Sayt xaritasi
Anons
Toifalar
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying [21]
Malik Titov blogi
O'zbek futboli [5]
O'zbek futboli muammolari
MY-ONLY-ARSENAL blogi [5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
Arsa blogi [14]
Arsa blogi
Rifat Inomov blogi [7]
Rifat Inomov blogi
GUNNER-21 blogi [1]
GUNNER-21 blogi
Boshqalar [12]
Fanatlar blogi
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Fanatlar: 0

Топ рейтинг www.uz
Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2015 » Aprel » 25 » Nozik nuqta
13:37
Nozik nuqta
22-mart, 2014-yil.
London, Stemfort Bridj
...Andre Mariner ovozim boricha so'kinishga majbur qildi. U Aleks o'rniga Gibbsni maydondan chetlatdi.
"La'nati..." Gapim og'zimda qoldi...
Azar penaltini golga aylantirgandi. 3-0.
Nima bo'layotganini tushunib yetganimda tahminan 70-daqiqa edi. Maydonga jingalak, qorachadan kelgan, ko'k rangli formada yosh futbolchi tushdi (sharlovchi uni Muhamad Saloh) deb tanishtirdi. Uni 1-marta ko'rishim edi. O'yiniga qiziqib uni kuzatmoqchi bo'lib, e'tiborimni unga qaratdim. U esa o'zi haqida menda g'azab tuyg'usini uyg'otgan holda tezda gol kiritdi. 6-0.
Ko'z oldim qorong'ulashib ketdi...
Shu payt negadir qulog'im ostida "Bolalar" guruhining qo'shig'i yangray boshladi. Uyg'onib ketdim. Tush ko'rayotgan ekanman.
Insoniyatda doim shunaqa bo'larkan. Bir narsani kun davomida uzoq vaqt o'ylab yursa, kechasi tushlarida ham shu narsa ta'qib qilaverar ekan. Yoki aksincha tushida ko'rgan voqeani ko'ngilga yaqin olsa, kun davomida shu yoki shunga o'xshash voqealar sodir bo'larkan. Shuni o'ylab 2 kundan keyin bo'ladigan Arsenal - Chesi o'yini hayolimdan ketmay yurgani esimga tushdi.
O'ylarga berilib turganimda yana "Bolalar" "kuylay boshladi". Yonimda yotgan telefonimga qaradim. O'rtog'im ekan.
"-Bugun qo'shni mahalla bolalari bilan futbol bor esingdan chiqmadimi? Formangni olvol, ishdan chiqib to'g'ri maydonga bor"
Xo'p deb, telefonni o'chirdim.
Ishdan chiqib, men uchun qadrdon bo'lib qolgan, deyarli har kuni shu yerda futbol o'ynaydigan kichik stadionga yetib keldim.
O'rtoqlarim bilan kiyinish xonasiga kirar ekanman, raqiblarimizga ko'zim tushdi. Kayfiyatim buzildi. Men uchun eng yoqimsiz bo'lgan "SAMSUNG" yozuvi tushirilgan ko'k rangli futbolka. Shu formaga allergiyam paydo bo'lgan.
Kayfiyat buzilsa, ko'ngilsizliklarni olib kelaverarkan. Meni taniganlar bilishadi: maydonni irimiga bo'lsa ham kichik jarohatsiz tark etmayman. Klubimizdan yuqqan shekilli.
Shunday qilib bugun kichik emasu, anchagina jiddiy jarohat oldim. To'qnashib ketib, qo'limni "chiqishiga" sababchi bo'ldim. Buni boshidan o'tkazganlar bilsa kerak, qanchalik a'zobligini.
Bunday vaziyatda vrachlardan ko'ra suyak "soladigan" domlalarni foydasi ko'proq tegadi. Shuning uchun 2 ko'cha naridagi shunaqa ish qo'lidan keladigan otaxonni topdik.
Uni ko'rishim bilan meni azoblardan qutqaruvchi farishtadek ko'rindi ko'zimga.
Ammo gap-so'zlaridan keyin fikrim 180 gradusga o'zgardi.
-E shovvoz, Arsenal muxlisiman deng - gap boshladi u ustimdagi hali almashtirilmagan sariq formaga qarab, qo'llari esa qo'limni uyog'-buyog'ini ushlab azob bera boshlagandi.
Mendan "Ha, ashaddiy ishqibozman Arsenalga" degan javobni olgach davom etdi:
- O'tgan yili Chelsi bilan zo'r o'yin bo'lgandi a?
Bu gapidan so'ng uning futbolga qiziqishini, Chelsi fanati ekanini anglash qiyin emasdi.
Ertalabgi ko'rgan tushim, o'ylagan hayollarim esimga tushdi. Endi kun uzog'i shu ahvol bo'ladi shekilli.
- Bu Joze Mourinio deganlari daho, bilasizmi? Arsen Venger undan o'rgansa bo'lardi tennis hisobida o'ynashni....
Endi uning nima deyayotgani menga qiziqmas edi. Uning gaplari xuddi "xa xa xa, bopladimmi! " deya ustimdan kulayotgandek edi. Yoshi dadamdan ham katta odamga qattiq gapira olmasdim. Birgina yo'l bu yerdan tezroq juftakni rostlash edi.
- Vay... - og'riqdan baqirib yubordim.
- Ana, bo'ldi, qo'lingiz joyiga tushdi. Ana endi, o'g'lim bir muddat to'p yoniga yaqinlashmay turasiz.
Yelkamdan tog' ag'darilgandek bo'ldi. Otaxonning keyingi gaplari esa ko'nglimni o'sha tog'lar qadar ko'tarib yubordi:
-Haligi gaplardan esa xafa bo'lmang. Men Chelsining ham, Mourinioning ham muxlisimasman. Shunchaki sizni bir muddat chalg'itmoqchi edim. Yo'qsa, og'riqqa chidashni o'zi bo'lmaydi. Avvaldan futbolga qiziqqanim uchun kuzatib yuraman hammasini. Menga shu Paxtakor va Nasaf bo'lsa bo'ldi...
Otaxonning bu gaplaridan keyin u kishiga qoyil qolmasdan ilojim yo'q edim. Yuragimdagi nozik nuqtalardan birini topa olib shu darajada chalg'ita olgani uchun undan minnatdor edim. Hozirgi zamonda beradigan pulingizga qarab muomala qiladigan vrach va hamshiralar ham shunaqa odamning ichiga kirib bora oladigan bo'lishganda edi. O'ylashimcha, bunaqa nozik nuqtalar har kimda topiladi.
Uyga qaytar ekanman, yana o'sha yaqinlashayotgan o'yin hayolimni egallay boshladi. Demak, Arsenal Chelsini yuta olgandagina bundan ozod bo'larkanman.
Har tong turib namoz o'qimasamda, "Bismillo" deb Ollohdan tinchlik va sog'lik so'raydigan odatni kanda qilmayman. Endi shu niyatlarim qatoriga yana bitta o'tinch qo'shildi...

Malik Murodov
25.04.2015
Bloger: Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying | O'qildi: 1196 | Muallif: Emirates_Star | Reyting: 5.0/1
Barcha fikrlar: 6
avatar
0
6 ЛУЧШИЙ-КАНОНИР • 00:06, 26-Apr-15
Челси энди бизга ракобатдош булолмайди. Биз узимизга келдик. Ман канча кутдим бу кунлар келишини. Худога нола килдим эй худо биз грантларни ютайлик деб мана худога шукур бу гапларим унга етиб борди. Бу мавсум биз барча грантларни ютдик бугун Челсиниям ютамиз худо холаса. Тушимда Арсенал М Ю уйинини Эмиратесдан курдим жуда йокимли уйинда биз ютдик бу нарса хайотдахам булди. Биргина орзуйим Арсенал бн кандайдир алокам булишини хохлиман. Балки угил фарзанд курсам у Арсеналда уйнар.
avatar
0
5 F-S • 22:20, 25-Apr-15
Оша челсини фанатлари футболи яхши шунмиди 15 йил олдин челсини Арсенали захира ойинчлари ютиб юрарди челсини фанатлари буни билмидида Арсданали зор тарихи бор челси пули оркасидан танилди холос
avatar
0
4 Arsa • 22:18, 25-Apr-15
qoyil! xudo xohlasa albatta yutamiz bu gal! aniq! ishoninglar!
11
avatar
0
3 ARSENCHIK • 20:11, 25-Apr-15
Gap yo oma
avatar
2 Arshavin • 19:28, 25-Apr-15
hammasi OLLOH vs omad shular madad bersin yutamiz...
avatar
1 Arsenator • 14:33, 25-Apr-15
Yutamiz Xudo Xoxlasa
omForm">
avatar