Sayt xaritasi
Anons
Toifalar
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying [21]
Malik Titov blogi
O'zbek futboli [5]
O'zbek futboli muammolari
MY-ONLY-ARSENAL blogi [5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
Arsa blogi [14]
Arsa blogi
Rifat Inomov blogi [7]
Rifat Inomov blogi
GUNNER-21 blogi [1]
GUNNER-21 blogi
Boshqalar [12]
Fanatlar blogi
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 7
Mehmonlar: 7
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2015 » Iyun » 15 » Keyingi mavsumdagi tarkibimiz...
17:13
Keyingi mavsumdagi tarkibimiz...
Salom do'stlar!
Men bugun birinchi blogimni keyingi mavsumdagi tarkibimiz haqida yozmoqchiman.(faqat o'zimizda bor variantlar)
Tarkibimizga qarab, bizda hozir teng kuchli ikki tarkib shakllanganini angladim...
Demak hozirda bizda mavjud bo'lgan futbolchilar:
•••
Darvozabon: Ospina, Shesni, Martines
•••
O'ng Qanot Himoya: Bellerin, Debyushi, Chembers, Jenkinson
•••
Markaziy Himoya:
Koselni, Mertezaker, Gabriel, Chembers, Monreal, Debyushi, Hayden
•••
Chap Qanot Himoya: Monreal, Gibbs
•••
Tayanch Yarim Himoya: Koklen, Arteta, Flamini
•••
Markaziy Yarim Himoya: Remsi, Vilsher, Kazorla, O'zil, Rosiski, Oksleyd-Chemberlen, Zelalem, Bielik
•••
Chap Qanot Hujum: Cazorla, Aleksis, O'zil, Chemberlen, Meytlend-Naylz
•••
O'ng Qanot Hujum: Volkot, Aleksis, Chemberlen, Gnabri
•••
Markaziy Hujum:
Jiru, Velbek, Sanchez, Volkot, Sanogo, Akpom
•••
Ana endi tarkibimizni tahlil qilishga o'tsak...
Darvozabonlar
Darvozada bizda juda ham yaxshi nomzodlar bor deb o'ylayman.
Ospina bizning birinchi raqamli darvozabonimiz bo'lishiga ishonaman. U bizni mavsum davomida bir necha bor qutqardi.
Shesniga kelsak, u "ideal" zahira darvozaboni... U Kubok baxslarida yaxshi harakat qildi va qo'shimchasiga bizda Emiliano Martines ham bor. Lekin meni fikrimcha uni bir mavsum ijaraga berish kerak. Uning ijarasiga Ispaniyaning Hetafe klubi qiziqyabdi...
Petr Chexni transferiga kelsak, uni sotib olsak - "ideal" transfer bo'lardi. Yoshi esa muammo bo'lmaydi. Afsonaviy Van Der Sar ManYu ga kelganida Chexdan ikki yosh katta bo'lgan va ManYu u bilan ancha kuboklar yutib olgan.
•••
Chap Qanot himoya
Ha... Monreal bu mavsum Arsenal uchun qanchalik muhim o'yinchi bo'lganligini aytishim shart emas.
U bir necha o'yinlarda markaziy himoyada ham to'p surdi.
U uchun mavsumning eng muhim voqeasi - ManYu ga urgan goli bo'ldi desam, mubolag'a bo'lmaydi. Nacho bu mavsum har tomonlama Gibbsni dog'da qoldirib ketdi. Monrealning 29 kirganini hisobga olsak, uning o'rniga nomzodlarni qidirishni boshlash kerak. Gibbs esa formasini tiklab olsa, undan zo'ri yoq.
TRANSFER
Lester himoyachisi Jefrey Shlo'p (23 yosh) yoki Nitsa himoyachisi Hordan Amavi (21 yosh) ni taklif qilaman.
•••
Markaziy Himoya
Markazda Koselni va Gabrielga ishonch bildirilishini istardim. Gabriel mavsum davomida tushgan o'yinlarda o'zini yoqotib qo'ymadi va Koselniga sherik bo'la olishi mumkinligini isbotladi. So'ngi intervusida Venger ham Gabrielga kelasI mavsum ko'proq imkoniyat berishini aytdi. Menimcha Mertezakerni Venger baribir sotmaydi, shuning uchun yanaki yozda unga javob berib, o'rniga biror bir yaxshiroq nomzodni qidirish kerak.
Chembers ham borligini inobatga olish kerak. Akademiyamizdan ham Isak Haydem kabi ishonchli himoyachi chiqganligini aytib o'tish lozim.
Transfer shart emas.
•••
O'ng Qanot Himoya
Ha, Debyushining jarohatidan keyin, asosiy tarkibdagi joy Chembersga qolishi kerak edi, ammo Venger nimagadir Belleringa ishonch bildirdi va Ektor Vengerni yuzini yerga qaratmadi. To'g'ri, Bellerin birinchi o'yinlarida hujumga o'tib ketardi va qaytishga ulgurmasdi va uning bo'sh qolgan joyidan raqib jamoalar bir necha bor foydalangandi. Lekin Bellerin biroz vaqtdan so'ng o'zini qo'lga oldi va "fantastik" o'yin ko'rsatdi. Uning tezligi esa "FENOMENAL" (U jamoadagi eng tezkor futbolchi maqomini Volkotdan olib qoyganligini aytib o'tish shart).
Bellerinning tezligi hujumda ham,himoyada ham juda as qotdi.
Debyushi esa Sanyani o'rnini bemalol bosdi. U jarohat olgunicha ajoyib o'yinlarni o'tkazdi, hatto markaziy ham o'ynadi. Kerak bo'lsa, Chembers ham o'ng qanotda o'ynab beradi. Ammo Venger uni ko'proq markazga "tashlasa" kerak keyingi mavsum. Men faqatgina Jenkinsonni nima qilishni bilmayapman... Sotib yuborish kerak desam, Angliyalik, yosh, uzun, "kros" lari esa Jiru uchun qo'l kelishi mumkin... Olib qolaylik desam, Bellerin va Debyushidan joy olishiga ishonmayapman.
Lekin Vest Hemda mavsum davomida ajoyib o'ynadi. Menimcha uni yana bir mavsum ijaraga berish kerak. Unga Sanderlend qiziqyapti.
Transfer shart emas.
•••
Tayanch Yarim Himoya
Mavsum qaxramonlaridan biri Koklenjonning "pozitsiyasi".
Menimcha bunaqa ajoyib o'yinlarimizning asosiy sabablaridan biri bu - Fransisdir.
Arteta va Flaminilar jarohat olganda, Venger kutilmaganda Koklenni ijaradan, Charltondan qaytaradi. Bunday bo'lishini Vengerning o'zi ham kutmagan bo'lsa kerak. Koklenda top tayanch yarim himoyachi bo'lish uchun hamma narsa bor: baquvvat, tezligi yaxshi, yakka kurashlarda raqiblarini "azoblaydi", o'yinni yaxshi o'qiydi, dribling ham oz moz bor va pas berishni ham biladi. Hullas bizda Gilberto Silva va Viera ketgandan beri yetishmayotgan "MUVOZANAT"ni Koklen jamoaga olib keldi.
Arteta ham shartnomasini bir yilga uzaytirdi va Flamini da ham bir yillik shartnoma bor. Demak, zahira ham yaxshi.
TRANSFER
Goffrey Kondogbia yoki Villiam Karvalyoni taklif qilaman.
•••
Markaziy Yarim Himoya
Bu "pozitsiya"da Kazorla mavsumni dahshat o'tkazdi. Uning uzun paslari bir necha marta hujumlarni o'tkirlashtirdi. Kazorla bu "pozitsiya" da to'p bilan ko'proq muomala qildi va hujumlarimizni aksariyati aynan Kazorla bilan boshlandi, O'zil bilan davom etdi va Aleksis bilan golga aylandi. Kazorla jamoamizning "motori" bo'ldi desam adashmagan bo'laman.
Remzi ham shu joyda yaxshi o'ynayotgandi, ammo negadir Venger uni mavsumning ikkinchi yarmida o'ng qanot hujumda o'ynatdi. Vilsher travmasi tufayli mavsumning ancha qismini o'tkazib yubordi, lekin uning Vest Bromvichga qarshi urgan goli Premyer Liganing "Mavsumning Eng Chiroyli Goli" bo'ldi.
Bu "pozitsiya" da Rosiski va hatto Chemberlenlar ham o'ynadi.
O'zilni esa jarohatidan qaytgandan so'ng o'yini ochilib ketdi va hamma Realda va Germaniyada o'ynagan o'sha "eski" O'zilni taniy boshladi. Mesut mavsum boshlarida chap qanotda harakat qilganligiga qaramay, keyinchalik Hujumchi Orti "Pozitsiyasi"ni hech kimga bermadi va dunyoda shu "pozitsiya"da tengi yoq!!!!
Tranfer umuman kerak emas!!!
•••
Chap Qanot Hujum
Bizda shu "pozitsiya" da Podolski ketgandan beri muammo bor... Bir qarasang Kazorla o'ynaydi, bir qarasang Velbek, Sanchez va hatto Chemberlen... Mavsum boshlarida Sanchez o'ng qanotda o'ynayotgandi. Ammo u keyinchalik chapga o'tkazildi va o'ngda Remzi o'unadi. Sanchezga menimcha qayerda o'ynashni umuman farqi yoq. U istagan "pozitsiya" da o'ynab ketadi. Shu sababli Aleksis o'tgan Mavsumda tengi yoq deb topildi. Chapda ham ajoyib o'ynadi. Chap qanotda Velbek va Kazorla ham o'ynashi mumkin. Bu qanotimiz ham kuchli.
Balki asl chap qanot hujimchidini olish kerakdir???
Ammo olsak Sanchez keyin qayerda o'ynaydi????
Transfer 50 ga 50
•••
O'ng Qanot Hujum
Sal oldin yozganimdek, o'ng qanotda Sanchez harakat qilgandi, keyin Remzi, Volkot, Chemberlen...
Menimcha Volkotni markazga o'tkazib, o'ng qanotni Chemberlen va Gnabriga qoldirish kerak...
Ikkalasi ham super yoshlar.
Jarohatlar, bo'lsa Volkot yoki Sanchez o'ynab beradi.
Transfer shart emas
•••
Markaziy Hujum
Va nihoyat eng nozik nuqtamizga yetib keldik. Bizga Markazda top hujumchi kerak. Jiru va Velbek hozircha ishonchni oqlay olmayapti.
Kimlardir aytishi mumkin, Jiruni o'yini bizga mos keladi, u juda yaxshi "pas" o'ynaydi deb...
1- dan. Tezlik.
Jiruda yezlik 0 (nol) U himoyachidan qochib ketish nariroqda tursin, to'p oyog'ini tagiga kelmasa yetolmaydi
2-dan.... Texnika
Jiruni mavsum davomida biror marta bir o'zi ikkita himoyachini aldab o'tganini ko'rmadim.
3-dan... Yakunlash
Bizga chiroyli "pas" beradigan emas, chiroyli "pas" larni yakunlaydigan o'yinchi kerak. Agar Jiruni o'rnida "NARMALNI" roq hujumchi bo'lganida dax..ya gol urgan bo'lardi. Jiru ham urayapti faqat darvozaga emas k.tiga....
(Qo'pollashganim uchun uzur... ammo bu haqiqat)
Velbekda esa hamma narsa bor...
Bo'y, tezlik, texnika ammo unda ham yakunlash sal chatoqroq...
Venger uni tarbiyalasa yaxshi hujumchi bo'ladi. ManYu ga urgan goli esa "SUPER"
Yanaki mavsum Volkotga markazda imkoniyat beriladi. Agar Volkot o'zini ko'rsatsa hujumimiz yaxshi bo'ladi. Sanogo va Akpom ham bor.
TRANSFER
ALEKSANDR LAKAZET ni taklif qilaman

Podolski, Diabi va Kembell ketishi mumkinligi uchun tarkibga kiritmadim.
E'tiboringiz uchun RAHMAT!!!!
Bloger: Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying | O'qildi: 1214 | Muallif: MrJaMSHiD | Reyting: 0.0/0
Barcha fikrlar: 5
avatar
5 Nursultan • 14:55, 18-Iyun-15
Mani fikrim:jarohatla bömasa hich kim wartmas,yanayam bilmadim.
avatar
0
4 ARSENCHIK • 10:50, 16-Iyun-15
Chap qanot himoyaga etibor berish kere hozirdan, hujumda kavanini ko'rishni juda orzu qilardim harakatchang hujumchi, jiru ham fransiyada to'p urar bo'lib keyin arsenalga kelgandi APL naryog'da tursun arsenaldayam to'p urar bo'lolmayaptiyu...
avatar
3 @rSeNaL_^ • 10:23, 16-Iyun-15
yaxshi  )))  
Flamini Arteta Podolski Diabi Cembell ketsa yaxshi bo'lardi o'rniga top o'yinchilar olardik
avatar
2 Muhammadiy • 08:05, 16-Iyun-15
yaxshi maqola chiqibdi gap yo albatta bizga hujumchi kere lekin tayanch ham zaif. koklen jarohat olsa anu ikkalasiga ishonmiman men. Keyin darvozabon ham kere albatta kere shesni washshi bomidi eng kereli vaziyatda qovun tushiradi
avatar
0
1 Emirates_Star • 07:48, 16-Iyun-15
Himoya haqidagi fikrizga qo'shilmayman. Markaziy himoyachi albatta kerak. Chap qanotga Gibbs va Monreal hozircha yetarli. 29 yosh degani uni safdan chiqarish degani emas.
Markaziy hujumda esa sof CF kerak. Lakazetni termadagi o'yinini ko'rdim. O'ng qanotda o'ynadi. CF da Uolkotni sinash kerak yoki Sanchesni. Aleksis termada doim CF da o'ynaydi. Uelbekni ham qanotdan ko'ra markazda ko'proq o'ynatish kerak
omForm">
avatar