Sayt xaritasi
Anons
Toifalar
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying [21]
Malik Titov blogi
O'zbek futboli [5]
O'zbek futboli muammolari
MY-ONLY-ARSENAL blogi [5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
Arsa blogi [14]
Arsa blogi
Rifat Inomov blogi [7]
Rifat Inomov blogi
GUNNER-21 blogi [1]
GUNNER-21 blogi
Boshqalar [12]
Fanatlar blogi
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 9
Mehmonlar: 9
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2014 » Avgust » 09 » Muvaffaqiyat yo'li
18:18
Muvaffaqiyat yo'li
Muvaffaqiyat yo'li: u qanday bo'lmog'i lozim?!
Aziz muxlislar, mana yana biz orziqib kutgan Premyer liga o'yinlari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Barchamiz uchun sevimli bo'lgan klub Arsenal ham har yilgidek o'z oldiga chempionlik maqsadini qo'ygan. 10 yildan beri „qurolsozlar” chempionlik nashidasini surgani yo'q. Vaholanki muxlislar doimgidey klubdan yuksak cho'qqilarni zabt etishni kutishadi. Keling, shu maqsadda ushbu kamtarona fikrlar bilan, bo'lajak mavsumda sevimli jamoamiz qay darajada ishtirok etsa azaliy orzuimiz chempionlikka erishishi mumkinligini siz bilan tahlil qilsak.
Avvalambor, har bir jamoa yuragi hisoblanmish darvozabon pozitsiyasidan boshlasak. Xabaringiz bor, yozda Arsenalni Fabianski va Vivianolar tark etdi. Demak, asosiy darvozabonimiz 24 yoshli Polshalik yigit (Shesni) dan bu yil umidimiz katta. Qolaversa, iste'dodli Ospinaning jamoaga kelib qo'shilishi ham ushbu chiziqda jiddiy raqobatni keltirib chiqarishi aniq. Venger janoblari aytganidek „kim kuchli bo'lsa o'sha maydonga chiqadi”.
Himoya chizig'imiz ham ba'zi yo'qotishlardan xoli emas. Sanyaga shuncha yillik mehnatlari uchun tashakkur bildirgan holda kelajakda omad tilaymiz. Vermalen ham o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun klubni tark etishi kutilmoqda. Nima ham derdik, sobiq sardorimiz zaxira o'rindig'ida o'tiraverib charchagan shekilli, unga ham omad. Juru ham Gamburgga to'laligicha sotib yuborilganidan xabardormiz. Endi esa ixtiyorimizda b'olgan himoyachilarimizga e'tibor qaratsak. Quvonarlisi shundaki, Gibbs ancha o'sishga erishdi, buni keyingi o'yinlarda Venger tomonidan asosiy tarkibda ko'p marotaba tushirilganidan ham bilsa bo'ladi. Koselni himoya qo'rg'onimiz yetakchisiga aylanib ulgurdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ochig'ini aytsam, sardorli bog'ichi aynan unga topshirilsa kerak deb kutgandim. Lekin afsus...Ha mayli, davom etamiz bu alohida masala. Yozgi oldi-sotdi davrida, Venger talashib tortishib ikki ajoyib himoyachini qo'lga kiritdi. Chembers va Debyushi. Chembers ingliz futboli kelajagi sifatida baholanmoqda. Uning qoni qaynoq, shijoati jo'sh urgan payti hozir. Aminmanki, hozirgi o'yini bilan bemalol Mertezakerdan asosiy tarkibdagi o'rinni tortib olishi ham mumkin. Chunki baland bo'yi va jangari tabiati bilan markaziy himoyada ham o'ynab keta oladi. Tabiiyki, ko'pchilikka sir emas, Venger yoshlarga doimo katta e'tibor berib kelgan. Debyushi ham kelayotgan mavsum o'ng qanot himoyasida qirol bo'lishga loyiq. Buni u Nyukasldagi o'yinlari bilan isbotlagan. Shu to'rt himoyachi taxminimcha bu mavsum asosiy tarkibni bezab beradi. Monreal, Mertezaker va Ignasi Mikel zaxirada jamoaga yordamga tayyor tursa kerak. Buni vaqt ko'rsatadi. Darvoqe, sezgan bo'lsangiz yana bitta himoyachiga ehtiyojimiz mavjud. Transfer oynasi hali yopilmaganini hisobga olsak...Balki...yana bilmadim...Yoki bu mavsumda ham o'rinbosarlar tarkibidan yana bir yangi yulduzchani ko'rarmiz. Endi esa markazga yarim himoya chizig'iga ko'chsak. Bu yerda ham ishlar joyida. Tayanch zonada Uilshir, Arteta, Diabi va yosh Gnabridan umidimiz katta. Davri o'tgan bo'lsa ham Flamini doim yordamga tayyor. Jarohatlardan boshi chiqmay qolgan Diabi balki bu yil o'zini ko'rsatar. Yoki og'ir harakteri bilan barchaga tanish bo'lgan Uilshir katta sahnaga chiqar. Tajriba o'z so'zini aytadigan bo'lsa baribir Artetani imkoniyati ko'proq bo'lsa kerak. Darvoqe Koklenni ham esdan chiqarmaylik. U ham raqobatni yetarlicha kuchaytirib bera oladi. Hujumkor markaziy yarim himoyada ham raqobat avjida (Ko'z tegmasin, tuf tuf...). Ozil, Remsi, Kasorla va Rositski. Ushbu futbolchilardan kerak bo'lsa qanotda ham foydalansa bo'ladi. Tezlik borasida o'rtamiyona futbolchi bo'lganliklari sababli ularni markazga, hujumchi ortiga qo'yilsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi. O'zining zargarona paslari bilan nom qozongan turk o'g'lonidan barcha ko'p narsa kutmoqda. Yaqindagina sardorlik bog'ichiga ega bo'lgan Remsi esa haqiqiy yetakchiga aylanishi lozim. Kasorla o'tgan mavsumdagi o'yinlari bilan juda faollik ko'rsatgani hamon yodimizda. Agar lozim topsa, Venger tajribali Rositskini ham jang maydoniga tashlab o'yinni kuchaytirishi mumkin. O'ylashimcha, ushbu chiziqda Ozil-Remsi-Arteta asosiy tarkibdan joy oladi. Uilshirda ham imkoniyat katta. Qanotdagi tezkor vingerlar doimo Arsenal yutug'i bo'lib kelgan. Uolkot, Chemberleyn, Kempbel va Miyaichi. Bundan tashqari klubga Sanchezning kelib qo'shilishi shubhasiz katta muvaffaqiyat kaliti bo'lishi kutilmoqda. Uolkot jarohatidan forig' bo'lib olsa asosiy tarkibni hech kimga bermasligi aniq. O'ng qanot butunlay uning hukmronligida. Venger Sanchezni chapda, qanotda o'ynatishi ham ehtimoldan holi emas. Agar Kempbel jamoani tark etmasa, Chemberleyn jarohatlar girdobida qolmasa ular ham bemalol asosiy tarkib uchun kurashni qizdirib bera oladi. Yosh va umidli Miayichidan esa Feyenorddagi o'yinlarni kutib qolamiz. Taminimcha ushbu mavsum ikki qanot Uolkot va Sanchezniki bo'ladi. Og'riqli nuqtalardan biri bo'lgan markaziy hujum chizig'ida Jiru va Sanogo raqobati vujudga kelmoqda xolos. Ko'plab yaqqol golli vaziyatlarni yo'qqa chiqarib, muxlislar tanqidiga uchrab yuradigan Jiru to'purar bo'lish vaqti yetib kelganligini o'zi ham tushunib turgan bo'lsa kerak. Sanogo oxirgi o'yinlardan birida o'zini ijobiy tomondan ko'rsata olishga erishdi. Baribir Venger asosiy tarkibda Jiruga ko'proq imkoniyat bersa kerak. O'rinbosarlar tarkibida Zelalem kabi o'nlab yoshlar o'z navbati kelishni kutib turishibdi. 2014-2015-yilgi APL chempionligi uchun kechadigan uzoq va mashaqqatli yo'lda quyidagi o'yinchilardan iborat asosiy tarkibni taxmin qilmoqdaman: Shesni; Gibbs-Koselni-Chembers-Debyushi; Arteta-Ozil-Remsi; Sancez-Uolkott; Jiru. Siz-chi aziz muxlislar, butun mavsum davomida qaysi futbolchilar asosiy figuralarga aylanadi deb o'ylaysiz? Fikringiz bo'lsa marhamat...
Hurmat bilan ashaddiy gunner Alimardon Butayev!
Bloger: Boshqalar | O'qildi: 864 | Muallif: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Barcha fikrlar: 2
avatar
2 Arsenal4ik • 21:59, 21-Avg-14
Ремси ва Уолкот арсенални юраги булади бу мавсумда
avatar
0
1 @xror_19 • 13:39, 11-Avg-14
mani kuriwni xohlayotgan tarkib:
shesni
debyushi-per-koselni-gibbs
arteta-ramsey
cazorla-o'zil-walcott
sanchez
omForm">
avatar