07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying
[21]
Malik Titov blogi
|
O'zbek futboli
[5]
O'zbek futboli muammolari
|
MY-ONLY-ARSENAL blogi
[5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
|
Arsa blogi
[14]
Arsa blogi
|
Rifat Inomov blogi
[7]
Rifat Inomov blogi
|
GUNNER-21 blogi
[1]
GUNNER-21 blogi
|
Boshqalar
[12]
Fanatlar blogi
|
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
11:19 Muvaffaqiyat kaliti |
4 marta Oltin to'p sohibi Messi nega bunchalik muvvafaqiyatarga erishgan? Uning asosiy raqobatchisi Ronalduchi? Hech bu haqida o'ylab ko'rganmisiz? Ko'pchilk "bunga tug'ma iqtidor, tinimsiz mehnat, mashaqqatlar orqali erishgan" degan javobni aytishadi. Shaxsan fikrimcha, iqtidor va intilish ham kamlik qiladi ba'zida. Nega unda Ibragimovich TOP klublarda eng ko'p o'ynagan futbolchi bo'la turib bunaqa yutuqlarga erishmagan, Chempionlar Ligasi kubogini boshi uzra ko'tara olmagan? Nima unda iqtidor yo'qmi yoki u mehnat qilmaydimi? U haqidagi hujjatli filmni ko'rganmiz. Zlatan, ZLATAN bo'lgunicha ko'p mashaqqatlarni ko'rgan. Lekin u Messi va Ronaldu qilgan bir ishni qilmagandir... Nega Balotelli iqtidorli bo'lishiga qaramay so'nib bormoqda, Nega Aguero jarohatlar botqog'idan chiqa olmaydi. Chunki ular Sanches qilgan ishni qilmagandir... Nega Di Mariya ko'rinmay ketdi. Assistentlikda u ham yetakchilardan edi. Chunki u O'zil qilgan ishni qilmagandir... Afrika - iqtidorlar qit'asi. Bu ibora eskirgan. Shaxsan men Yaya Turedan boshqa Afrikalik iqtidorni ko'rmayabman. Faqat Amerikada yaxshi o'ynayotgan Drogba, Ayular sulolasi esa endi oldinga qarab yura olmaydi. Chunki Afrikaliklar Jahon Chempionatida... Kecha Jiru nega gol urdi? Shu paytgacha unga nima bo'lgandi? Ketma ket termada va klubda qizil kartochkalar, o'yindagi orqaga ketish uni ta'qib qilayotgandi. Nega Jek Uilsher jarohatlar qurboni bo'laveradi? Bularning barchasi bitta narsaga bog'liq! Keling biroz ortga qaytib boshidan boshlaymiz. 2014-yilgi Jahon Chempionati. Katta shov-shuvga sabab bo'lgan Afrika qit'asi terma jamoalari. Ular nima qilishdi, eslaysizmi? Guruh bosqichi hal qiluvchi o'yini uchun o'z VATANlaridan pul talab qilishdi. Yana qay tarzda: "hozir va shu yerda". Vatanu uchun jonini berib o'ynayotgan Jazoir termasi bundan mustasno. Taqqoslash uchun, Janubiy Koreyaliklar safida eng ko'p maosh oladigan futbolchining oylik haqi - 100 dollar ekan. Bu afrikaliklar uchun parokandalik. Soccer Club ko'rsatuvida ham bir fikr bo'lgandi. Eng ko'p yoshini o'zgartiradigan futbolchilar Afrikada ekan. Mana nega ular ortga qarab ketyabdi. Shu Jahon Chempionatidan uzoqqa ketmaymiz. Balki, Krishtianu Ronaldu ko'pchilikka yoqmas. Manmanlik xarakteriga ega futbolchi. Ammo buni bizga zarari tegyabdimi? Yo'q. Sports.uz saytida u haqida bir maqolani o'qigandim. U o'z hisobidan turli jamg'armalarga pullar ajratib turar va bularni sir tutishga harakat qilardi. Yaxshilik hech qachon yerda qolmaydi va unutilmaydi. Uning javobi ham bo'ladi. JCH vaqtida bir boshidan operatsiya bo'lgan bolakay chandig'ini soch turmagida aks ettirgan va bolakayni o'zi ko'rgani borgandi. Ko'pchilikka erish tuyulgan, ular nazarida "arzimas ish" bo'lib tuyulgan bu e'tibor bolakayni hayotga bo'lga intilishini kuchaytirgandir, balki. Xuddi o'sha vaqtlarda, Germaniya terma jamoasi futbolchisi Mesut O'zil eng katta savobga qo'l urdi. Braziliyadagi bir necha sonli bemor bolalar uchun katta miqdorda pul ajratib, jamoadoshlarini ham bunga boshlagandi. Uyiga qaytgach esa yana o'sha jamg'arma uchun savobni davom ettirdi. Arsenalga ilk kelganida u qanday bosim va tanqidlarga qolgani esingizdadir, albatta o'yiniga mos tarzda. Hozir uni tanqid qila olasizmi? Axir u dunyoning eng yaxshi assistenti bo'lishga yaqin turibdi. Amaldagi Jahon Chempioni. Sabab nimada deb o'ylaysiz endi? Aleksis Sanches. Uning o'yinida pasayish bo'lmadi. Lekin u har kuni kuchliroq bo'lib boryabdi. U qilgan ishlar haqida shu kunlarda aytgandik. Raqib jamoa muxlislari sizga "yomonlik" qilib tursayu, siz unga yaxshilik qila olarmidingiz? Dargumon! Messi haqida ko'p ma'lumotga ega emasman. Lekin u ham ko'plab savob ishlarga qo'l urgani haqida ham ijobiy, ham salbiy fikrlarni eshitgandim. Kimga yaxshilik qilishni ahamiyati yo'q. Muhimi ular yordamga muhtoj va Ollohning bir bandalari. Jiru nima ish qildi ekan deysizmi? Vaqtida APL ning eng "se.. ualniy erkagi" degan o'ziga xos nomni olgan hujumchi, barma-bar kezish, ayollar bilan maishat bobida yetakchi edi. Hozir qanday xarakterga ega bilmadimku, lekin bir necha kun avval u ham katta savobga qo'l urdi. FIFA kunlari doirasida o'z yurtiga qadam bosgan Jiru Monakodagi sog'ligi borasida kamchiligi bor, dunyoning 100 ga yaqin davlatidan kelgan bolalar yotgan maxsus kasalxonaga tashrif buyurdi va gumanitar yordam ko'rsatdi. ![]() ![]() Natija: 6 daqiqada Daniya darvozasiga 2 ta gol kiritdi. Kecha maydonga tushganiga 4 daqiqa bo'lmasdan yana gol urdi. Balki Jek Uilsherni ham o'rgatish kerakdir. Tamaki chekib, ichimlikka cho'miladigan yoshdan o'tgan shekilli. Yuqoridagilar albatta shaxsiy fikr. Kimdir qo'shilar, kimdir yo'q. Bu sabablar balki maydonda ahamiyatsiz, arzimasdek tuyular. Milliy ma'daniyatimizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, toza va sof qalb muvaffaqiyat garovidir. Shu o'rinda fanatdoshlarimizdan iltimos qilmoqchi edik. Jamoamiz har qanday vaziyatida ham uni qo'llab, har qil so'kinishlar va qo'pol gaplarsiz muxlislikda davom etaylik. Eng asosiysi, raqib jamoa muxlislarini ham hurmat qilishni o'rganaylik. Palonchi yutqazsin, palonchi yana gol "yesin" - bu gaplar umuman keraksiz. Arsenal yutib tursa boshqalarning mag'lubiyati bizga nima kerak? Birovga yomonlik tilasang o'zingga qaytadi. Bu ham bir ma'daniyat. Ma'daniyatli bo'laylik!!! Emirates_Star Arsaman.uz |
Bloger: Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying | O'qildi: 1540 | Muallif: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0 |
Barcha fikrlar: 6 | |
| |