Sayt xaritasi
Anons
Toifalar
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying [21]
Malik Titov blogi
O'zbek futboli [5]
O'zbek futboli muammolari
MY-ONLY-ARSENAL blogi [5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
Arsa blogi [14]
Arsa blogi
Rifat Inomov blogi [7]
Rifat Inomov blogi
GUNNER-21 blogi [1]
GUNNER-21 blogi
Boshqalar [12]
Fanatlar blogi
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 7
Mehmonlar: 7
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2016 » Yanvar » 21 » Jiru 40 million turadi!
13:30
Jiru 40 million turadi!

U hech qachon bir mavsumda 20 ta gol urolmaydi dedilar. U TOP hujumchi emas dedilar. Hech qachon kerakli gollarni urmagan dedilar.

Faqatgina uni dangasa demadilar xolos. Bir tarafdan tanqidlar to'g'ridek. Fanatlar chempionlik poygasiga qaytish uchun superhujumchi so'radilar. Balki hozir o'sha yulduzni "Emirates" dan izlayotgandirlar.

Jiru Arsenalning asosiy hujumchisi va u yildan yilga o'sib boryabdi. Liverpulga qarshi mehmondagi o'yinidan so'ng Venger boshqa hujumchi kerak emasligini ta'kidladi. Bu borada Venger aqlliroq.

1-rasm. Jiruning barcha turnirlardagi statistikasi

U Balotelle, Martinez, Benteke kabi futbolchilarga pul sarflashni xohlamadi. Vaqt shuni ko'rsatdiki, Venger buni shunchaki xohlamagan xolos.

Mavsumni Venger Teo Uolkotni markazga qo'yish bilan boshladi. Bu borada nohaq bo'lsa ham shunday qildi. Natijada Jiru hali yaxshi hujumchi ekanini ko'rsatishi kerak edi.

Liverpulga qarshi o'yinda Jiru APL dagi 12-golini urdi. TOP hujumchi uchun bir mavsumda 20 ta gol yaxshi natija hisoblanadi. Jiru bu natijaga erishishiga shubha yo'q hozirgi vaqtda. CHL da 5 ta gol u uchun faoliyatidagi eng yaxshi natija, termasi uchun 4 ta gol urdi. 

Barqarorlik - Jiru uchun asosiy muammo hisoblanadi. Ammo hozirgi mavsumda u bor yo'q 3 ta quruq o'yin o'tkazdi. Shu o'yinlarda ham 2 ta golga asisstentlik qildi. Ulardan biri Nyukaslni mag'lub etishga yordam berdi. 

Bu mavsumda bitta gol uchun sarflangan o'rtacha vaqt ko'rsatkichida Arsenal safidagi o'zining eng yaxshi ko'rsatkichiga ega bo'lib turibdi. Bu ko'rsatkich Vardi, Ronaldu va Lukaku korsatgan natijadan yaxshiroq. Ular ko'proq gol urishgan, ammo ko'proq ham o'ynashgan.

2-rasm. O'rtacha bitta gol uchun sarflangan daqiqa

3-rasm. Vaziyatlardan foydalanish va aniq zarbalar statistikasi

Darajasini mavsum oxiriga qadar saqlab qola oladimi? Bu juda katta savol. 
Uni TOP darajada emas deyishdi. U faqat kuchsiz jamoalarga gol uradi deyishdi. Unga aniqlik yetishmaydi deyishdi. Jiru bu mavsumda 11 ta mehmondagi qiyin o'yinlarda 11 ta gol urdi. 
Bavariyada mehmindagi goldan so'ng, Arsenalni play off ga olib chiqqan Olimpiakosga urgan 3 ta golidan so'ng, Eynfildda dubl qildi. Uydagi o'yinlarda Bavariya, Siti va Evertonga gollar urdi.

Kerakli gollarni ura olmaydimi? Gretsiyadagi xet-trek qanchalik kerakli edi? Eynfilddagi o'yinda Jiru Arsenalning qutqaruvchisiga aylandi. Liverpulning kuchli bosimiga qaramay ketma-ket 2 ta gol ura oldi. Quyidagi rasmda uning aslida pozitsiyasi qayerda ekanligi va maydonning qaysi joylarida harakatda bo'lganini ko'rasiz.

Ushbu o'yinda Jiru O'zildan ko'ra ko'proq (67 marta) to'p bilan muaomala qildi. Bu birada faqat Remsi yaxshiroq natijaga ega (71).

4-rasm. Gollar va ochkolar statistikasi

Ligadagi 12 goli Arsenalga 7 ochko keltirdi. Lukakuning 15 goli 8 ochko, Keynning 11 ta goli bir (!) ochkoni jamoasiga taqdim etgan. Jiru Vardi, Igalo, Marez kabi ko'p ochko keltira olmadi. Chunki Arsenalda u yagona yulduz emas. Arsenal Lester yoki Uotford kabi bitta futbolchi atrofida o'yin tashkil qilmaydi. Lekin u kerakli gollarni urayotgani shubhasiz.

Mavsum hali tugamadi. Jiru ham hamon o'ynamoqda va tanqidchilarning ovozlarini "o'chirishini" xohlardik.

Manba: fc-arsenal.com
Tarjima: Emirates_Star

Bloger: Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying | O'qildi: 922 | Muallif: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Barcha fikrlar: 0
omForm">
avatar