07-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Manchester Yunayted |
10-May-17 | APL |
Sautgempton 0:2 Arsenal |
13-May-17 | APL |
Stok Siti 1:4 Arsenal |
16-May-17 | APL |
Arsenal 2:0 Sanderlend |
21-May-17 | APL |
Arsenal 3:1 Everton |
27-May-17 | FA CUP |
Arsenal 2:1 Chelse |
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying
[21]
Malik Titov blogi
|
O'zbek futboli
[5]
O'zbek futboli muammolari
|
MY-ONLY-ARSENAL blogi
[5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
|
Arsa blogi
[14]
Arsa blogi
|
Rifat Inomov blogi
[7]
Rifat Inomov blogi
|
GUNNER-21 blogi
[1]
GUNNER-21 blogi
|
Boshqalar
[12]
Fanatlar blogi
|
Александр Ляказетт..... Расман Арсенал азоси (05-Iyul-17) |
Transfer loyihasi. Finish (30-May-17) |
Барча фанатар учун элон (06-May-17) |
Венгер: "Кетганимдан сўнг "Арсенал"нинг ишлари юришиб кетса керак" (05-May-17) |
«Wenger out!». «Арсенал»да янги мураббий бўлади! (05-Mar-17) |
Biz yolg'onchimiz... (16-Fev-17) |
Чорак-финални соғинган «Арсенал»! (15-Fev-17) |
Katta o'yin, katta prevyu (13-Fev-17) |
Venger: Dunyo 7 kun. Bu mavsum biz uchun - yettinchi kundek (13-Fev-17) |
Xayr, chempionlik! (04-Fev-17) |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
20:05 Arsenal "Klon"lari |
Biz muxlislik qiladigan Londonning Arsenal jamoasi haqida ko’p ma’lumotlarni deyarli hamma bilsa kerak. Ammo ba’zi paytlarda futbol saytlarida Arsenal Kiev, Arsenal Tula degan jamoalarni ham eshitib qolamiz. Xattoki hamyurtimiz Maksim Shatskix Kievning Arsenalida o’ynaganidan ham xabardor bo’lsangiz kerak. Keling shu “klon”lar bilan yaqindan tanishsak: Arsenal (Sarandi) Ispanchada Arsenal de Sarandí deb nomlanuvchi klub Argentinaning Avelyanedasida 11-yanvar 1957-yilda tashkil topgan. O’zining eng yaxshi davrlarini oxirgi 10 yillikda o’tkazayotgan klub tarixida 1 marta, 2012-yilda Argentina chempioni bo’lgan. 2007-yilda Janubiy Amerika kubogini qo’lga kiritgan. Klubning ramziy ranglari och ko’k va qizil ranglardan iborat. Laqablari: El Viadukto (Viaduk), El Arse Tashkil topgan: 1957 Stadion: Xulio Umberto Grondona Stadion sig’imi: 19300 Klub prezidenti: Xulio Rikardo Grondona Murabbiy: Martin Palermo Musobaqa: Argentina Premyerosi
Arsenal ( Xarkov) 1998-yilda tashkil topgan ukrain klubi unchalik qiziqarli tarixga ega emas. Asosan, Ukraina 2-ligasida o’ynaydigan klub bir martagina 2004-2005-yillardagi mavsumda 1-ligaga chiqqan va 2-o’rinni egallagan. Tashkiliy muammolar tufayli keying mavsum yana “o’z” ligasiga qayta tushgan. 2010-yilda Xarkov viloyati kubogini qo’lga kiritgan. Laqabi: Qizil-oqlar Tashkil topgan: 1998 Stadion: Arsenal-Spartak (Xarkov) Sig’imi: 1500 Prezident: Vladimir Chumak Murabbiy: Rinat Morozov Musobaqa: Ukraina 2-ligasi
Arsenal (Tula) Rossiyaning professional futbol klubi 2011-yilda tashkil topgan. Klub 1946-yilda tashkil topgan Zenit-Tula jamoasining asosi hisobanadi. Keyinchalik Trud, Shaxtyor, Metallurg, Mashinostroitel, TOZ nomlari bilan ham faoliyat yuritgan. 2011-yilda qayta tashkil qilinib, PFK Arsenal nomi berilgan. 2012-13-yillarda, 2-ligada 1-o’rin va 2013-14-yilgi mavsumda Rossiya birinchiligida 2-o’rinni olib Premier Ligaga yo’l olgan. Laqablari: Qizil-sariqlar, Kanonirlar, To’pchilar, Samovarchilar, Qurolsozlar. Tashkil topgan: 1946 Stadion: Arsenal Sig’imi: 20048 Prezident: Pyotr Koshelnikov Murabbiy: Dmitriy Alinechev Musobaqa: Rossiya Premier Ligasi
Arsenal (Kiev) Kievning bu klubi 1925-yilda 14-iyul kuni “Arsenal” qurol zavodi ishchilar tomonidan tashkil qilingan. Shu kuni yangi stadion ochilish marosimi o’tkazilgan va 1500 muxlis qarshisida ilk match uyushtirilgan. Ukraina chempionatida eng yaxshi natijasi 5-o’rin (2003-yil va 2012-yil). 2011-yilda Ukraina kubogida Yarim finalgacha borgan. Laqablari: Kanonirlar, qurolsozlar. Tashkil topgan: 1925 Prezident: Aleksey Kikireshko Murabbiy: Andrey Annenkov Musobaqa: Ukraina chempionati.
Arsenal (London) 1886-yilda “Royal Arsenal” zavodi ishchilari tomonidan tashkil qilingan. Dastlabgi nomi Dayal Skuer bo’lgan. 13 marta Angliya chempioni va 11 marta Angliya kubogi sohibi. Eng yorqin davrlari 90-yillar oxiri va yangi asr boshlariga to’g’ri keladi. Laqablari: Kanonirlar, To’pchilar, Gunnerlar. Tashkil topgan: 1886 Stadion: Emireyts Sig’imi: 60361 Rahbar: Sten Kronke Prezident: Ser Jon Chips Kesvik Murabbiy: Arsen Venger Musobaqa: APL |
Bloger: Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying | O'qildi: 1144 | Muallif: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0 |
Barcha fikrlar: 0 | |