07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying
[21]
Malik Titov blogi
|
O'zbek futboli
[5]
O'zbek futboli muammolari
|
MY-ONLY-ARSENAL blogi
[5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
|
Arsa blogi
[14]
Arsa blogi
|
Rifat Inomov blogi
[7]
Rifat Inomov blogi
|
GUNNER-21 blogi
[1]
GUNNER-21 blogi
|
Boshqalar
[12]
Fanatlar blogi
|
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
16:25 "Soccer Club" va "Yevrotaym"ga nima bo'ldi |
Bu eski yildagi so'nggi chiqishim bo'lsin. Va men unda elkama-elka xizmat qilayotgan hamkasblarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Qilayotgan mehnatlariga munosib haq olmayotgan bo'lsalarda, ayrimlarning boshi qarz-havoladan chiqmay qolgan ersada – ular ko'pgina soha vakillaridan ildamroq, jasurroq va albatta halolroq bo'lib chiqishdi. Ha, biz mag'rur yalangoyoqlarmiz. Muhimi vijdon pok, luqma halol, boshimiz egilmagan – sarbast! Futbol jurnalistikasi qolgan yo'nalishlardan katta farq bilan o'zib ketdi, shunda ham faxrlanmay bo'ladimi? Bizda hokimlarga oda bitish-u, futbol kattalarining ketiga oppoq paxta qo'yishlar urfdan qoldi, hayriyat. Bu yo'lda yo'qotishlar bo'ldi, albatta. Jang qurbonsiz bo'lmaydi, ahir. Haqiqatni aytganlarni ishdan olishdi, gazetasini yopishdi. Fidoyi insonlar katta o'yinlarga yurakni qalqon qilib, bu dunyodan o'tishdi. Ayrimlar olis manzillarga sayohat qilib qaytishdi. Ular bergan qurbonliklar bugun bizga emin-harakat qilish imkoniyatini yaratmoqda. Shunisiga shukr. Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan www.uff.uz sayti yilning eng yaxshi sport jurnalisti kim degan so'rovnoma o'tkazayotganiga ko'zim tushib qoldi. “Hammasi ham munosib” degan variantni tanlashimga sarlavhadagi so'zlar majbur qilayotgandi. Futboldagi illatlarga qarshi hamma birdek kurashdi. Kimdir televideniedagi faoliyati bilan, kimdir gazetadagi chiqishlari bilan, yana kimdir internet saytlaridagi ijodi bilan. Hammasiga raxmat! Ammo bir jihati borki, ko'ngilni hira qiladi: bizni faxrlanishga arzigulik ikkinchi hilqat – muxlislardan boshqasi kuzatib bormayapti. Futbol amaldorlari gazeta o'qib borganlarida zamin yorilishi va ular uyatdan er tagiga kirib ketishlari kerak edi, aslida. Biroq parvo ham qilishmaydi. Kimlardandir eshitib qolishadi va nima deganini og'zaki so'rab olishadi, pinaklarini buzishmaydi, qo'pol qilib aytganda, tupurib qo'yishadi. Shunga o'rganib qolishgan, hayotlaridagi eng to'g'ri fikr – jimlik, shunga amal qilishadi. 22 dekabr kuni Professional futbol ligasi yangi mavsumga qur'a tashlash marosimini o'tkazdi. Kelasi mavsumdan nimadir kutayotganlar bo'lsa, ular haddan tashqari sodda odamlardir. Hammasi eski formatda, qog'oz parchalari tiqib chiqiladigan idishchalardan tortib, uni ochib-yopayotgan qo'llargacha o'zgarmagan. Shunda ham futbol o'zgarishiga ishonasizmi? Axir bundaylarning falsafasi futbolni bugungi ahvolidan yuqoriga olib chiqa olmasligini bilib turib, qachongacha umidvor bo'lamiz? “Qizilqum” klubi menejeri Hamid Aktamov shundoqqina oldimda kelayotgandi, eshik tagida “siz kimsiz?!” deb kutib olishdi. Ichidan nimalar o'tganini bilmadim-u, eshik tagiga futbol kishilarini taniydigan bittagina odamni qo'ya olmaydigan tashkilotdan olamshumul nima kutasiz? Jurnalist ahli xabardor qilishni o'rniga qo'yib bo'ldi. Tezkorlikda oldinga anchagina qadam tashladik. Tahlilni boplayapti, tanqid qilyapti, kerak bo'lsa echimlarini ham ko'rsatib beryapti, kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganlarning ism-sharifidan tortib, yoshini kichiklashtirayotgan futbolchilarni faktlar bilan oshkor qilyapti. Jurnalist faqatgina jazolamayapti, halos. Chunki unga bunday huquq berilmagan, yana nima qilishi kerak? Unga kimdir quloq solishi, futbolda inqilobiy o'zgarishlar bo'lishi uchun yana nima qilishimiz lozim, ayting, qo'limizdan keladi. Futboldagilardan kim nima yo'qotdi? Maydonga chiqib chinni idish topshiradigan ham, totalizatorlarda ishtirok etadigan ham, yoshini kichiklashtirayotgan ham, 3 oy oldin futboldan chetlashtirilgani ham joyida qoldi. Qolganida ham yanada yaxshiroq o'rnashib oldi. Bu kimningdir ustidan kulishmi yoki qo'lingdan kelganini qil deb hitob qilishmi, bilmadim, aqlim yetmayapti. “Sokker klub” ko'rsatuvi kattagina shov-shuv bilan kutib olindi. Xo'sh, nima o'zgardi? Hali ham qaysidir futbolchi sim qoqib, men kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganman deyishini kutib o'tirishibdi. Shunday ahmoq futbolchi yoki mutaxassis topilarmikan? Uning tirikchiligi, oilasi yoki bola chaqasi yo'qmi? “Biz hammani eshitishga tayyormiz”, deb gapirishmoqda. Telefon qilish yoki yumaloq xat o'z yo'liga, millionlab muxlislar ko'z oldida aytib beryapmiz-ku, axir. “Sokker klub”ning bahor faslidagi sonlaridan biriga tashrif buyurgan mehmonim 4 ta futbolchining ism-shariflarini aniq ko'rsatib berdi. O'smirlar terma jamoasida qanday ism bilan to'p surgani-yu, keyin oliy ligada butunlay boshqa nom bilan paydo bo'lganigacha. Mana shunday futbolchilarning millionlar o'yinidan chetlatilishi, yangi chiqib kelayotgan avlod uchun o'rnak o'rnida bo'ladi. Ism-shariflari bilan, qachon va qaerda o'ynaganliklari-yu, hozir nima bilan mashg'ul ekanliklarigacha aytib bersag-u, hech qanday chora ko'rilmasa, bu kelajak avlodning ham qo'rqmay shu yo'lga qadam bosishi uchun zamin yaratish bo'ladi. Robert Gay, Aleksey Yevstafeev, Dilshod Nuraliev kabi mutaxassislar o'smirlar terma jamoasi bilan qandaydir muvaffaqiyatlarga erishishdi. Xo'sh, savol: jamoalari safida yoshini kichiklashtirgan futbolchilar bo'lmaganida ham yutuqlarimiz o'z o'rnida qolarmidi? Keyinroq mana shu nomlarning yo'q bo'lib ketayotgani, buning asl sababi nimada ekani borasida matbuot yana qancha chiqish qilishi kerak? O'smirlar va yoshlar terma jamoalarining muvaffaqiyati uchun bunday ishlarga ko'z yumib turamiz deb rahbarlardan kimdir aytib o'tsin, biz bu mavzuni boshqa ko'tarib o'tirmaymiz. “Sokker klub” mehmonlaridan yana biri totalizatorda ishtirok etgan, kelishilgan o'yinlarda qatnashgan mutaxassis va futbolchilarni nomma-nom aytib berdi. Men uning hamma fikrlari to'g'ri va aniq demoqchi emasman, lekin qo'ng'iroq kutib vaqt ketkazayotgan kishilar nima uchun ayblanuvchi va guvohlarni yuzlashtirib, masalaga oydinlik kiritishmayapti, xayronman. Ko'rsatuvimda ishtirok etgan hakamdan tortib, qolgan mehmonlarga qadar futbol ichidagilar barchasidan boxabar ekanliklarini aytib o'tishdi. Shundan keyin ham hech narsa o'zgarmasa, bilmadim. Men faqatgina “Paxtakor”ga yopishib olishni istamasdim, zero ayrim kishilarning qing'ir ishlari sabab bitta jamoa va uning muxlislari zarar ko'rishi kerak emas. Ahir bilamiz-ku, bunday o'yinlarda deyarli hamma jamoa ishtirok etgan bo'lishi katta ehtimol. “Paxtakor” qarzlarini to'lamasa oliy ligadan tushirib yuboriladi degan ertakka, “Obod” muammolarini hal qilmasa “Dinamo” oliy ligada qoladi deb turib, “Dinamo” rahbariyatiga yangi mavsum litsenziyasini tutqazadigan PFLga ishonishni ham istamasdim, bu ko'zbo'yamachilikdan boshqa narsa emas, axir. Nomlari aniq aytilgan futbolchilarning, ayblari isbotlangan mutaxassis va rahbarlarning futboldan umrbod chetlashtirilishi, qing'ir ishlarda ishtirok etgan bo'lsada, aybi oshkor bo'lmay kelayotgan qolganlarni insofga chaqiradi, so'l yo'lga qaytib qadam bosmaslikka undaydi. Blatter, Platini kabi kishilar 8 yil oldin zarchopon kiyib, endi 8 yilga futboldan uchib ketayotgan bir paytda, arzimagan futbolchi-yu, mutaxassislarga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ya olishmaydimi? Yil tugamoqda. Ko'tarilmagan mavzuning o'zi qolmadi. Biz g'alaba qozondik yoki mag'lub bo'ldik demoqchi emasman, ammo aniq aytaman – futbolimiz mag'lub bo'lyapti. Bu maqoladan keyin balki qayta chiqish ham qilmasman, biroq aytib o'taman, sarf etilayotgan pullar oshgani bilan, futbol oldinga qadam tashlamayapti. Kelasi yil katta o'zgarishlar bo'lishiga baribir ishonaman. 2015 yil tinmay mehnat qilgan, to'g'rilik yo'lida o'zini ayashni istamagan, gardanidagi vazifalardan to'rt marta ko'prog'ini bajargan hamkasblarimni bayram bilan muborakbod etaman! Ko'pi ketib, ozi qoldi. Kelajakda futbolga uni tushunadigan, zamonaviy fikrlaydigan, yangilikdan qo'rqmaydigan va albatta fidoyi kishilar keladi. O'sha kunlar kelmasa tanganing ikkinchi tomoniga razm solib yuraveramiz – aslida kelajak o'z nomi bilan kelajak, u hech qachon kelmaydi... Maqola "Erudit" gazetasining 31.12.2015, №153 sonida chop etilgan Manba: dioruzblogspot.com |
Bloger: O'zbek futboli | O'qildi: 1502 | Muallif: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0 |
Barcha fikrlar: 1 | |
| |