasni olib qolish uchun hamma narsa yetarli. Ishanamanki u Arsenalda yana bir necha mavsum to’p suradi. Men Seskni qolishga ko’ndira olaman, menga ishoning!”

Natija: Fabregas yangi mavsumni Barselonada boshladi.


3. Nasri Arsenaldan ketmaydi. 2011-yil, Iyul.

“Nasri masalasida shuni aytishim mumkinki, u Arsenalda qoladi. Unga qiziqayotgan har qanday klubga biz rad javobini beramiz.”

Natija: 41 kundan keyin Nasri Manchester Siti libosini kiydi.


4. Van Persi bilan yangi shartnoma imzolaymiz. 2011-yil, Oktabr.

“Robin bilan hali 18 oylik shartnomamiz bor va ishontira olamanki, u yangi shartnomaga imzo chekadi.”

Natija: 18 oydan keyin van Persi MYU tarkibida APL ni yutib oldi.


5. Arshavin qoladi. 2012-yil, Yanvar.

“Uni hozir ko’p jarohatlar qiynayabdi. Ammo biz yuqori saviyali futbolchilarimizni yo’qotishni istamaymiz. Arshavin biz bilan qoladi, xatto 24-fevraldan keyin ham. Bu aniq” (24-fevral Rossiyada transferning so’nggi kuni)

Natija: Rossiyada transfer oynasi yopilishiga 2 daqiqa qolganida Andrey o’yin amaliyoti uchun Zenitga ijaraga berib yuborildi.


6. Arsenal kamharjlik siyosatida davom etadi. 2012-yil, Dekabr.

“Arsenalning transfer siyosati hech qachon o’zgarmaydi. Bu deganiki, biz ko'p pul sarflamaymiz. Bu shaxsan menga ham yoqmaydi. Biz asosiy e’tiborni yoshlarga qaratamiz. Pul? Bu keraksiz narsa. U futbolda ko’p narsani hal qilmaydi.”

Natija: Arsenal so’nggi 2 yilda o’z tarixidagi 4 ta rekord transferni amalga oshirdi.


7. Nihoyat Vengerning eng so’nggi o’ziga ishongan holda aytgan gaplari. 2014-yil, Dekabr.

- 2003-04-yildagi APL g’olibligini shu 3 yilda takrorlay olasizmi?
- Albatta. Biz yangi davr boshladik. Jahon chempionatidan keyin optimal tarkibga ega bo’lish qiyin. Lekin o’ylaymanki, bizda g’olib bo’lish uchun hali imkon ham sharoit ham bor. Shunchaki biz har o’yinda g’alaba qilib, chempionlik poygasiga qaytib olishimiz kerak”

Bu gaplarga muxlislar quyidagicha munosabat bildirishdi:


Siz nima deb o’ylaysiz? Venger so’nggi gapini ustidan chiqa olarmikan?

Bloger: Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying | O'qildi: 950 | Muallif: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Barcha fikrlar: 0
omForm">
avatar