Sayt xaritasi
Anons
Toifalar
Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying [21]
Malik Titov blogi
O'zbek futboli [5]
O'zbek futboli muammolari
MY-ONLY-ARSENAL blogi [5]
MY-ONLY-ARSENAL blogi
Arsa blogi [14]
Arsa blogi
Rifat Inomov blogi [7]
Rifat Inomov blogi
GUNNER-21 blogi [1]
GUNNER-21 blogi
Boshqalar [12]
Fanatlar blogi
Mini CHAT
So'rovnoma
Sizningcha Venger qolishi kerakmi yoki ketishi?
Вarcha ovozlar: 191
Statistika

Saytda: 6
Mehmonlar: 6
Fanatlar: 0


Hamkorlar
Ijtimoiy tarmoqlar

Vkontakte


Twitter

Shaxsiy sahifa
Kunning muhim xabarlari
Blogdagi o'zgarishlar
TOP-5 (Yangiliklar)
Granit_Xhaka29
Yangiliklari: 1046
Izohlari: 1045
 
Emirates_Star
Yangiliklari: 707
Izohlari: 1445
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
TOP-5 (Izohlar)
@rSeNaL_^
Yangiliklari: 531
Izohlari: 4953
 
ЛУЧШИЙ-КАНОНИР
Yangiliklari: 705
Izohlari: 3658
 
F-S
Yangiliklari: 248
Izohlari: 2763
 
Arslantica01
Yangiliklari: 0
Izohlari: 2523
 
Месут-Озил
Yangiliklari: 512
Izohlari: 2423
 
Arxiv

Bosh sahifa » 2015 » Iyun » 06 » Alamli final xotirasi
16:06
Alamli final xotirasi
Xabaringiz bor, bugun UEFA CHempionlar Ligasida final bahsi bo'lib o'tadi. Unda Barselona va Yuventus jamoalari kuch sinashib, Yevropaning mavsumdagi eng kuchli klubini aniqlab olishadi.
Bir vaqtlar Barselona bilan finalda sevimli klubimiz Arsenal ham chempionlik uchun maydonga tushgandi. O'yin boshlarida E'to ga qarshi qo'polligi uchun maydondan chetlatilgan darvozabon Yens Lemanndan ayrilgan Arsenal 10 kishi bo'lib ham ajoyib o'yin ko'rsata olgandi. Omad birozgina yuz burgani bois Barselona titulni ilib ketgandi.
Keling, ajoyib bahsni esga olamiz.

17-may, 2006-yil.
Yevropa chempionlar kubogining 51-mavsumi, UEFA Chempionlar Ligasining 14-mavsumi.
Parij, Stade de Frans stadioni.

Bu finalga qadar Arsenal pley-off bahslarida Real Madrid (1-0, 0-0), Yuventus (2-0, 0-0), Vilyareal (1-0, 0-0) kabi klublarni turnirdan chiqarib yuborgandi.

Barselona esa, Chelsi (2-1, 1-1), Benfika (0-0, 2-0), Milan (1-0, 0-0) klublaridan ustun kelgan.

Finalni 79500 muxlis qarshisida Terye Xyuge boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqargan.

Uchrashuv Arsenalning hujumlari bilan boshlandi. Dastlab Anri Valdes bilan birga-bir vaziyatda 6-7 metrdan gol ura olmadi. Biroz o'tib uning o'zi uzoq masofadan zarba yo'lladi. Yana Valdes...
"Barsa"ning lk xavfli hujumi Jyulining kuchli zarbasi bilan yakunlandi. Lemann mahorat ko'rsatdi.
18-daqiqada Ronaldinio E'toni darvozabon bilan birga bir vaziyatga olib chiqdi. Jarima maydoni yaqinida Lemanning qoida buzgan deb topgan hakam unga qizil kartochka ko'rsatdi. Bu Chempionlar Ligasi tarixida finalda ko'rsatilgan 1-qizil kartochka edi.
Arsen Venger Almuniyani tushirish uchun yulduzli tarkibdan kimnidir tanlashi kerak edi. Bu - Rober Pires bo'ldi.
Jarima zarbasini bergan Ronaldinio, bir necha daqiqa avvalgi zarbasidek biroz noaniq zarba berdi.
Chetlatishdan so'ng ham o'yin teng kechdi.
Qanotdan hujumga o'tgan Ebou Puyol tomonidan jarima maydoni yaqinida qo'pollik bilan to'xtatildi. Jarima zarbasini Anri amalga oshirdi. Yuqoridan uzatilgan to'pni Sol Kempbell bosh bilan darvozagan kuchli tarzda yo'naltirdi. GOL.
Shundan keyin Barselona bosimni kuchaytira boshladi. 1-bo'lim oxirida Ronaldinio yana E'toni birga-bir vaziyatga chiqardi. Almuniyadan super seyv.
Ikkinchi bo'limda ham, Almuniya Iniesta, Ronadinioning bir necha zarbalarini qaytargan bo'lsa, Valdes ham unga javoban, Anri va Yunberglarga qarshi yakkama-yakka duellarda ustunlikka erishdi.
76-daqiqada E'to baribir maqsadiga erishdi. Chap qanotdan kirib kelgan hujumchi Almuniya qoldirgan kichikkina bo'shliqqa to'pni mahorat bilan yo'naltira oldi. 1-1.
Butun uchrashuv davomida tinim bilmagan Ronaldinio Arsenal himoyasiga tinchlik bermadi. Uning faolligi evaziga Belletti 81-daqiqada gol kirita oldi.
Shu tariqa dramatik o'yin Arsenal mag'lubiyati bilan yakunlandi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Ronaldinio topildi.

Tarkiblar. Barselona:
Valdes, Olegar (Belletti), Markes, Puyol, van Bronxost, Edmilson (Iniesta), Deku, van Bommel (Larsson), Jyuli, Ronaldinio, E'to.

Arsenal: Lemann, Koul, Kempbell, Ture, Ebue, Gleb (Reyes), Fabregas (Flamini), Silva, Pires (Almuniya), Yunberg, Anri.

Ogohlantirishlar: Oleger, Larsson - Ebue, Anri.

Chetlatish: Lemann.
VIDEOSINI KO'CHIRISH >
Bloger: Jiddiy gapiramiz, hazilga yo'ying | O'qildi: 896 | Muallif: Emirates_Star | Reyting: 0.0/0
Barcha fikrlar: 0
omForm">
avatar