Sayt xaritasi
Anons
Toifalar
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying [21]
Malik Titov blogi
O'zbek futboli [5]
O'zbek futboli muammolari
MY-ONLY-ARSENAL blogi [5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
Arsa blogi [14]
Arsa blogi
Rifat Inomov blogi [7]
Rifat Inomov blogi
GUNNER-21 blogi [1]
GUNNER-21 blogi
Boshqalar [12]
Fanatlar blogi
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 3
Mehmonlar: 3
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2014 » Avgust » 19 » Arsenal tarixidagi to'purarlar TOP-10
23:56
Arsenal tarixidagi to'purarlar TOP-10
Yangi mavsumda yangi sovrinlarni o'z oldiga yuksak maqsad qilgan Arsenal shu yozda katta transferlarga qo'l urdi. Tabiiyki bundan maqsad eng yuqori cho'qqida bo'lish. Yuqoridagilar safida bo'lish uchun esa futbolda albatta ko'proq gol urish kerak bo'ladi. Bu esa xujumchilarga katta ma'suliyat yuklaydi.
Arsenal tarixiga nazar tashlar ekanmiz juda ko'p afsonaviy futbolchilar to'p surganiga guvoh bo'lamiz. "Emirates" blogi sizga klub tarixidagi eng yaxshi 10 ta to'purarlar bilan tanishtirib o'tadi.

10. Devid Jek.
Devid Boun Naytengeyl Jek 3-aprel 1899-yildan 10-sentabr 1958-yillarda hayot kechirgan. Ilk faoliyatini o'zi tug'ilgan Bolton shahridagi Plimut Argayl klubida boshlagan. Bu klubga otasi Robert Jek murabbiylik qilardi. 1920-yilda Bolton Uonders klubi bilan shartnoma imzolaydi.
1928-yilda Arsenalning o'sha paytdagi afsonaviy murabbiyi Gerbert Chepmen nazariga tushadi va o'sha vaqtdagi 2-rekord so'mma 10 890 funt evaziga transfer qilinadi.
U Arsenal tarkibida ja'mi 208 o'yinda maydonga tushib 124 ta golga mualliflik qilgan.

9. Jo Halm.
Jo Halm ham Chepmenning asosiy qurollaridan bo'lgan. U 1926-1938-yillarda Arsenalda to'p surgan. Uning shaxsiy hayoti haqida hech qanday ma'lumotlar ochiq bazalarda yozilmagan. Jo Arsenal uchun 374 o'yinda 125 marta gol kiritgan.

8. Dag Lishman.
Arsenal tarixidagi eng sermaxsul xujumchilardan biri. Agar uning kiritgan gollarini nisbatan hozirgi zamonga taqqoslasak Messi va Ronaldu hijolat bo'lib qolishardi. U 1950-51-yilgi mavsumdan 1954-55-yilgi mavsumgacha bo'lgan davrda ketma-ket 5 marta eng yaxshi to'purar maqomiga ega bo'lgan. Arsenal tarkibida ja'mi 1948-56-yillarda 244 o'yinda 137 ta gol kirita olgan.

7. Robin van Persi.
1983-yil Janubiy Gollandiyada Rotterdemda tug'ilgan. Professional faoliyatini 2001-yilda Feyenordda boshlagan. 2004-yil 17-mayda 2.75 mln funt sterling evaziga Arsenal bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Arsenal safida debyutni Angliya Superkubogi doirasidagi Manchester Yunaytedga qarshi o'tkazgan. 2012-yilgacha Arsenal uchun 278 o'yinda 132 ta golni nishonlagan.

6. Jimmi Breyn.
1900-yil 11-sentabrda Bristolda tug'ilgan. Faoliyati davomida Ton Pentr, Arsenal, Tottenhem, Suonsi, Bristol Siti va Cheltenhem Toun jamoalarida o'ynagan Jimmi ham Chepmenning kashfiyotlaridan hisoblanadi. U Arsenalda 1923-31-yillarda 232 o'yinda 139 ta gol kiritgan.

5. Ted Dreyk.
Eduard (Ted) Josef Dreyk 1912-yilda Soutgempton shaharchasida tug'ilgan. 1934-yilda Southemptondan 6500 funt evaziga Arsenalga ko'chib o'tgan. Shu yili ilk o'yinidayoq Vulverxempton darvozasini ishg'ol qilgan. 1945-yilgacha ja'mi 184 o'yinda 139 gol kiritgan.

4. Jon Redford.
Arsenal tarixidagi keng qirrali xujumchi. U 1962-yilda o'smir paytida Arsenal safiga qo'shiladi va 2 yil ichida professional futbolchiga aylanadi. O'sha paytda yoshlar jamoasida to'purarga aylanadi. 1965-yil 2-yanvarda eng yosh debyutant sifatida asosiy jamoada o'ynaydi. Shu vaqtda u 17 yoshu 315 kunlik edi. 1976-yilgacha Arsenal uchun 481 "match"da 149 bir to'p kirita olgan.

3. Kliff Bastin.
Klifford Sidni Bastin 1912-yilda Ekseter, Angliyada tug'ilgan.
Ilk faoliyatini mahalliy Ekseter klubida boshlagan.
Arsenal safidagi o'yinlarini 1929-yil 5-oktabrda Evertonga qarshi o'yindan boshlagan. E'tibor bersangiz, bu ham Chepmen davriga to'g'ri keladi.
1947-yilgacha 396 o'yin 178 ta gol kiritish uchun yetarli bo'lgan.

2. Ian Rayt.
Ian Eduard Rayt 3-noyabr 1963-yil Londonda tug'ilgan. Faoliyati davomida Grinvich Boro, Kristal Pelas, Arsenal, Uest Xem, Nottingem Forest, Seltik, Bernli klublarida to'p surgan. Arsenalga 1991-yil 2.5 mln funt sterling evaziga Kristal Pelasdan transfer qilinadi. Bu Arsenalning o'sha vaqtdagi eng qimmat transferi edi. Arsenaldagi debyutini Angliya Liga Kubogi doirasidagi Lester Sitiga qarshi gol bilan boshlagan. 1998-yilgacha 185 ta gol kiritishi uchun 288 ta o'yinga maydonga tushishi kerak bo'ldi.

1. Terri Anri.
Terri Daniel Anri. Laqabi-"Qirol" . 1977-yil 17-avgustda Essona, Fransiyada tug'ilgan. O'ynagan klublari: Lez-Yulis, Palezo, Viri-Shatiyon, Klerfonten, Monako, Yuventus, Arsenal, Barselona. Hozirda Nyu-York Red Bulls a'zosi.
FIFA ning eng yaxshi 100 futbolchilari ro'yxatida turadi.
1999-yilda Arsen Venger e'tiboriga tushgan Anri 10 mln funt evaziga Arsenalga transfer qilingan. U "kanonirlar" safida 1999-2007-yillarda 372 ta va 2012-yilda 4 ta o'yinda ishtirok etgan. Arsenal uchun 228 gol muallifi.
2007-yil 25-iyunda kutilmagan tarzda 24 mln yevro evaziga Barselonaga sotib yuboriladi. Kataloniyaliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolagan Anri yiliga 6.8 mln yevro maoshga rozi bo'lgan. Keyinchalik Red Bulls safiga o'tgan futbolchi hamon Arsenal muxlislari uchun "qirol" sifatida hurmat qilinadi.

Malik Titov
Manba: fc-arsenal.uz
Bloger: Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying | O'qildi: 1266 | Muallif: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Barcha fikrlar: 1
avatar
1 GUNNER4EVER • 00:11, 03-Sen-14
Qiziqarli xabar uchun raxmat !
omForm">
avatar