07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying
[21]
Malik Titov blogi
|
O'zbek futboli
[5]
O'zbek futboli muammolari
|
MY-ONLY-ARSENAL blogi
[5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
|
Arsa blogi
[14]
Arsa blogi
|
Rifat Inomov blogi
[7]
Rifat Inomov blogi
|
GUNNER-21 blogi
[1]
GUNNER-21 blogi
|
Boshqalar
[12]
Fanatlar blogi
|
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
15:27 Lirik chekinish: "Kanonirlar" |
Lirik chekinish. "Kanonir"lar haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar... APL da yangi mavsumga start berilishi hamon, biz muxlislar o'z sevimli futbol klubimizni qo'llab-quvvatlashga tushib ketamiz. Yashil maydonda Arsenal futbolchilari o'yinidan zavq olish bilan birgalikda, ularning faoliyati davomida ro'y bergan qiziqarli holatlar va faktlar bilan tanishib qo'ysak zarar qilmaydi deb o'ylayman. Shu maqsadda har bir "kanonir" faoliyatiga oid qiziq faktlarni to'plashga harakat qildim. Marhamat tanishing: - Voytsex Shesni. Darvozamiz posponi hisoblanadigan bu yigitcha 2008-2009-yilgi mavsumda mashg'ulot payti shtanga(gantel)ni tushirib yuborib, ikkala qo'lini ham sindirib oladi. Bundan tashqari, trenirovka paytida Sanchez Uatt bilan to'qnashib ketib o'ng qo'li barmog'ini ham jarohatlab olgan edi. Bilasiz, darvozabon uchun eng muhim qurol bu uning qo'llari. Shunga qaramay, Shesni o'zida kuch topa oldi va natijada asosiy darvozabon darajasiga ham chiqa oldi. 2011-yil Polsha va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin, afsonaviy Oliver Kan polshaliklar safida yagona jahon miqyosdagi futbolchi deb aynan Shesnini e'tirof etgan edi. - Matye Debyushi. Vengerning navbatdagi fransuz futbolchisi terma jamoadagi hamkasbi Yoan Kabay bilan chin do'st hisoblanadi. 2007-yil Kabayning nikoh to'yida Debyushi o'zbeklar tili bilan aytganda "kuyovjo'ra" vazifasini qoyilmaqom qilib uddalagan edi. O'z navbatida 2010-yil bu vazifani Kabay o'z do'sti uchun bajarib berdi. - Pyer Mertezaker. Nemis muxlislari tomonidan "janob top-toza" laqabini olgan himoyachi bu laqabga 2006-yil Germaniyada o'tkazilgan JCH da barcha o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushib, yarim finalgacha birorta ham sariq kartochka olmay yetib kela olgani uchun erishgan. - Loran Koselni. 2012-yil Barcelona tomonidan qiziqish bildirilgan mazkur fransuz asli kelib chiqishi polyak millatiga mansub bo'lib, "Boss" laqabiga ega. - Tomash Rositski. "Kichkintoy Motsart" laqabi bilan ataladigan Tomash, o'zining zargarona paslari bilan shunday e'tirofga sazovor bo'lgan. - Mikel Arteta. Jamoa sardori vazifasi ishonib topshirilgan bu ispan futbolchisi bolaligida Habi Alonso bilan sohilda to'p tepib, kelajakda Real Sosyedad tarkibida o'ynashni orzu qilishgan. Taqdirning hukmini qarangki, 2004-yil ular birgalikda bir oz muddat ushbu jamoa tarkibida to'p surishga ham muvaffaq bo'lgan ekan. Darvoqe, Artetani muxlislar "artist" nomi bilan atashadi. - Lukash Podolski. Asli kelib chiqishi polyak bo'lgan Lukash 2003-yil Polsha termasi murabbiyi Pavel Yanas tomonidan kelajagi yo'q o'yinchi sifatida baholangan va "usiz ham termada yetarlicha mahoratli o'yinchilar to'lib yotibdi" degan fikrni bildirgan. Natijada, oradan bir ikki yil o'tgach Podolski nemis mashinasidan chaqiriq oldi. Yevro-2008 bahlarida hujumchi Polsha termasi darvozasiga urgan golini nishonlamadi va buni tug'ilgan joyiga hurmat sifatida ta'kidlab o'tdi. Aytgancha, 2010-yil JAR da bo'lib o'tgan JCH da Lukash Roberto Karlos rekordini yangilab, JCH turnirlarida to'pga eng kuchli zarba berish (201 km/s) rekordini o'rnatishga muvaffaq bo'lgan edi. - Jek Uilshir. 2008-yil Arsenal safida debyut qilgan Jek klub tarixidagi eng yosh debyutant maqomini qo'lga kiritib, Uolkott rekordini yangiladi. Inliz fanatlari tomonidan "Sheryurak", "Tilla bola" nomlari bilan ataladigan bu futbolchi Venger tomonidan "haqiqiy ingliz yurakli o'g'lon", Fabregas tomonidan esa "ispan texnikasini egallagan" degan ta'rif berilgan. - Teo Uolkott. "Flesh" laqabli tezkor vinger 2008-yil Angliya termasida xet-trikka erishgan eng yosh o'yinchi hisoblanadi. - Aleks Oksleyd-Chemberleyn. 2012-yil MYU ga qarshi o'yinda Van Persiga golli pas yetkazib berganidan keyin muxlislar yoqimtoyiga aylandi. O'sha o'yinning 78-daqiqasida Venger tomonidan zaxiraga almashtirilmoqchi bo'lganda muxlislar hushtakbozlik qilib uni maydonni tark etmasligini xohlashgan edi. Van Persi ham bu jarayonda murabbiyga keskin qarshilik qilib o'z reaksiyasini namoyish etgan edi. Darvoqe, Chemberleynning otasi ham futbolchi bo'lgan bo'lib, ular tarixda ingliz termasida o'ynagan yagona ota-bola sifatida qayd etilishgan. - Aaron Remsi. "Rembo" laqabli yarim himoyachi 2013-yilning may oyidan qatorasiga besh marta muxlislar tomonidan "oyning eng yaxshi o'yinchisi" unvoniga sazovor bo'lib, klub tarixida yangi rekordni o'rnatdi. - Aleksis Sanchez. Chililik futbolchi baliqchi oilasida tug'ilgan bo'lib, o'zi tug'ilgan shahar Tokopilya meri e'tiboriga tushib, unga mer tomonidan butsa ham sovg'a qilingan edi. - Santi Kasorla. 2012-yil Ispaniyaning Ovedo futbol klubi bankrotlikka uchrab, moliyaviy jihatdan jar yoqasiga kelib qolganida o'zi tarbiyalangan klub uchun Mata, Michu va Lopez bilan birgalikda moliyaviy yordam ko'rsatdi. Mazkur futbolchilar jamoa aksiyalarini sotib olib, Ovedoni botqoqdan olib chiqishdi. - Ryo Miayichi. Yoshligida afsonaviy futbolchi Ronaldinyoga muxlislik qilgan yapon futbolchisini Ayaksda muxlislar Redinyo deb chaqirishar edi. E'tibor uchun raxmat. Muallif: Alimardon Butayev. |
Bloger: Boshqalar | O'qildi: 1064 | Muallif: Emirates_Star | Reyting: 5.0/1 |
Barcha fikrlar: 0 | |