Sayt xaritasi
Anons
Toifalar
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying [21]
Malik Titov blogi
O'zbek futboli [5]
O'zbek futboli muammolari
MY-ONLY-ARSENAL blogi [5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
Arsa blogi [14]
Arsa blogi
Rifat Inomov blogi [7]
Rifat Inomov blogi
GUNNER-21 blogi [1]
GUNNER-21 blogi
Boshqalar [12]
Fanatlar blogi
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2014 » Dekabr » 16 » Raqibimiz - Monako haqida
13:12
Raqibimiz - Monako haqida

Rasmiy nomlanishi: Association Sportive de Monaco Football Club

Laqabi: Les Rouge et Blanc (Qizil-oqlar)

Asos solingan: 23-avgust, 1924-yil (90 yoshda)

Stadion: “Lui II”

Stadion sig’imi: 18523

Rahbarlari: Dmitriy Rybolovlev (67% aksiya) va Monako knyazi Albert II (33% aksiya)

Prezident: Dmitriy Rybolovlev (Rossiya)

Murabbiy: Leonardu Jardim (Portugaliya)

Sardor: Jereme Tulalan (Fransiya)

Turnir: Fransiya 1-Ligasi. Amaldagi vitse-chempion.

Forma: Asosiy: oq-qizil, mehmonda: oq-ko’k



Monako alohida knyazlikda joylashgan klub hisoblanib, assotsiyatsiya Fransiya tarkibiga kiritilgan. Klub Fransiya chempionatida eng omadlilardan hisoblanadi. Uning hisobida 7 ta Fransiya Liga chempionligi va 5 ta Kubog chempionligi mavjud.


Tarixi

1-avgust, 1919-yilda Monako knyazligi va Bosol shahrida beshta tashkilot hamkorligida Monako Futbol Assotsiyasi tashkil qilinadi.

Klubning o’zi esa 1924-yil, 23-avgustda tashkil qilinib, knyazlik nomi beriladi.

Monako 1924-25-yilgi mavsumda ilk o’yinlarini Fransiya janubi-sharqiy divizionida boshlaydi. Bir yil o’tib shu divizionda champion bo’ladi.

1930-yilda Fransiyada Professional Liga tashkil qilinadi va Monakoga ham taklif bildiriladi.

1933-34-yilgi mavsumda 2-diviziondan ishtirokini boshlagan klub ilk o’yinda Nitsaga 2-3 hisobida mag’lub bo’ladi. Mavsum yakunida Monako janubiy mintaqa guruhida 3-o’rinni egallaydi. Ammo moliyaviy muammolar tufayli professionallik maqomini yo’qotadi.

2-Jahon urushi tugagach klub Monako knyazi Rene III rahbarligida yana Fransiya chempionatiga qaytadi.

Monako o’zining birinchi sovrinini alamli tarzda qo’lga kiritgan. 1959-60- yilgi mavsumda Lyusen Ledyuk murabbiyligida Fransiya kubogi finalida Sent Etyen jamoasini 4-2 hisobida mag’lub etadi. Bu fransuz muxlislarga yoqmaydi va o’yindan so’ng futbolchilar toshlar yomg’iri ostida qolishadi.

Keyingi yil esa Ligani yutib olishadi va nihoyat fransuzlar ham ularga ko’nika boshlaydilar.

Ledyukdan so’ng klubni Jerar Banid, Lyusen Myullerlar ham boshqarishadi. Shu davrlarda 3 marta Kubok va 3 marta Liga chempioni bo’lishadi.

1987-yilda Monako murabbiyliga Arsen Venger tayinlanadi. Venger klubga Jorj Vea, Glen Xoddl, Yurgen Klinsman Yuriy Jorkaef kabi yulduzlarni jalb qiladi. Natijada 1987-88-yilgi mavsumda Fransiya chempioni degan nomni qo’lga kiritadi.

90-91 va 91-92-yillardagi mavsumlarda vitse-chempion maqomini egallashadi. Va yana 1991-yilda Fransiya kubogini ham qo’lga kiritishadi.

Venger davrida ikki marta Kubog finalchisi ham bo’lishgan.


Hozirgi ahvoli

Venger jamoani tark etgach sekin-sekin klub ikkinchi darajali maqomga tushib qoldi.

2000-yilgacha borib klub butkul moliyaviy qiyinchilik tubiga tushib qoladi.

2003-yilda Monakoning moliyaviy qarzi 50 mln Yevro (68 mln Dollar) ga yetadi va president Jan Lui-Kampor este’foga chiqariladi.

Klubga Didye Desham kelgach omadli davrlar yana qayta boshladi. U Moreintes, Jyuli, Jerom Roten va Dado Prsho kabi futbolchilar yordamida klubni qayta tiklaydi.

2005-yilda Monako tarkibidagi barcha yulduzlarini sotib yuboradi va oqibatda o’yin sur’ati yana tushib ketadi. 2003-yildan 2011-yilgacha 4 marta president o’zgaradi.

Aksionerlar aksiyalarini tarqatib yuborgani oqibatida 2011-yil 1-Ligani tark etib quyi divizoinga yo’l oladi.

2011-yil oxirida aksiyalar narxi tushganidan foydalangan rossiyalik tadbirkor Dmitriy Rybolovlev 67.67% aksiyalarni sotib oladi va klub muxlislari najotkoriga aylanadi.


Monako akademiyasidan Emmanuel Peti, Lilian Tyuram va Terri Anri kabi yulduzlar porlab chiqqan.



Yutuqlari:


  • Ligue1 trophy.svg Fransiya chempionati
    • Chempion(7): 1960/61, 1962/63, 1977/78, 1981/82, 1987/88, 1996/97, 1999/00.
    • 2-o'rin (6): 1963/64, 1983/84, 1990/91, 1991/92, 2002/03, 2013/14
    • 3-o'rin (10): 1955/56, 1957/58, 1984/85, 1988/89, 1989/90, 1992/93, 1995/96, 1997/98, 2003/04, 2004/05.
  • Fransiya Kubogi
    • G'olib (5): 1959/60, 1962/63, 1979/80, 1984/85, 1990/91.
    • Finalchi (5): 1973/74, 1983/84, 1988/89, 1991/92, 2009/10.
  • Fransiya Superkubogi
    • G'alaba (4): 1961, 1985, 1997, 2000.
    • Finalchi (1): 1960.
  • Fransiya Liga kubogi
    • G'olib (1): 2002/03.
    • Finalchi(1): 2000/01.
  • Sharl kubogi:
    • G'olib (1): 1961.

Xalqaro

  • Лига чемпионов УЕФА — 20px UEFA Chempionlar Ligasi
    • Finalchi(1): 2004
      • 1/2 final (2): 1993/94, 1997/98
        • 1/4 final(1): 1988/89
  • Кубок обладателей кубков УЕФА Kubog egalari kubogi
    • Finalchi (1): 1991/92.
      • 1/2 final(1): 1989/90.
  • Лига Европы УЕФА UEFA kubogi
    • 1/2 final(1): 1996/97
  • Al'p kubogi
    • G'olib(3): 1979, 1983, 1984.
      • Finalchi(1): 1985

 

 

CHL dagi so'nggi o'yinlari:


  Turnir Raqib Stadion Hisob   Tomoshabin
 
CHL
 Bayer
Uyda 1 : 0  
 

CHL

 Zenit 

Mehmonda 0 : 0  
 
CHL
 Benfika
Uyda 0 : 0  
 
CHL
 Benfika
Mehmonda 1 : 0   32565
 
CHL
 Bayer
Mehmonda 0 : 1  
 
CHL
 Zenit
Uyda 2 : 0  
             
Bloger: Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying | O'qildi: 1065 | Muallif: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Barcha fikrlar: 0
omForm">
avatar